Samarqand Kadastr
1.27K subscribers
2.07K photos
383 videos
1.41K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
⚡️Diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolmang⭕️

◼️Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo'lim va filial xodimlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligini oldini olishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlari bo'lib o'tdi.

◼️Din ishlari qo’mitasi Samarqand viloyat hokimligi vakili S.Boymurodov, Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimi F.Mamatqulovlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida kadastr idoralari xodimlari dunyoqarashida sog’lom psixologik ma’naviy muhitni mustahkamlash, “Yurt tinchligi — muqaddas burchimiz”, “Yoshlar orasida diniy ekstremizm oqimlari ta’siriga tushib qolishni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish” haqida targ’ibot-tashviqot uchrashuvi o’tkazildi.

↪️Tadbir davomida Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashishi bo‘yicha bosh mutaxassisi G‘.Kurbanov ham o‘z nuqtida noqonuniy tarzda diniy ta’lim olish, berish, noqonuniy diniy targ‘ibot, turli norasmiy diniy jamoalar ta’siridan ogoh bo‘lish, ekspertizadan o‘tkazilmagan, noqonuniy diniy adabiyotlar, ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi audio-video ma’lumotlarni saqlamaslik va tarqatmaslik bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☝🏻2024 йилга мўлжалланган Давлат дастури лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун www.uzbekistan2030.uz сайтига жойлаштирилди.

Лойиҳа жорий йилнинг 9 февраль кунига қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

Лойиҳа бўйича ўз фикрингизни билдиринг!

💻 Жамоатчилик муҳокамасида фаол иштирок этинг!

🫵🏻 Сизнинг фикрингиз муҳим!
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar

Joy nomlari, ularning tarixi, geografik joylashuvi va umuman Respublikamizning hududlari, ularning nomi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga taqdim etadi.

Xorazm – bu nom qanday kelib chiqqan?

Tarix bu nom haqida nima deydi?

Xorazm so‘zining ma’nosi nima?

▶️ Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#foydali_malumot #kadastr

◾️Foydali maʼlumot◾️

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»
axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

‼️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

📝Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-iyuldagi 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️ Qo'shrabot tumanida o'ziga tegishli bo'lmagan yerda noqonuniy qurilish qilgan shaxs jarimaga tortildi

⭐️Kadastr agentligining Qo'shrabot tuman bo'limi tomonidan tumanning Ozod MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

◼️O'rganishlar davomida fuqaro O.A hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, Qo‘shrabot tuman “Qo‘shrabot” massivi hududidagi yerdan foydalanish xaritasining 4507-konturidagi lalmikor yer maydonidan 0,0076 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 76.0 kv metr joyga noqonuniy bino qurganligi aniqlandi.

📃Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qo'llanildi.

❗️Ma'lumot uchun, Qonunchilikka ko'ra, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimiz sarhadlari

O'zbekiston Respublikasi hududi — 44 892,4 ming gektar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi viloyatlari hududi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Farg'ona viloyati
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident topshirig‘i ijrosiga kirishildi


Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

▶️Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 5-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev bilan uchrashdi.

😄Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.

😎Shu bilan birga kadastr yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari huzurida kadastr mutaxassislarini malakasini oshirish va ularni sertifikatlash bo‘yicha markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

😎Mazkur oliy ta’lim muassasalarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tamomlagan bitiruvchilarini markazlarda sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarida imtihonlarni bevosita markaz xodimlari ishtirokida tashkil etish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM