Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.06K photos
380 videos
1.4K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ QONUN USTUVOR BO‘LSA, TARTIB BARQAROR BO‘LADI

✔️ Hukumatimiz tomonidan berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, joylarda o'z faoliyatini kengaytirayotgan serqirra tadbirkorlar talaygina. Ammo, o‘zboshimchalik bilan yo‘l bo‘yidagi muhofaza hududlaridan noqonuniy foydalanayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham yo‘q emas.

⭐️ Kadastr agentligi Pastdargʻom tuman bo‘limi va tegishli tashkilot masʼullari tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va yer maydonlarini nazorat qilish tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida, tuman hududidan o'tuvchi 4R-46 Samarqand-Juma yo'lining muhofaza hududidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlari egallanib, u yerga tadbirkorlik qilish uchun noqonuniy obyekt qurilganligi aniqlandi.

🔎 Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar yuzasidan, tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Natijada, noqonuniy egallagan yerlarda tadbirkorlik faoliyatimk yuritayotgan 14 nafar fuqarolarga jami, 204 million so'mlik jarimalar qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar yerga noqonuniy egalik qilib, yengil konstruksiyali imorat tiklash bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, og‘ir konstruksiyali imorat qurish esa, 150 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi. Buni zinhor Unutmang!

📣 Aziz hamyurtlar, eslatib o‘tamiz! Agarda sizga tadbirkorlik qilish maqsadida bo‘sh yer uchastkasi yoki bino zarur bo‘lsa, E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok etib, mulk va yer uchastkalarini sotib olib, tadbirkorlik faoliyatingizni qonuniy tartibda olib borishingizni so‘raymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

◼️Bugun Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining tuman va shahar filiallari bosh muhandislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqarma rahbariyati va bo‘lim hamda sho‘ba boshliqlari tomonidan kun tartibidagi ikkita masala bo‘yicha joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi va natijadorligi yuzasidan tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

◼️Xususan, Davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 21-noyabrda kengaytirilgan tarzda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayonida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida sohada amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

◼️Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot» AATga yer hisobini yurituvchi mutaxassislar tomonidan yer fondi toyifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shunga ko'ra, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritib borilishini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 3745 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi.

🟢 Oqdaryo tumanidan 215 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 218 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 180 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 662 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 265 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 887 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 126 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 286 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 69 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 47 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 29 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 439 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 117 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 15 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 6 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on shahridan 184 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari "Geoinovatsiya markazi" DM direktori Abdushukur Xamidovich Abdullayev joriy yilning 11 - sentabr kunida Turon fanlar akademiyasi Akademigi unvoni bilan mukofotlandi va shu munosabat bilan "Akademik" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.💐

💐Shuningdek, Turon akademiyasining 🏅10 yillik ko'krak nishoni bilan ham taqdirlandi.

🌟Kadastr agenligi jamoasi Abdushukur Xamidovichni Akademik unvoni hamda yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi.

#Kadastr_agentligi #taqdirlov #akademik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlash me'yorlari infografikada

🫥 Arxiv ishi sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 15.06.2010 yildagi O‘RQ-252-sonli "Arxiv ishi to'g'risida"gi Qonuniga asosan tartibga solinadi.

📃 Ushbu Qonunga asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini saqlash ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

❗️Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim va ularni yo‘q qilib tashlash taqiqlanadi.

◼️Batafsil Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlanish me'yorlari bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari - Germaniya

🇩🇪 Germaniyada sotuvchi va sotib oluvchiga ko’chmas mulk shartnomasi bilan tanishib, uni imzolashi uchun 2 hafta majburiy muddat beriladi.

◼️ Oldi-sotdi shartnomasini taraflar imzolagach, notarius tegishli mahalliy kadastr idorasiga “imtiyozli xabarnoma” yuboradi.

◼️ Shartnoma imzolangan kundan boshlab, mulk huquqi vujudga kelgunga qadar taxminan 2 oydan 5 oygacha vaqt talab qilinadi.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malaka imtihonlari qanday o‘tmoqda!?


⭐️🌟Avval xabar berganimizdek, ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihonilari boshlangan.

🫥 Imtihonlar 2024-yil, 16-17-sentabr kunlari, 4 mahaldan o'tkazilishi haqida e'lon berilgandi. Kuni kecha imtihonlarda qatnashgan talabgorlardan, imtihon jarayonlari haqida mazkur videoni tomosha qiling. ▶️👆

📹 Bugungi Imtihon jarayonlarini esa Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM