Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.05K photos
378 videos
1.39K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Sohadagi har bir xodim qadrli!

Davlat kadastrlari palatasi tizimdagi har bir xodimni alohida qadrlaydi, bu borada yaqinlashib kelayotgan “Qurbon hayiti” bayrami munosabati bilan sohada uzoq yillardan buyon fidoyilik bilan ishlab kelayotgan bir qancha xodimlarni sog‘ligini yaxshilash maqsadida sog‘lomlashtirish maskaniga yo‘llanma uchun “VAUCHER” taqdim etildi.

Xususan, Samarqand viloyatidan quyidagi xodimlarga:

- Palataning Samarqand viloyat boshqarmasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi - Rasulova Dilshoda Oktamovna;

- Palataning Samarqand viloyati Samarqand tuman filiali Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi - Normatov Baxodir Abdimurotovich;

- Palataning Samarqand viloyati Samarqand tuman filiali topografi - Soliyev Furqat Abdusamatovichlarga ushbu vaucherlar Palata raisining nomidan taqdim etildi.

Mazkur vaucherlarni qabul qilib olgan ushbu xodimlar shu sohada ishlab, hurmat, e’tibor va qadr topganligidan judayam mamnun ekanligini bildirishdi.
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌙Butun musulmon olami uchun eng muborak bayramlardan biri Qurbon Hayit ayyomi muborak!

🤲Alloh barchamizni har ishda qo‘llab, uning yordami va marhamatiga muhtoj hamda tashvish chekayotgan insonlarning mushkulini oson qilsin.

🤲Xonadonlaringizda hamisha hamjihatlik yashasin, bayram kunlari oila va yaqinlar davrasida quvonchli va shukuhli o‘tishini tilaymiz!

Hurmat bilan,
Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi jamoasi.
Aziz yurtdoshlar, hurmatli xamkasblar!

Barchangizni mehr-oqibat, ma'naviy poklanish va saxovat ayyomi-Qurbon Hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

Qalblaringiz iymon, hurmat va muhabbat tuyg‘ularidan mustahkamlanib boraversin, xonadoningizga fayzu-baraka ato etsin.

Hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi jamoasi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Joriy yilning 18-iyun kunida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining ma‘lumotlar bazasida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrga murojaatning oson yo'li

🌟Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilishda davom etadi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

🫥Sizning savollaringizga javoblar telegram kanalimizda ham e'lon qilib boriladi!

☝️ Botga yo‘llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!

#DavKadastrPalata #murojaatlar #telegram_bot

Ijmoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_auksion #infografika

“Yerelektron” AATga kiritilgan bo‘sh yer maydonlari to‘g‘risida ma’lumot


Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) filiallari tomonidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori talablari asosida 2024-yil boshidan buyon “Yerelektron” AATga kiritilgan bo‘sh yer maydonlari to‘g‘risida ma’lumot

Batafsil infografikada 👆
Channel name was changed to «Samarqand Kadastr»
#Kadastr_pasporti #infografika

Samarqand viloyatida joriy yil boshidan buyon Kadastr pasporti uchun 22 728 ta buyurtma berilgan.

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorining 1-ilovasiga asosan "Kadastr pasporti"ni shakllantirish uchun joriy yil boshidan bugungi kunga qadar kelib tushgan buyurtmalar va ularning ijrosi to‘g‘risida ma’lumot.

❗️Batafsil infografikada 👆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilmoqda 

🌏 Ayni damda, Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

◼️Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

◼️Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

◼️O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni eʼtirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi.

◼️Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

◼️Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi taʼkidlandi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer hisobini yuritish raqamlashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi qarori asosida ishga tushirilgan "Yer hisobot" AAT dasturi orqali 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalariga oid Yer hisobi raqamlashtiriladi.

Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassislari U.Toshtemirov va O.Hasanovlar amaliy tashrif bilan Samarqand viloyati tuman va shahar filiallarida bo‘lib, Yer hisobotini yurituvchi mutaxassislarga mazkur qaror mazmun mohiyati va qaror bilan tasdiqlangan Nizom ilovasida belgilangan "Yer hisobot” AAT dasturi hisobot jadvallari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 2021-2024-yillar bo'yicha tuzilgan "Yer hisoboti" hujjatlari va ularning arxiv holatida saqlanilishi o'rganilib, "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Elbek Jahongirov, Kadastr agentligining Samarqand shahar bo‘limi bosh inspektori.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook