Samarqand Kadastr
1.27K subscribers
2.14K photos
400 videos
1.45K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hurmatli foydalanuvchilar
!

🌟 Agar Siz my.gov.uz orqali kadastr xizmatlaridan foydalanish jarayonida texnik nosozliklarga duch kelgan yoki portal faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar yoʻllamoqchi boʻlsangiz, Telegram dagi @MyGovRasmiyBot botiga murojaat qilishingiz mumkin.

🖥 Shu oʻrinda Sizdan my.gov.uz nomidan ish yurituvchi boshqa botlarga murojaat etmaslikni, turli botlar orqali shaxsga doir (pasport) maʼlumotlaringizni ulashmaslikni soʻrab qolamiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 1273 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 111 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 79 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 96 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 102 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 94 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrobot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 69 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 68 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 114 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 118 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 97 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 109 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 107 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot
#Infografika
#Kadastr_agentligi

📃2024-yil 1-aprel holatiga Maʼmuriy amaliyot bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot infografika ko‘rinishida.

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

➡️Bular:
40 ta - Leica Viva TS07 Elektron taxeometr;
62 ta - STEK SV1,
58 ta - I90 GPS priyomnik (baza+rover);
118 ta - KOLIDA GNSS K7 GPS priyomnik (baza+rover);
100 ta - A6001P GPS (Yerlarni o'lchash uchun);
10 ta - "Stalker" 80-24 Trassa qidirgichlar;
43 ta - GAT platformasi GAT (panarama) dasturiy ta'minotlari.

📍Mazkur texnika va dasturiy ta'minotlardan foydalanish bo'yicha Agentlikning tegishli tuzilmalari rahbar va xodimlari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilib, texnika va dasturiy ta'minotlardan maqsadli foydalanish tushuntirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


Daraxtlarni parvarish qilishga kimlar masʼul?

🌳 Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirishga quyidagilar masʼul hisoblanadi:

😏 Shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.

😞 Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqdagi tashkilotlar.

😟Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.

😕Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tashkilotlari.

😫Umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari.

😢Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar boʻylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xoʻjaligi organlari.

😭Fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

😤Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik faoliyati uchun mulk va yer uchastkasi qidiryapsizmi?

E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️
56 ta davlat aktivlari (ko'rish)
⭕️ 248 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
⭕️ 1236 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 4835 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 4760 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 290 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 99 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 274 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 166 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 110 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 1 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 82 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 9 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili: (99) 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, garov xatini rasmiylashtirish toʻlov miqdori qancha

📃 Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (425 000 so'm) etib belgilandi.

📄Asos: 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
◾️ Халқ депутатлари Тошкент шаҳри Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

◾️ 979 та ер участкасини аукционга чиқариш, қишлоқ хўжалигидан саноат ва аҳоли пункти тоифасига ўтган 175 гектар ерларни тадбиркорларга бериш орқали янги лойиҳаларни амалга ошириш мумкин.

◾️ Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

◾️ Юнусобод туманида 6 минг хонадонли янги уй-жойлар қурилди, 8 мингта янги ўқувчи ўрни ташкил қилинди, 3 та олийгоҳ очилди. Хусусий боғча, мактаб ва шифохоналар сони бўйича ҳам Юнусобод пойтахтдаги етакчи туманлардан бирига айланди.

◾️ Президент пойтахтдаги 12 та туман бир-бири билан туташиб кетгани, уларни иқтисодий чегараси йўқлиги боис тадбиркорларга шароит яратиш ва аҳоли даромадларини ошириш бўйича бошқача ёндашув кераклигини таъкидлади.

◾️ Шундай лойиҳаларни банк филиаллари ўрнида ҳамда давлат ташкилотлари эгаллаб турган 24,5 гектар негизида ҳам амалга ошириш мумкин.

◾️ Президент ер ўта чекланган шароитда бор инфратузилмани вертикал ўстириш орқали саноат ва савдони ривожлантириш зарурлигига алоҳида эътибор қаратди.

◾️ Ижтимоий соҳада хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш орқали ҳам иш ўринларини яратиш мумкинлиги таъкидланди.

◾️ Шунингдек, тумандаги 44 та мактабни ўтган йили 4 минг 400 нафар ўқувчи битирган бўлиб, 1 мингтаси IELTSдан юқори балл олган. Улардан 3,5 мингтаси ёки 78 фоизи олийгоҳларга кирган.

◾️ Йиғилишда Юнусободда ўтказилган бир ҳафта ўрганиш давомида 600 миллион доллар инвестиция жалб қилиш, 35 мингта юқори даромадли иш ўрни яратиш учун имкониятлар аниқлангани қайд этилди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM