Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY
4.15K subscribers
27K photos
3.89K videos
32 files
8.32K links
Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Web-site: sardobatuman.uz
Instagram:instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сайлов бюллетенларининг шакли қандай бўлади?

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ҳамда маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловида сайлов бюллетенининг шакли ва матни намунаси Марказий сайлов комиссияси томонидан тасдиқланди.

👉 Telegram | Instagram | Web-site
#Sardoba_tumani

Diqqat e’lon!

Ertaga, 8-oktabr kuni soat 10:00 da Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazadi.

Qabul uchun ro'yxatga olish 8-oktabr kuni soat 09:00 dan boshlanadi. Qabulda ishtirok etishni hohlovchi tadbirkor va fuqarolardan vaqtida kelib ro'yxatdan o'tish so'raladi.

Murojaat uchun telefonlar:
+998673441351

Manzil: Sardoba tuman hokimligi katta majlislar zali

👉 Telegram | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aralash saylov tizimida deputatlik o‘rinlarini taqsimlash tartibi

Proporsional tizimda siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida 75 ta deputatlik o‘rinlari partiyalar o‘rtasida qanday taqsimlanadi?

Ushbu masala batafsil videolavhada tushuntirilgan.

Telegram | Instagram | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, yangi firibgarlik❗️

⏺️Endi kartangizda pul bo‘lmasa ham kartangiz ma’lumotlari va bir martalik SMS-kodni begona shaxslarga aytmang!

⏺️Firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishadi.

❗️Buni qanday uddalashmoqda? Batafsil ushbu videoda.

Telegram | Instagram | Web-site
Sirdaryo viloyatidan 227 ta "O`zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

➤ Oqoltin tumanidan 14 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 73 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 50 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 16 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 5 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 8 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 18 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 16 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 22 ta (ko'rish)

e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!

Telegram | Instagram | Web-site
⚡️Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etamiz!

Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ijodkorlarning bundan yuz yildan ko‘p vaqt muqaddam boshlab berishgan o‘ziga xos milliy uyg‘onish harakatlari bugungi kunda qayta qaror topayotganligiga hammamiz guvohmiz. 

"Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish" haftaligi doirasida tuman Madaniyat markazida "Qatag‘on qurbonlari xotirasi - qalbimizda abadiy yashaydi!" mavzusida targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, faxriylar, nuroniylar, yoshlar, ma'rifat targ'ibotchilari ishtirok etgan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sardoba tuman bo‘linmasi rahbari A.Jo‘martov mazkur haftalikning ahamiyati haqida gapirib berdi, tuman “Sharafli yo‘l” ro‘znomasi bosh muharriri Suyun Namozov “Jadidchilik harakati jabrdiydalari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Tadbir davomida aynan jadidchilarning achchiq qismati, ayni paytda ularning harakatlari davomli ekanligi to‘g‘risida hujjatli film namoyish etildi.

👉 Telegram | Instagram | Web-site
⚡️Probatsiya guruhidagi yoshlar bilan suhbat olib borildi

2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘‌llab quvvatlash yili" munosabati bilan joriy yilning 8-oktabr kuni Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan Sardoba tuman IIB boshlig‘i tomonidan yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularga huquqiy tushinchalar berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni muammolari tinglandi va bandligi yuzasidan tumanda mavjul boʻlgan boʻsh ish oʻrinlariga takliflar berildi.

👉 Telegram | Instagram | Web-site
#Bilasizmi

📜 Qonunchilikka ko'ra, davlat yong'in nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish, qurilish obyektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlangan.

👉 Telegram | Instagram | Web-site
🥬 El dasturxoniga farovonlik sari

Sardoba tumani "Navroʻz" MFYdagi 136-kontur hamda "Otayurt" MFYdagi 178-konturda "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida brokkoli karami va oshqovoq yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur jarayonlarni o‘rganish maqsadida tumanga kelgan viloyat Markaziy bank o‘rinbosari N.Suloymonov va Agrobank ATB Sardoba filiali boshqaruvchisi U. Berdibekov qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining el dasturxoni to‘kinchiligiga va bozorlar farovonligiga qo‘shadigan salmoqli hissasini alohida qayd etib o‘tdi.

Aytish kerak, foydali xususiyatlari bilan sabzavotlar orasida alohida ahamiyatga ega brokkoli karamidan yaxshigina daromad ham olinadi. 1 gektar yer maydoniga 40 ming dona brokkoli ko‘chati ekilganda gektaridan 35 tonnagacha mahsulot yetishtiriladi. O‘rtacha gektaridan 80 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha daromad olish mumkin.

Telegram | Instagram | Web-site
Sirdaryo viloyatidan 75 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

➤ Oqoltin tumanidan 6 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 1 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 4 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 3 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 8 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 11 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 9 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 23 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 6 tа (ko'rish)

e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning!

Telegram | Instagram | Web-site
⚡️"Kambag‘allikdan - tadbirkorlikka" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar kundan-kunga muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sardoba tumani hokimligi tashabbusi bilan "Indorama Agro" MCHJ homiyligi asosida tumandagi ijtimoiy ahvoli og'ir bo'lgan 15 ta xonadonga 3 sotxdan issiqxonalar qurib berilmoqda.

Bundan ko'zlangan maqsad tumandagi ijtimoiy ahvoli og'ir, kambag'al xonadon egalarini o'zini-o'zi ish bilan taminlash, ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilash hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishdir.

👉 Telegram | Instagram | Web-site