Samarqand Kadastr
1.29K subscribers
2.02K photos
370 videos
1.36K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
#bilasizmi #yer_ajratish_tartibi

⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 8- iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida,

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

◼️O‘rmon fondi yer uchastkalari elektron onlayn auksionida ishtirok etish tartibi

🖥 Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun:

▪️ savdo platformasi orqali arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi;
▪️ o‘rmon fondi yer uchastkasining maydoni:
5,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
5,0 gektardan 10.0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
10.0 gektardan 20,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
20 gektar va undan ko‘p bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdoridagi zakalat pulini operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

📃 Ariza qonunchilik talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning o‘zida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi. Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beradi. Jismoniy yoki yuridik shaxslar xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

⚖️ Qonunchilikda nazarda tutilgan zakalat puli jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan taqdirda, elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

🖥 Jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud savdolarga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, lekin vaqtingiz yo'qmi?

📞 Bu muammo emas!
Kadastr agentligining
📱1097 yoki Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining ishonch telefoni (95)-508-81-50
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 ish vaqti Dushanbadan Jumagacha. Soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 1476 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 111 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 111 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 109 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 106 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 163 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 109 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 118 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 102 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 107 ta (ko'rish)

🎞 Video qo‘llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Samarqand viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Samarqand viloyatining umumiy maydoni — 1 677,3 ming kv,km

1. Bulung'ur tumani - 75,2 ming kv,km;
2. Jomboy tumani - 56,0 ming kv,km;
3. Ishtixon tumani - 71,8 ming kv,km;
4. Kattaqo’rg’on tumani - 139,3 ming kv,km;
5. Narpay tumani - 44.2 ming kv,km
6. Nurobod tumani - 486.2 ming kv,km
7. Oqdaryo tumani - 39,0 ming kv,km
8. Pastdarg’om tumani - 87.1 ming kv,km
9. Payariq tumani - 128,7 ming kv,km
10. Paxtachi tumani - 137,6 ming kv,km
11. Samarqand tumani - 42,6 ming kv,km
12. Toyloq tumani - 27,8 ming kv,km
13. Urgut tumani - 112,0 ming kv,km
14. Qo’shrabot tumani - 216,0 ming kv,km
15. Samarqand shahar - 12,4 ming kv,km
16
. Kattaqo’rg’on shahar - 1,5 ming kv,km.

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

🌟 Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16−18-mart kunlari Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtadi

Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida oʻtkaziladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

⚡️Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Endilikda tug‘ilgan farzand nomiga tamg‘alangan daraxt ko‘chati ekiladi

🌿 “Farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmati, “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilish va kafolatli saqlash mexanizmlarini joriy qilish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

🗓 2024-yil 1-iyulgacha farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmati va elektron platforma to‘laqonli yo‘lga qo‘yiladi.

⭐️🌟 Kadastr agentligi tuman (shahar) hokimliklari bilan har yili 1-noyabrga qadar hududlarda “yashil bog‘lar”, “yashil jamoat parklari” va “Yangi avlod bog‘lari” barpo qilish mumkin bo‘lgan tuman (shahar) hokimliklari balansidagi bo‘sh turgan yerlar ro‘yxati, maydoni va manzili haqida ma’lumotlarni to‘playdi.

☯️ Har yili 1-dekabrga qadar har bir tuman (shahar)larda “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan, jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalari doirasida aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni barpo qilish uchun hamda bola tug‘ilganida guvohnoma olishda uning nomiga tamg‘alangan holda daraxt ko‘chatlarini ekish orqali “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilishga yer maydonlari ajratiladi.

👉 Mazkur qaror loyihasi bilan to'liq tanishgan holda unga 19.03.2024 yilga qadar taklif kiritishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_uchastkalari #qonun #yer_kodeksi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2021- yilning 16- avgustida qabul qilingan 708-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida Yer kodeksi 91¹-modda bilan to‘ldirilgan.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

⭕️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Komplayens_nazorati
#Samarqand

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

🔰 Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📲 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisining +998 97 924-32-88 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️Har bir qarich yerni hisobi bor⭕️

⭐️Kadastr agentligining Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan Oqdaryo tumani Amir Temur, Mustaqillik mahallalarida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalar qurib olinganligi aniqlangan.

✔️Mazkur holatlar yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada noqonuniy qurilma fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmoqda.

❗️Ma'lumot uchun, yerlarni hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Buning natijasida qilgan mehnatingizga kuyib qolishingiz hamda ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklar keltirib chiqaradi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Kadastr_pasporti

Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

▪️yer uchastkasining kadastr pasporti;

▪️qurilishi tugallanmagan ob’yektning kadastr pasporti.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Bilasizmi

▶️Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🗺Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz.

📍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari


↖️ Samarqand shahar
↖️Kattaqoʻrgʻon shahar

📍Bulungʻur tumani
📍Ishtixon tumani
📍 Jomboy tumani
📍 Kattaqoʻrgʻon tumani
📍 Narpay tumani
📍 Nurobod tumani
📍 Oqdaryo tumani
📍 Pastdargʻom tumani
📍 Paxtachi tumani
📍 Payariq tumani
📍 Qoʻshrabot tumani
📍 Samarqand tumani
📍 Toyloq tumani
📍 Urgut tumani

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🏠Fuqaro yoki tadbirkorlar uy-joy va boshqa tadbirkorlik obyektlarini oldi-sotdi qilish, qurilish qilish va boshqa sabablar tufayli kadastr pasportini tayyorlash masalasiga duch kelishadi.

🖥 Ushbu xizmatlar qanday amalga oshiriladi. Muddatlari qancha⁉️

➡️ Batafsil: maqolada

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

YER MAYDONLARINING ONLAYN  AUKSION SAVDOLARIDA ISHTIROK ETING!

↪️Batafsi:l «SAMARQAND MTRK» teleradiokanalining «DIYOR YANGILIKLARI» informatsion dasturida.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM