Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Kecha suhbat davomida praktikumga toʻlov qilish uchun shartnoma berasizlarmi deb so'rashdi.

Ba'zilarga turli sabablarga ko'ra shartnoma muhim. Masalan oʻqish pulini ish joyi to'lab beradiganlarga.

Shundaylar @mohirdev_bot orqali aloqaga chiqsa, shartnoma yuboramiz. Shartnoma bu sertifikat emas, faqatgina toʻlov amalga oshirish uchun yuridik hujjat.

Agar siz payme yoki click orqali o'zingiz to'lasangiz, shartnoma ham shart emas, aslida.
👍50🔥7
Forwarded from MohirDev.uz
​​Vanihoyat Mohirpool loyihamiz uchun birinchi, sinov qabulni boshlayapmiz.

Loyiha maqsadi ish qidiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasidagi tafovutni yopish. Gap shundaki, aksar bitirvuchilar ishlash uchun yetarli bilimga ega boʻlsada, real loyihalarda ishlab koʻrmagani uchun yetarli tajribaga ega boʻlmaydilar.

Mohirpool loyihasining maqsadi 14 haftalik intensiv trening yordamida dasturchilarni ishga tayyorlash.
Mohirpool dasturi tarkibida talabalar 5 kishilik kichik guruhlarga boʻlinib, har bir guruhga uzoq yillik tajribaga ega, kuchli dasturchilar mentorlik qiladi.

Dastur davomida talabalar bir nechta bosqichdan oʻtadilar:

1. Dasturchining ish qurollari bilan tanishuv — 2 hafta

Ikki haftalik intensiv kursda talabalar ish jarayonida koʻp qoʻllaniladigan Git, Maven, Docker, Jira, Confluence, IDE va boshqa texnologiyalar bilan yaqindan tanishadilar.

2. Real va Mock loyihalarda ishlash — 12 hafta

- Talabalar mentor boshchiligida 1 ta individual va 1 ta katta, jamoaviy loyiha ustida ishlaydilar.
- Ish jarayoni har kuni mentor tomonidan nazorat qilib boriladi.
- Yozilgan kodlar taqriz (code review) jarayonidan oʻtadi.
- Har hafta mentor bilan stand-uplar oʻtkaziladi.

3. Ishga tayyorlash — 2 hafta

- Ish qidirish jarayoni (job hunting)
- Rezyume va portfolio tayyorlash.
- Rezyumelarni tahlil qilish.
- Texnik suhbatga tayyorgarlik (dasturlash texnologiyalari, OOP tamoyillari, kod yozish)

4. Mock suhbatlar — 1 hafta

Bu bosqichda dastavval talabalar oʻzaro suhbat uyushtiradilar. Keyin esa tajribali ustozlar tomonidan ishga kirish jarayonidagi kabi suhbatdan oʻtadilar.

Dastur davomida mentorlar va turli tajribali dasturchilar bilan haftalik suhbatlar va yopiq vebinarlar oʻtkaziladi.

Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar, Mohirdev bilan hamkorlik qilayotgan kompaniyalarga tavsiya qilinadilar. Hozirda bir nechta kompaniyalar bilan memorandumlar imzolangan.

FAQ:

Savol: Mohirpool qaysi yoʻnalisslarda dasturchilarni tayyorlaydi?
Javob: Birinchi qabulda faqatgina Frontend yoʻnalishida talabalar qabul qilinadi. Keyingi bosqichda dasturlashning boshqa yoʻnalishlari ham qoʻshiladi.

Savol: Mohirpoolga kimlar qabul qilinadi?
Javob: Mohirpoolga mohirdev praktikumi yoki boshqa dasturlash kurslari, oʻquv markazlari va universitet bitiruvchilari qabul qilinadi.

Savol: Dastur qachondan boshlanadi?
Javob: Qabul jarayoni bugundan boshlab 15-Aprelga qadar davom etadi.

Savol: Joylar chegaralanganmi?
Javob: Ha, 1-qabulda faqatgina 10 kishi saralab olinadi.

Mohirpoolga qabul qanday boʻladi?

1. Roʻyxatdan oʻtish

@mohirpool_jbot orqali roʻyxatdan oʻtasiz va barcha kerakli maʼlumotlarni toʻldirasiz.

2. Onlayn test.

Roʻyxatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2 bosqichli test yuboriladi.

3. Jonli suhbat (zoom yoki telegram orqali)

Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan video/telefonda suhbat oʻtkaziladi.

Barcha bosqichlardan oʻtgan talabalar Mohirpoolga qabul qilinadi.

Mohirpoolda oʻqish narxi: $300

Roʻyxatdan oʻting va Mohirpool bilan keyingi bosqichga chiqing: @mohirpool_jbot

Telegram | Instagram | Youtube
👍97🔥13😢125👏5😁2🤯1
Bugun, 19:00 da @mohirdev kanalida Mohirpool loyihamiz haqida suhbat qilamiz.
👍56🔥9👏2
Assalom alaykum azizlar, barchangizga Ramazon oyi muborak bo'lsin!
👍25341🎉34🥰11🔥7🤩6
Jumboq vaqti: Ushbu avtojihozlar qatorida sotiladigan buyum nima uchun ishlatiladi?
🤔102👍21😁17🔥8👎2👏21
Sariq Dev
Jumboq vaqti: Ushbu avtojihozlar qatorida sotiladigan buyum nima uchun ishlatiladi?
Toʻgʻri javob: Qoʻli kaltalar uchun toʻlov qiladigan choʻp.
😁279👍44👏13🤯108👎7🤩7🤔3🎉2🔥1😢1
Ish joyim va ish qurollarim.
👍814🤩167🔥8429👏12😁8😱7🎉7🥰6😢4🤔2
Shunday loyihalarni yaxshi ko'raman.

Bir guruh olimlar deep learning yordamida suv osti suratlaridan suvni olib tashlashibdi. Natijada suv ostidagi obyketlar tiniq, asl ranglarida namoyon bo'lgan.

Manba: https://towardsdatascience.com/sea-thru-removing-water-from-underwater-images-935288e13f7d
👍117🔥12🤩9👏65🤔3👎1
Blackbox - Google Chrome ishlatadigan dasturchilar uchun juda ajoyib extension.

Bu yordamida, youtubeda biror videodars ko'rib turgan paytingizda, videodagi kodlarni COPY qilish imkonini beradi.

Endi videoni pauza qilib birma - bir kodlarni ko'chirib o'tirishga hojat yo'q.

Ajoyib a :)

@Sardoroga_blog
👍259🔥26😁10😱9👏7🤩76👎4
Malayziya sudlarida hukm qilish uchun sunʼiy intellektdan foydalanib boshlashibdi.

Sunʼiy intellekt o'xshash sud jarayonlarini ko'rib chiqadi va aybdorga jazo belgilaydi.

Dastur tayinlagan jazoni qabul qilish yoki qilmaslik sudyaning ixtiyorida.

Hozircha asosan mayda jinoyatlar uchun ishlatilayapti.

Nima deb o'ylaysiz, kelajagi bormi? Hukm oʻqishni butunlay dasturga topshirib qo'ysak sudlar koʻproq shaffof boʻladimi? Umuman olganda, odamga nisbatan afzalligi bormi? Boʻlsa, nimada?

Fikr qoldiring 👇
👍225👎49🤔14😁10😱10🔥6🤯6🥰52😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Уйдаги охирги молни сотиб, компьютер олиб берган дадамга машина совға қилдим”

“Отам оғилхонадаги охирги сигирни сотиб дастурлашни ўрганишим учун компьютер олиб берган эди, мен эса ўз бизнесимни йўлга қўйиб, сигир ўрнига машина олиб бердим”, дейди 20 ёшли тадбиркор Нилуфар Омонова. Kun.uz “Микрофон – қизларда” рукнида ота-онасининг қўллаб-қувватлаши билан ҳаётда ўз йўлини топган шижоатли қизлар билан таништиришда давом этади.

👉 https://kun.uz/85820251

📹 👉 ТЎЛИҚ КЎРСАТУВНИ КЎРИШ
👍88🔥15👏112👎2😢2
Odatda Sun'iy Intellekt yaratish uchun juda kuchli kompyuter talab qilingani uchun men bunday kompyuter olmasdan, bepul onlayn resurslardan foydalanishni tavsiya qilaman. Lekin, mabodo pulingiz ko'payib, maxsus kompyuter olaman desangiz ikkilanmasdan Lambda Tensorbook tavsiya qilgan bo'lardim.
👍137😱47🔥20🤩12😁7👎4
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlash bo'yicha savollarga javoblar!

9-aprel kuni mentorimiz Saud Abdulwahedga savollaringizni yo'llagan edingiz. Bugun soat 17:00 da Mohirdev instagram sahifasida bo'lib o'tadigan jonli efirimizda qatnashib savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Mohirdev instagram sahifasi: https://instagram.com/mohirdev?utm_medium=copy_link
👍28🔥4