Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.06K photos
381 videos
1.4K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-oktyabr Samarqand shahri kuni.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 3563 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi.

🟢 Oqdaryo tumanidan 189 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 253 (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 228 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumani 413 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 268 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 589 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 62 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 239 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 122 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 66 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 110 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 717 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 184 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 9 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 12 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo`rg`on shahridan 102 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB: 

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

⚡️Samarqandda dronlar shousi bo'lib o'tadi.

⭐️18-oktyabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan bugun 18-oktyabr kuni kechki tadbirlar doirasida Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan Boqiy shaharda 250 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkaziladi.

▶️Shahrimiz aholisi va mehmonlarini ushbu shouga taklif etamiz.


Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🗺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanmagan, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

⭐️18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Kadastr agentligining "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan "Boqiy shahar" majmuasida dronlar shousi o'tkazildi.

🚀Ushbu dronlar shousini shahrimiz aholisi va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etayotgan mehmonlar tomosha qilishdi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Samarqand viloyatida "Yer hisobini yuritish" holatlari ko'zdan kechirilmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimi O.Safarov Samarqand viloyatining barcha tuman va shahar filiallarida "Yer hisobini yuritish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

◾️Xususan, Jomboy, Oqdaryo, Samarqand, Toyloq, Bulung‘ur, Pastdarg‘om tumanlarida yer maydonlarini auksionga chiqarishda yer hisobotiga ma’sul mutaxassisning vazifalari hamda "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

◾️Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisoboti"ni belgilangan muddatda yakunlash va tasdiqlatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️Bugun Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasida “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida maʼnaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

⭕️Ushbu tadbirda bohqarma xodimlari hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti Islamova Dinara Azamatovna, Lingvistika (O‘zbek tili) yo‘nalishi magistrantlari Jalilova Muxlisa Zafarjon qizi va Sharofova Sevinch Jamoliddin qizi ishtirok etishdi.
O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi o‘zgarishlar, til siyosatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda o‘zbek tilining boy va jozibasi haqida maʼlumotlar berildi hamda mazkur Universitetning “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tilim – o‘z tilim” nomli risola boshqarma xodimlarining o‘qib-mutoola qilishlari uchun taqdim etildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🇺🇿 Qonunchilikka ko'ra, o‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.

◼️Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.

◼️Servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o‘zga yer uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanadi va u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda "Mo‘jazgina kutubxona"

🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi binosining har bir qavatida xodimlar uchun maxsus kitob javonlari joylashtirilib, mutaxassislarimizning dunyoqarashini kengaytirish, qo'shimcha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi maqsadida har xil kitoblar bilan to'ldirilgan edi.

💸 Endi esa Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurgan murojaatchilar ham o‘z vaqtini samarali o'tkazishi uchun binoning tashqi qismiga o'zgacha uslubda javonlar qo'yilib, ularning har biriga turli xil mazmundagi kitoblar joylandi.

📚Endilikda murojaat bilan kelgan fuqarolarimiz ushbu ajoyib "Mo‘jazgina kutubxona" dan o'zlarini qiziqtirgan kitoblarni mutolaa qilib, birozgina vaqtlarini ham sermazmun o'tkazish imkoniyatiga egalar.

#DavKadastrPalata #mutolaa_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 21- oktabr - O‘zbek tili bayrami
 
  Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
 
🇺🇿  1989-yilning 21- oktabr kuni O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.
 
  Bugungi kunda yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Shulardan biri, bizning ona tilimiz ekani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch deb hisoblaymiz.
 
🌟 Kadastr sohasidan kelib chiqib, tizimga oid atamalarni xodimlar orasida keng tarqalishi uchun alohida e’tibor qaratib kelmoqdamiz. Bundan tashqari, geografik obyektlar jumladan aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari bo‘lgan mahallalar, ko‘chalar va ziyoratgohlar kabi geografik obyektlarni nomlash hamda qayta nomlash tashkilotimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Geografik obyektlarni Davlat ekspertizasidan o‘tkazish jarayonida ekspertlarimiz taklif qilingan nomlarni har tomonlama tarixiy, geografik jihatlarini hisobga olib, o‘zbek adabiy tili meyorlari doirasida qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berishadi. Ayniqsa, davlatimiz tarixi, tarixiy tilimizdagi so‘zlarimiz yo‘qolib ketmasligi uchun sof o‘zbek tilidagi nomlarga alohida e’tibor qaratiladi.

🇺🇿 Bugungi kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni "O‘zbek tili bayrami" bilan samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz, qudratli davlat tili bo‘lgan o‘zbek tili abadiy yashasin va doimo qadri baland bo‘lsin!
 
  Davlat kadastrlari palatasi raisi
  M.Valiyev

#DavKadastrPalata #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM