Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.05K photos
378 videos
1.39K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

🖥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida Samarqand shahrida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish maqsadida sayyor qabuli o'tkazilgandi.

▶️ Mazkur sayyot qabul Samarqand MTRKning "Diyor Yangiliklari" dasturida keng yoritildi. Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'RQ-937-sonli Qonunga ko'ra ijara huquqi e'tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish qanday amalga oshiriladi?

📃 Yer uchastkasiga bo‘'lgan ijara huquqi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonunga muvofiq e'tirof etilib, unga bo'lgan huquq belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin mazkur yer uchastkasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va asoslarda xususiylashtirilishi mumkin.

◾️Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

DIQQAT E’LON!


🗓 2024-yilning 1-dekabr sanasida soat 00:00 dan 08:00 gacha O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki bergan ma'lumotlarga ko'ra, Hisob-kitoblar kliring tizimi (MUNIS)da texnik hamda profilaktik ishlar rejalashtirilganligi munosabati bilan barcha to'lov tizimlari faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🖥 Shu bois hamyurtlarimizga profilaktika ishlari tugallangunga qadar kadastr sohasidagi xizmatlar uchun to'lovlarni vaqtincha amalga oshira olmasliklarini ma'lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Murojaatlar oʻrganildi, xatlov ishlari nazoratga olindi


Xabaringiz bor, bir necha kun avval Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida Samarqand viloyatining Samarqand shahrida sayyor qabul oʻtkazilgan edi. Unda koʻrilgan masalalarning 27 tasini joyiga chiqqan holda oʻrganilishi vaqt talab etgani sabab, palata raisi topshirigʻiga binoan Ishchi guruh shakllantirilib, oʻrganish ishlari olib borildi.

◼️ Shuningdek, viloyatning bir necha tumanlaridagi xatlov ishlari jarayonlarini rahbariyat tomonidan oʻrganilishi va sayyor qabul murojaatlari tahlili batafsil mazkur videoda.

#DavKadastrPalata #murojaatlar #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor 8-noyabrdan butun respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿 Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

🇺🇿 Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
⬇️
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.


📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM