#jarayon #Dav_kad_palatasi_Samarqand
💬 Avval xabar berganimizdek, 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimi O.Safarov Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish bilan bir qatorda tizim xodimlariga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berib bormoqda.
📃 Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatining jami yer maydonlari 1 677 301 gektar bo‘lib, shundan, UZKAD tizimida 1 439 162 gektar 86 % yer maydonlari hisobga olinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va elektron xaritalari yaratildi. Viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlari 1 474 742 gektar bo‘lib, shundan, 1 320 474 gektar 92 % yer maydonlari hisobga olinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qolaversa yo‘l fondi yerlaridan 4 097 kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lllari elektron xaritalari yaratilib, UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
↪️ Shuningdek, viloyatda O‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha 56 271 gektar, Suv fondi yerlaridan 16 561 gektar yer maydonlari, Ko‘chmas mulk obyektlaridan, ko‘p qavatli binolardan 2 618 ta, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 660 ta, umumta’lim maktablari 1 388 ta va davlat obyektlaridan 4 245 ta ko‘chmas mulklar UZKAD tizimiga olib o‘tildi.
Kelgusida qolgan yo‘nalishdagi davlat kadastrlariga oid obyektlarni ham UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, elektron xaritalarini yaratish rejalashtirilgan.
Rasmiy sahifalarimiz👇
✅ Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Qolaversa yo‘l fondi yerlaridan 4 097 kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lllari elektron xaritalari yaratilib, UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kelgusida qolgan yo‘nalishdagi davlat kadastrlariga oid obyektlarni ham UZKAD tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, elektron xaritalarini yaratish rejalashtirilgan.
Rasmiy sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM