Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.06K photos
380 videos
1.4K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃 Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

◼️Yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlandi. Har bir sud instantsiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.

◼️Shuningdek, sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkinligi belgilandi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-1110/

Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–887-son Qonuni, 25.12.2023-y.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🫥 Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

◼️Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko'rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilindi hamda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatildi.

◼️Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok eta olmaydi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-119/

Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–888-son Qonuni, 25.12.2023-y

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Quyidagi o‘rmon fondi yerlari ijaraga berilmaydi:

- o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
- o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
- eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
- o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
- alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
- davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
- ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- ilmiy-tajriba stansiyalari yerlari;
- qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘larining qo‘riqxona zonalari;
- o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar (sug‘oriladigan yerlar, ko‘chatxona va pitomniklar, o‘rmon bilan qoplangan yerlar, dorivor o‘simliklar plantatsiyalari joylashgan yerlar);
- noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan daraxt va boshqa o‘simlik turlari bilan band bo‘lgan uchastkalar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy ma'lumot

🫥 Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasiga mulk huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi:

▫️ yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazilganda;

▫️ jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;

▫️ qonunda belgilangan hollarda yer uchastkasi, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara qilinganda;

▫️ qonunchilikda belgilangan hollarda yer uchastkasi, binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;

▫️ ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🖥 Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati bir ijara shartnomasi doirasida 6 yil, nodavlat professional ta’lim tashkilotlari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa 10 yil etib belgilanadi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

◼️Davlat mulki obyektlari ijaraga berish uchun auksionga chiqarilganda, ijaraga berish muddati 3 yil etib belgilanadi. Bunda balansda saqlovchi tomonidan davlat mulki obyektidan kelgusida o‘z ehtiyoji uchun foydalanish zarurati mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha tarmoq jadvali) taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ijaraga beruvchi ijaraga berish muddatini uch yildan kam etib belgilashi mumkin.

◼️Ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi shartlari o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda, ijara muddati yana 3 yil muddatga uzaytiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

◼️Ushbu bandda nazarda tutilgan eng ko‘p muddatlar tugagach, davlat mulki umumiy asoslarda ijaraga beriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM