Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.04K photos
377 videos
1.38K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⛓️‍💥Ҳисобот даврида ер ва кадастрга оид ҳуқуқбузарлик содир этган 37 185 та шахсга нисбатан маъмурий жазо чоралари қўлланилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов маълум қилди.

Бугунги кунда республиканинг жами 44,9 млн. гектар ер майдонидан 42,3 млн. гектари ёки 94 фоизи “UZKAD” тизимида электрон харитаси яратилиб, 41,8 млн. гектари давлат рўйхатидан ўтказилди.

Аввал ҳисобга олинмаган 181,7 мингта янги объект ва 2,3 мингта объектда қўшимча қурилмалар кадастр базасида ҳисобга олиниши натижасида, бюджетга 155,8 млрд сўм қўшимча солиқ ҳисобланди.

Республиканинг жами кўчмас мулк объектлари сони 8,5 млн.тани ташкил этиб, жорий йил бошига нисбатан 189 мингтага ошган.

Жисмоний шахсларнинг жами кўчмас мулк объектлари сони 8,1 млн.тани ташкил этиб, йил бошига нисбатан 109,9 мингтага ошган.

Юридик ва жисмоний шахсларнинг мурожаатлари асосида 883,1 мингта шундан, 40,9 мингта янги ва 842,2 мингта мавжуд объектларнинг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлари қайта давлат рўйхатидан ўтказилган.

Амалга оширилган ер ва кадастр назорати тадбирлари натижасида 61 410 та ҳолатда 8 135 гектар ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш бўйича ҳуқуқбузарликлар аниқланиб, берилган ёзма кўрсатмалар асосида 37 547 та ҳолатда 4 055 гектар ёки 61 фоиз ер қонунбузилиш ҳолатлари ихтиёрий равишда бартараф этилди.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga qiziqqan talabalarga imkoniyatlar yaratilmoqda!

💠 Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasida ham tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

🫥 Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Geomatika muhandisligi” kafedrasi professori, t.f.n. D.O.Jo‘raqulov dars berayotgan talabalar, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasida doimiy tarzda talabalar uchun tashkil etib kelinayotgan amaliy-o‘quv darslariga jalb qilindi.

✍️ Xususan, boshqarmaning malakali xodimlari va bo‘lim boshliqlari tomonidan Universitetning “Bino va inshootlar kadastri” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun amaliy-o‘quv darsi tashkil etilib, faol talaba yoshlarga sohada amalga oshirilgan islohotlar, yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📃 Kelajakda talabalarni o‘ziga munosib kasb tanlashiga ko‘maklashish hamda iqtidorli yoshlarni kadastr sohasiga jalb qilish maqsadida, zamonaviy dasturiy ta’mitnotlarni mukammal o‘rganish va mustaqil tarzda ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish uchun darsdan bo‘sh vaqtlarda boshqarmaning tegishli bo‘limlariga kelib ish o‘rganish bo‘yicha takliflar berildi.

🫥Boshqarmadan biriktirilgan malakali xodimlar tomonidan talabalarga ustoz-shogird an’anasi asosida sohada amalga oshirib borilayotgan ishlar o‘rgatib boriladi va namunali, soha talabiga javob beradigan kadrlarni sohada ishda olib qolish bo‘yicha takliflar berib borilishi ta’kidlandi.

🧊 Kelgusida ham Universitet bilan boshqarma o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️ 4469 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 5772 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 153 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 65 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 1305 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 266 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 56 ta davlat aktivlari (ko'rish)
⭕️ 191 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 Sizning O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni bo‘yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishning huquqiy asoslari va ahamiyati"

▶️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Vaqti: 2024-yil 24-dekabr, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand Kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand viloyatida joriy yil yakuniga qadar o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi infografika ko'rinishida. #Kadastr_agentligi #infografika 📩 Telegram  …
Urgut tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari bo’yicha reja-jadval

📆 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Urgut tumani hududi uchun reja-jadval.

❗️ Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sizning mahallangiz nomi chiqmasa, xavotirga tushmang. Demak, sizning mahallangiz 2025-yildan keyingi bosqichda xatlovdan o’tkaziladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔴 SAMARQANDDA XATLOV JARAYONLARI

🗓 Xabaringiz bor 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Samarqand viloyatining tuman, shaharlarida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

▶️ Foto: 📍 Oqdaryo tumani "Paxtaobod" mahallasida xatlov jarayonlari.

#Kadastr #xatlov #Qonun_937

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kadastr_manzillari #Bilasizmi

▶️Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🗺Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz.

📍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari


↖️ Samarqand shahar
↖️Kattaqoʻrgʻon shahar

📍Bulungʻur tumani
📍Ishtixon tumani
📍 Jomboy tumani
📍 Kattaqoʻrgʻon tumani
📍 Narpay tumani
📍 Nurobod tumani
📍 Oqdaryo tumani
📍 Pastdargʻom tumani
📍 Paxtachi tumani
📍 Payariq tumani
📍 Qoʻshrabot tumani
📍 Samarqand tumani
📍 Toyloq tumani
📍 Urgut tumani

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

📹 "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida Samarqand viloyatida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda haq to‘lanadi;

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga 2025-yil 10-yanvar kuniga qadar yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM