Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilar kinoda va hayotda 😁
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tishi uchun...
👍3
Дарс қилганда албатта ёзиб боринг. Аввало бу эътиборингизни жамлайди, ҳар хил нарсаларга чалғимайсиз.
Иккинчидан, ўрганаётган илмингиз икки марта қайталанади: биринчиси эшитганда, иккинчиси ёзганда.
Ва энг муҳими агар бирор мавзуни пухта ўзлаштираман десангиз шу мавзуда дарс ўтинг.
Ўргатишдан кўра афзалроқ ўрганиш усулини билмайман.
@sariqdev
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Coloradi shtatida 14 soatlik navbat. Topingchi, odamlar nimaga navbat turishibdi?
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/sVsnh6xP_AY

Bugungi mavzu: GitHubda portfolio (qilgan ishlaringizni ro'yxatini) yaratish.

Darsni tugatib, sahifamizdagi mashg'ulotlarni bajarishni unutmang:
https://python.sariq.dev/lirik-chekinish-1/13-github

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
👍1
Hech qachon darslar bilan chegaralanmang. Hech qaysi kurs yoki dars butun fanni qamrab ololmaydi. Bu ilojsiz. Aks holda darslar yillab davom etardi va bitta mavzu tugaguncha yana 10 ta yangi mavzu qo'shilib turadi.

Darslar sizga fundamental tushunchalarni berishga intiladi. Ko'p narsalarni amaliyotda undan ham ko'p narsalarni esa haqiqiy loyihalar ustida ish boshlaganda o'rganasiz.

Shunday holatlar bo'lgan loyihalarni 0 tayyorgarlik bilan olamiz va jarayonda ko'p narsalarni o'rganishga, o'zlashtirishga majbur bo'lamiz. Va bu tabiiy.

Demak, yaxshi mutaxassis uchun eng muhim xislatlardan biri bu o'ziga ishonch va o'z ustida ishlay bilishlik.

Dasturlash asosilari darsimiz ham sizga eng muhim va fundamental tushunchalarni beradi. Sahifamizdagi amaliy mashqlar bilimlaringizni mustahkamlaydi. Darslarimizning 2-qismida bir nechta loyihalar ustida ham ishlaymiz.

Umuman olganda, python.sariq.dev O'zbek segmentidagi eng keng qamrovli onlayn kurslardan biri. Lekin, shunday bo'lsa ham, yetuk mutaxassis bo'lish uchun, sizdan dars chegarasidan chiqish talab etiladi.

Misol uchun, 3-darsimizda Pythonda matn bilan ishlashni o'rgandik va ba'zi metodlarni ko'rdik. Aslida, matn bilan ishlaydigan metodlar juda ko'p. Ularni ko'rish uchun istalgan matndan so'ng nuqta qo'ysangiz metodlar ro'yxati chiqib keladi.

Shu metodlar bilan hech qiziqib ko'rdingizmi?

Mana sizga vazifa, string, int, float, list uchun turli metodlarni o'rganib, ishlatib ko'ring.

O'zingiz uchun yangi narsa kashf qildingizmi?
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/s2SsA2_64o4

Bugungi mavzu: Lug'at (Dictionary) ma'lumot turi

Darsni tugatib, sahifamizdagi mashg'ulotlarni bajarishni unutmang:
https://python.sariq.dev/dictionary/14-dictionary

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
👍2
Dasturlashga qiziqayotganlar uchun O'zbek tilidagi zo'r resurslardan biri bu @virtualdars. Kanalni Malayziyada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan yurtdoshimiz, kuchli mutaxassis Farhod aka olib boradilar.

Full stack dasturlashga qiziqqanlarga qattiq tavsiya qilaman: t.iss.one/virtualdars
👍1
Onlayn tarjimonlarning sifati kundan-kunga oshib ketyapti. Yangi tarjimonlar avvalgidek lug'at yordamida emas, sun'iy intellekt yordamida ishlagani hisobiga tarjimalar juda sifatli.

Mana, tez kunlarda chiqadigan, «Будущее без работы. Технологии, автоматизация и стоит ли их бояться» deb nomlangan 350 betlik kitobni ham to'liqligicha Yandex yordamida tarjima qilishibdi. Tarjima 40 sekund vaqt olibdi. Hatto kitob muqovasini ham neyrotarmoq chizib beribdi.
Xullas, tez kunda tarjimonlar ham ishsiz qoladi shekilli. Yandex + muharrir yordamida kitoblarni tarjima qilaveramiz.

@sariqdev
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Singapurning Changi aeroportida passport nazorati ajoyib ekanmi?
😁4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi zamon ixtirolari. Topingchi, bu matoh nima uchun kerak? To'g'ri javob ertaga (ungacha obunachilarimiz topib qo'yishmasa).
👍1
Kechagi matoh telefon burchagiga qotirilib, pandemiya sharoitida turli narsalarni qo'l bilan bosmaslik (ushlamaslik) uchun mo'ljallangan.
Aytdimku, yangi zamon ixtirosi deb 😁

Videolar izohda.
👍2
16-dars ham tayyor. Video yozish qoldi.😎

Xudo xohlasa, sahifani ertaga yangilayman. Ungacha eski darslarni va mashiqlarni bajarib turing.
https://python.sariq.dev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/IJPmoc-RIO4

Bugungi mavzu: Nesting - Lug'atlar ro'yxati, lug'at ichida ro'yxat, lug'at ichida lug'at.

Darsni tugatib, sahifamizdagi mashg'ulotlarni bajarishni unutmang:
https://python.sariq.dev/dictionary/16-nesting

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Darvoqe, agar python.sariq.dev sahifamizni telefon orqali ochayotgan bo'lsangiz, darslarni va bo'limlarni quyidagicha ko'rishingiz mimkin.
👍1