Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.05K photos
378 videos
1.39K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olish kuni etib belgilangan

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi.

Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi farmoniga ko‘ra:


◼️10-aprel, chorshanba – Ramazon Hayiti kuni;

◼️11-aprel, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

◼️12-aprel, juma – 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

✔️ 13-aprel, shanba – barcha uchun ish kuni;

◼️14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚔️ Bugun, 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sohibqiron Amir Temur davrida yer egaligi qanday bo'lgan?

Yerga egalik qilishning 5 ta asosiy ko’rinishi bo’lgan:
◼️Suyurg’ol yerlar.
Bu yerlarning egalari har qanday soliqlardan ozod edilar. Ular yer egasi sifatida dеhqonlarni ishlatib, yer solig’i — xiroj olganlar.

◼️Tarxon yerlar.
Xususiy mulk bo’lgan bu yerlar odamlarga biron-bir alohida xizmatlari uchun berilgan.

◼️Ushr yerlar.
Sayyid va xulsalarga mansub bu yerlarning egalari olgan daromadlarining o’ndan bir qismini davlatga to’laganlar.

◼️Vaqf yerlar.
masjid va madrasalar, xonaqoh va mozorlarga qarashli yerlardir.

◼️Askarlarga va ularning boshliqlariga ajratib beriladigan yerlar mavjud bo’lgan.

Amir dеvonida yer ishlari, soliqlar, boj yig’ish, mirshablik yumushlari bilan shug’ullanuvchi vazir bo’lgan.

Oliy-himmat sohibqiron o’z xalqiga muruvvatli bo’lib, bеmavrid, bo’lar-bo’lmasga mol-xiroj kabi soliqlar solishga qarshi bo’lgan va xalqni bir nеcha marta yillab soliqlar to’lashdan ozod qilib yuborgan.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌍 OAV biz haqimizda

🏢 Qonunni buzmang, jarima to'laysiz!

Prezidentimizning 2021-yil 8- iyundagi PF-6243-sonli "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida va "Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 2021-yil 16- avgustda qabul qilingan O‘RQ-708-son Qonunida Kadastr agentligiga bir qator vazifa va vakolatlar belgilab berilgan. Mazkur qonun qabul qilinishi munosabati bilan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish hamda davlat kadastrlarini yuritish tartibini buzish bilan bog‘liq maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar faqat Kadastr agentligi organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi vakolati belgilangan.

➡️Batafsil: Qo'shchinor gazetasining 2024-yil 9-aprel 8-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌍 OAV biz haqimizda

Kecha Davlat kadastrlari palatasi Samarqand tuman filiali tomonidan tumanning "Gulobod tongi" gazetasi muxbirlari ishtirokida joriy yilning birinchi chorakida sohada amalga oshirilgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida Matbuot anjumani tashkil etildi.

➡️Batafsil: "Gulobod tongi" gazetasi

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va yer uchastkasi qidiryapsizmi?

E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️
57 ta davlat aktivlari (ko'rish)
⭕️ 277 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
⭕️ 1188 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 4828 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 4773 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 291 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 99 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 274 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 169 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 110 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 1 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 82 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 8 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili: (99) 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🟠Nukusda O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi🟠

📍 2024-yilning 1-7-aprel kunlari Nukus shahrida 🇺🇿O‘zbekiston-🇹🇲Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirildi, jumladan, Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiyaning qoʻshma majlisiga tayyorgarlik koʻrish masalasi koʻrib chiqildi.

▪️Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv 🇹🇲Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon #hayit_bayrami #islom #kadastr

🌙Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.
Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va e'tibor ko‘rsatish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan bu bayramning ma'no-mazmunini bugungi kunda har birimiz chuqur his etmoqdamiz.
Yurtimiz va xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin, ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

🎉Hurmat bilan, Kadastr agentligi hamda DKP Samarqand viloyat boshqarmalari jamoasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz yurtdoshlar!

🗿 Yurtimiz mo‘min-musulmonlari va butun xalqimizni yer yuzidagi islom ummati tomonidan keng nishonlanayotgan ulug‘ va muborak ayyom – 😅 Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog‘lik-omonlik va baxtu saodat hamda fayz olib kelsin!

Hurmat bilan 🌟Kadastr agentligi jamoasi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: Yanvar-mart, 2024-yil

▫️ O'tgan oy davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 199 940 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Bilasizmi

▶️Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🗺Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz.

📍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari


↖️ Samarqand shahar
↖️Kattaqoʻrgʻon shahar

📍Bulungʻur tumani
📍Ishtixon tumani
📍 Jomboy tumani
📍 Kattaqoʻrgʻon tumani
📍 Narpay tumani
📍 Nurobod tumani
📍 Oqdaryo tumani
📍 Pastdargʻom tumani
📍 Paxtachi tumani
📍 Payariq tumani
📍 Qoʻshrabot tumani
📍 Samarqand tumani
📍 Toyloq tumani
📍 Urgut tumani

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi


🏠 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

🗓 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.

🖥 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💰 Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer olgan yoshlarga 100 mln soʻmgacha kredit ajratiladi


📃 Qarorga koʻra, Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim boʻyicha talabgorlarga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

◼️ Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablagʻlar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln soʻmgacha kredit ajratish;

◼️Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar boʻladi.

◼️ talabgorlarga mini-texnika, urugʻ va koʻchat xaridiga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan 5 million soʻmdan subsidiya, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan – 33 mln soʻmgacha kredit ajratish;

◼️ joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urugʻ, koʻchat yetkazish, mineral oʻgʻit berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkinmi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi. Unga asosan, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatiladi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-923-son, 02.04.2024 y.) bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.

📃Unga ko‘ra:

▶️ “Hamkorlik shartnomalari”ga asosan “20 ming tadbirkor –500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ayrim soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu tadbirkorlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi:

◾️ 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 3 oygacha;

◾️ 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – 6 oygacha;

◾️ 200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda –12 oygacha.

Shuningdek, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:

51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 50 foizi;

101 dan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda – belgilangan soliq stavkasining 75 foizi;

200 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda – ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

❗️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM