Samarqand Kadastr
1.54K subscribers
2.96K photos
518 videos
1.91K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

Aval xabar berganimizdek, 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.X. Abdullayev boshchiligida Agentlikning Samarqand viloyat boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida Samarqand viloyati, Jomboy tumanida Sayyor qabul o‘tkazildi.

🗣 O‘tkazilgan sayyor qabulga kelgan 50 ga yaqin fuqarolar o‘zlarining kadastr sohasiga oid muammoli masalalar bo‘yicha mas’ullarga savollar bilan murojaat qilishdi.

➡️ Murojaatlarning asosiy qismini:

🟢 fuqarolar tomonidan uzoq yillardan buyon foydalanib kelayotgan uy-joy va bino-inshootlariga egalik huquqini belgilash;
🟢kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi;
🟢kadastr sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdorlari;
🟢tadbirkorlik qilish maqsadida yer ajratish masalalari tashkil etdi.


🟢Shuningdek, boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaatlar bo‘ldi.

📄 Ushbu murojaatlarning 40 ga yaqiniga huquqiy tushuntirish berildi va joyida hal etildi. Shu bilan birga, qo‘shimcha o‘rganish hamda hujjatlar talab etiladigan 10 ta murojaatlar bo‘yicha sohadagi mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va muddatlari belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Ayrim murojaat mualliflariga tegishliligi yuzasidan hamda mas’ul bo‘lgan idoralarga yo‘naltirildi.

#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Samarqand_Jomboy_tumani

♻️ Bugun Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.X. Abdullayev boshchiligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi boshliqlari ishtirokida Jomboy tumanida o‘tkazilgan "Sayyor qabul"dan video lavha.
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

📰 Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam. Bugun mana shu fazilatlarni o‘zining hayotiy va kasbiy aqidasiga aylantirgan soha vakillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha ijod ahlini samimiy muborakbod etamiz.💐

📝 Oʻtkir qalami va qudratli soʻzi bilan matbuotimiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz dardu tashvishlarini xolisona yoritishni oʻzlarining sharafli va muqaddas burchi, deb bilgan soha vakillarining mehnatini har qancha eʼtirof etsak arziydi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb egalarini bayram bilan samimiy tabriklab barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaydi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_tabrigi #27_iyun

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni


📝 Bugun jamiyatning, insonning manfaat va qiziqishlari, ijtimoiy taraqqiyot maqsadlaridan kelib chiqib, amaliyotga tadbiq etuvchi, qayta tashkil etuvchi, ta’sir ko‘rsatishda o'z o'rniga ega bo'lgan, ijtimoiy taraqqiyotning ulkan harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.

✏️ Kezi kelganda insonlar o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda eta olishga ham ojizlik qilgan bir pallada, o'z mahorati bilan nafaqat aholi o‘rtasida, balki xalqlar, mamlakatlar, millatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, axborot sohasidagi erkinlik va oshkoralikni ta'minlash hamda keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o'rni beqiyos.

🫥 Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda O‘zbekistonda 2 140 ta yoki 2016-yilga nisbatan 626 taga ko‘p ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritgan. Anʼanaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 745 taga yetgan. So‘nggi yillarda respublika nashriyotlari tomonidan 132 million nusxa badiiy kitob va boshqa adabiyotlar chop etilgan.

💐 Fursatdan foydalanib, sadoqatli va zahmatkash ommaviy axborot vositalari va soha axborot xizmati xodimlarini ushbu bayram bilan chin yurakdan tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Samarqand viloyatidan
e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 4356 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🔹 Samarqand shahridan 23 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 73 ta (ko'rish)
🔹 Oqdaryo tumanidan 78 ta (ko'rish)
🔹 Bulung'ur tumanidan 85 ta (ko'rish)
🔹 Jomboy tumanidan 111 ta (ko'rish)
🔹 Ishtixon tumanidan 399 ta (ko'rish)
🔹 Kattaqo'rg'on tumanidan 215 ta (ko'rish)
🔹 Qo'shrabot tumanidan 345 ta (ko'rish)
🔹 Narpay tumanidan 364 ta (ko'rish)
🔹 Payariq tumanidan 362 ta (ko'rish)
🔹 Pastdarg'om tumanidan 547 ta (ko'rish)
🔹 Paxtachi tumanidan 219 ta (ko'rish)
🔹 Samarqand tumanidan 381 ta (ko'rish)
🔹 Nurobod tumanidan 167 ta (ko'rish)
🔹 Urgut tumanidan 706 ta (ko'rish)
🔹 Toyloq tumanidan 281 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi
485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.


🎞 video-qo'llanma 👈

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtub
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🎤 JURNALISTIKA – yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi, biznes, ilm-fan hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlikni mustahkamlovchi bo‘g‘indir.

🟢Bugun, 🌟Kadastr agentligi tizimida mana shu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha xodimlarni “27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan muborakbod etamiz. 💐

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy bilimlar va odob-axloq masalalari

🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarning xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali o‘quv seminari tashkil etildi.

📃 Dastlab o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati ishtirokchilarga to'liq tushuntirib berildi.

◾️Shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlarida odob-ahloq masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi mavzularda qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ta'kidlab o'tildi. Yig'ilganlarning bu boradagi hayotiy mulohazalari bo'yicha fikrlari tinglandi.

#DavKadastrPalata #o_quv_seminari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan noturar obektlar "Uzkad" tizimiga necha kunda òtkaziladi va to'lovi qancha miqdorda bo'ladi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga ko'ra, "Uzkad" integratsion tizimiga kiritish noturar obyektning maydonidan kelib chiqib, 5-25 ish kuni etib belgilangan va obyektning faqat o'zgartirish kiritilgan qismigagina to'lov undiriladi.

◼️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish muddati 2 ish kunini tashkil etib, avval ro'yxatdan o'tgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘lsa, bepul amalga oshiriladi.

👔Ma'lumot uchun: Noturar obyektlarni "Uzkad" tizimiga o'tkazishda kadastr pasportini shakllantirish hamda unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kompozit xizmati joriy etilganligini ma'lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qadrli yurtdoshlar !

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi barcha yoshlarni 30-iyun – «Yoshlar kuni» bilan samimiy muborakbod etadi. Barchangizga yetuk malakali, yurtimiz uchun munosib kadr bo'lib yetishishingiz, uning nomini yanada ulug'laydigan vatanparvar yoshlar bo'lib shakllanishingizni tilaymiz. Sizlarga sog’lik-salomatlik, kuch qudrat, baxtli onlarga to’la kunlar va ulkan zafarlar tilab qolamiz.

🎉 Hurmat bilan, Kadastr agentligi hamda DKP Samarqand viloyat boshqarmalari jamoasi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Samarqand_shahri

Samarqandda yer nazorati tadbirlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda

♻️ Kadastr agentligining Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi “Tutzor”, “Nurli yo‘l”, “Dahbediy” MFYlar hududida o‘tkazilgan “Yer nazorati” tadbirlarida bir-qancha fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga tutash bo‘lgan yer maydonlaridan ya’ni, piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilishlar bo‘yicha ushbu fuqarolarga og‘zaki ko‘rsatma hamda yozma ravishda berilgan ogohlantirishlardan so‘ng, belgilangan 15 kunlik muddatda mazkur noqonuniy holatlar bartaraf etilib, egallangan yer maydonlari asl holatiga qaytarildi.
👍1