Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.05K photos
377 videos
1.39K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃 Davlat mulkining boshqa turlari uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori:

- agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lmasa yoki ushbu muddatga teng bo‘lsa yoxud amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo‘lmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;

- agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

◼️Samarali foydalanish muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasida ko‘rsatilgan tasniflashdan kelib chiqib belgilanadi.

◼️Balansda saqlovchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi ijaraga berilayotgan davlat mulki to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI (Муножатхон Садриддиновна)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🖥 Davlat mulkining boshqa turlari uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori:

🔹 Agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lmasa yoki ushbu muddatga teng bo‘lsa yoxud amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo‘lmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;

🔹 Agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

🔹 Samarali foydalanish muddati O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasida ko‘rsatilgan tasniflashdan kelib chiqib belgilanadi.

🔹 Balansda saqlovchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi ijaraga berilayotgan davlat mulki to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🖥 Davlat mulkidan foydalanganlik davri quyidagicha belgilanadi:

◼️Davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, joriy yil 1-yanvar sanasidan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️ijaraga beruvchi ishtirokida avval tuzilgan ijara shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng davlat mulki belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzmasdan foydalanishga berilganda, avvalgi ijara shartnomasi muddati tugagan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar;

◼️davlat mulki ijara shartnomasiga kiritilmasdan ijaraga berilganda, shuningdek, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni kamaytirib ko‘rsatilganda, ijara shartnomasi tuzilgan sanadan holat aniqlangan sanaga qadar.

◼️Bunda hisoblangan davr uchun to‘lov o‘sha yilga belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdoriga mutanosib hisoblanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃Ko‘chmas mulkni bo‘lish dalolatnomasini rasmiylashtirishda:

▫️ yangi tashkil etilayotgan ko‘chmas mulklar o‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan bo‘lishi zarur;

◾️ bo‘lish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda yer uchastkasi bo‘linadigan bo‘lishi;

▫️ yer uchastkalari yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi hamda bo‘lish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi;

◾️ mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkasini bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi kelgusida undan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lishi zarur;

▫️ yakka tartibdagi turar joy binolarining bir qismi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga keladigan alohida yer uchastkalarida joylashgan bino yoki bino qismida kamida bitta yashash xonasi, oshxona hamda hojatxona mavjud bo‘lishi lozim, mulk huquqida tegishli bo‘lgan yer uchastkasi bundan mustasno;

◾️ yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar mustaqil ravishda yer uchastkasiga umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi orqali o‘tish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

▫️ yer uchastkasining yangi chegaralari uning bo‘linishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi lozim, bunda yangi yer uchastkalarining maydonlari yig‘indisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

◾️ bo‘linayotgan yer uchastkasiga tutash o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkalari tomonlar o‘rtasida bo‘linishiga va dalolatnomada ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Ko'chmas mulkingizni bo'lmoqchisiz, lekin tartib-qoidalaridan bexabarmisiz?

Ko'chmas mulk qanday shartlar asosida bo'linadi?

🌟 Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassisi bergan aniq javob batafsil videoda👆

✅️ To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat yer kadastri

⭐️🌟Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.

🇺🇿 Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.

◼️Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari:

- mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
- fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
- yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
- yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Ko'chmas mulkingizni birlashtirmoqchisiz, lekin tartib-qoidalaridan bexabarmisiz?

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi qanday?

Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassisi bergan aniq javob batafsil videoda👆

📃 To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM