Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.04K photos
377 videos
1.38K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
#Kadastr_agentligi
#amaliy_seminar

▪️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatish, shuningdek, davlat yer va kadastr nazoratini maxsus planshetdan foydalangan holda amalga oshirish, natijalarini joyning o‘zida elektron tarzda rasmiylashtirish tizimini joriy etish maqsadida ⭐️ Kadastr agentligi tomonidan Samarqand viloyat boshqarmasiga taqdim etilgan 55 dona “Planshet” va “Bodi kamera” kabi maxsus moslamalardan to‘g‘ri foydalanish tartibini xodimlarga tushuntirish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish yuzasidan amaliy-o‘quv seminari tashkil etildi.

◼️Seminarda Kadastr agentligining Yer va kadastr nazorati boshqarmasi bosh mutaxassislari S.Akbarov va B.Taxirovlar tomonidan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirishda planshetdan foydalanish hamda ish hujjatlarini “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimida joyning o‘zida elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida boshqarma xodimlari hamda tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va xodimlariga tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 1514 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 111 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 111 (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 109 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Qushrobot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 108 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 180 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 114 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 118 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 102 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 107 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🎞 e-auksion.uz video

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Murojaatlar tahlili

◼️Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil Fevral oyida jami 6 372 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

💿Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 133
💿Andijon viloyati - 162
💿Buxoro viloyati - 489
💿Samarqand viloyati - 469
💿Sirdaryo viloyati - 318
💿Surxondaryo viloyati - 573
💿Qashqadaryo viloyati - 618
💿Toshkent shahar - 868
💿Toshkent viloyati - 865
💿Navoiy viloyati - 204
💿Namangan viloyati - 105
💿Xorazm viloyati - 422
💿Jizzax viloyati - 375
💿Farg‘ona viloyati - 284
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 487

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #yillik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQNI O‘Z VAQTIDA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZING
⭕️

⭐️Kadastr agentligining Urgut tuman bo'limi tomonidan "Quyi qishloq" MFY hududida yer va kadastr nazorati tadbiri o'tkazildi.

◼️O'rganishlar davomida fuqaro A.M. tegishli tartibda Kadastr hujjatllari bo'lsada, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaganligi aniqlandi.

📃Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 68¹ (prim) moddasida nazarda tutilgan qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qo'llanildi.

❗️Ma'lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68¹ (prim) moddasiga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida (1 oy muddatda) murojaat etmaslik - fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrning zamonaviy texnikalari


⭐️🌟Kadastr sohasi mutaxassisilari uchun muhim yangilik.

🎲 Kadastrning asosiy faoliyati – yer o‘lchov va hisobini aniq tahlil qilish texnik uskunaning imkoniyatlari, ularni ishlatishdagi ahamiyatli jihatlar haqida navbatdagi 2-videoyimiz.

▶️ Batafsil mazkur videoda. 2-qism👆

#DavKadastrPalata #kadastr_texnikalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

✔️ Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.Ismoilova “Renessans” telekanaliga murojaat qilib, 2006-yilda tuman markazidagi dehqon bozor hududidan sotib olgan yeridan foydalana olmayotgani, uning yeri bozor hududiga qo‘shib yuborilgani, turli tashkilotlarga qilgan murojaatlari javobsiz qolayotgani haqida so‘z borgan.

Ushbu videolavhada nazarda tutilgan joy bundan oldin shahar hokimining 2002-yildagi tegishli qarori bilan boshqa fuqaro ya'ni SH.Aminovga doimiy foydalanish huququ bilan biriktirib berilgan va 2003-yil yanvar oyida yana qo‘shimcha yer maydoni qo‘shib berilgan.

📃Biroq shahar hokimining 2003-yil fevral oyidagi qarori bilan yuqoridagi qarorlari bekor qilinib, yer maydonlari dehqon bozoriga doimiy foydalanish huquqi asosida biriktirib berilgan.

Shunday bo‘lsada, ushbu yer maydonida birinchi fuqaro SH.Aminov foydalanishi vaqtida qurilgan do‘konlarga nisbatan ekalik huquqi mavjud bo‘lmasada, to‘rt qismga bo‘linib sotilgan. Shundan bir qismini mazkur murojaatchi fuqaro sotib olgan bo‘lgan.

◼️Videolavhada ko‘rsatilgan fuqaro M.Islamova talab qilayotgan savdo do‘koni yer maydonlari aslida fuqaro SH.Aminov egaligida bo‘lgan davrdayoq yer maydonidan foydalanish huquqi bekor qilinganligi sababli fuqaro Islamova Mahbubaga yer maydonidan foydalanishga huquqiy asoslar mavjud emas.

Mazkur muammoli masala uzoq yillar davomida nafaqat Kadastr organlari tomonidan shuningdek, bir nechta sud instansiyalarida va shu davlarda faoliyat olib borgan Kattaqo‘rg‘on shahar hamda viloyat hokimlari tomonidan ham ko‘rib chiqilgan bo‘lsada, o‘zining huquqiy yechimini topmagan.

Shu bois, ushbu nizoli masalani ijobiy hal etish bo‘yicha Kadastr agentligining vakolati cheklanganligini ma‘lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️ Жорий йил 1 мартдан Тошкент шаҳар ва Тошкент вилоятида синов тариқасида ерқонунбузарлик ҳолатлари жойнинг ўзида электрон расмийлаштириш ишлари йўлга қўйилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов маълум қилди.

Ер қонунбузилиш ҳолатларини аниқлаш ва бартараф этишда самарали давлат назоратини амалга ошириш мақсадида Кадастр агентлиги томонидан “Е-ер назорат” дастури ишлаб чиқилди.

➡️ Ушбу дастур қуйидаги имкониятларни беради:

назорат тадбирларини амалга оширишда ортиқча қоғозбозлик ҳамда эҳтимолий коррупцион ҳаракатларнинг олди олиш;

ер қонунбузилиш ҳолатларини аниқлашдан то бартараф этишгача бўлган жараёнларни мониторинг қилиб бориш;

ерга оид қонунбузилишлар ва уларни бартараф этилиши тўғрисидаги статистик маълумотларни автоматлаштирилган электрон ҳисобини юритиш;

ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш, ерлардан мақсадсиз фойдаланиш, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш учун ўз муддатида мурожаат қилмаслик ҳолати бўйича манзилли маълумотлар базасини яратиш.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️ Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda 🔍

⭐️Kadastr agentligining Payariq tuman bo'limi tomonidan "Ko'ktepa" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

◼️O'rganishlar davomida fuqaro T.K. hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, "Sherbek Sobirovich dalasi" fermer xo‘jaligining Sug‘orib haydaladigan yer maydonidan 0.15 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 115 kv metr joyga noqonuniy qurilish qurganligi aniqlandi.

📃Ushbu holat yuzasidan o‘zboshimchalik bilan egallagan fuqaroga yuqoridagi huquqbuzarlikni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish, buzib tashlash to‘g‘risida tushuntirish va ogohlantirish berildi, hamda yerni egallab olish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli yig‘ilgan hujjatlar chora ko'rish uchun prokuratura organiga taqdim etildi.

❗️Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 229 prim 1-modda 2-qismida Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, —bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥  Mazkur infografika orqali 2024-yil, yanvar-fevral oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📊 Jami kelib tushgan takliflar: 9 077 ta

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🌍Yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etishda samarali davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “E-yer nazorat” dasturi to'g'risida batafsil ma'lumot infografikada.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika_Samarqand #Kadastr_agentligi_Samarqand

⭐️Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga 2024-yil 1-mart holatiga kelib tushgan murojaatlar.
Batafsil infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📱 Samarqanddagi 40,4 ming ko‘cha elektron xaritaga kiritildi.

“Geografik obyektlarni nomlash to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarga ko‘ra, geografik obyektlar nomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida davlat reyestri yuritiladi. Kadastr agentligi geografik obyektlarning nomlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini qonunchilikda belgilangan tartibda geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritgan holda amalga oshiradi.

➡️Batafsil: O‘zA muxbiri maqolasida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va yer uchastkasi qidiryapsizmi?

E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️
60 ta davlat aktivlari (ko'rish)
⭕️ 266 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
⭕️ 1514 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 4857 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 4286 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 239 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 95 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 249 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 16 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 103 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 1 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 76 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 6 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma. 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili: (99) 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

▪️Ijtimoiy tarmoq orqali jurnalist Sh.Shokirjonov tomonidan “yo‘q uyga soliq to‘layapman” mazmunida kadastr va soliq idoralariga murojaat qilgan. Ushbu murojaat Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida Oqdaryo tumani “Po‘latdarxon” mahallasi “Qirqdarxon” massivi hududida joylashgan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joy bo‘yicha murojaat muallifi Sh.Shokirjonov nomiga 2014-yilda kadastr yig‘majildi tayyorlangan va tegishli ma’lumotlar “Ko‘chmas mulk-3” bazasiga kiritilgan. Keyinchalik Sh.Shokirjonov ushbu uy-joyni 2018-yilda notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa fuqaro ya’ni B.Nurmamatovga sotgan.

Shundan so‘ng, ushbu uy-joy uchun fuqaro B.Nurmamatov nomiga tayyorlangan kadastr yig‘majildiga boshqa kadastr raqami berilgan. Biroq “Ko‘chmas mulk-3” dasturida ishlash jarayonida mutaxassis tomonidan harakatlar ketma-ketligi shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilganligi sababli birlamchi kadastr yig‘majildi uchun berilgan kadastr raqami o‘zgarmay qolgan.

💬Ushbu xatolik yuzasidan Oqdaryo tumani filiali Kadastr hisobi muhandisi, ma’lumotlar bazasiga mas’ul A.X.ga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, mazkur xatolik natijasida tuman soliq idorasi tomonidan fuqaro Sh.Shokirjonovga hisoblangan soliq qarzdorligini bartaraf qilish choralari ko‘rilayotganligini ma'lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM