Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.05K photos
377 videos
1.39K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
#Yer_nazorati

⚡️ Qo'shrabot tumanida o'ziga tegishli bo'lmagan yerda noqonuniy qurilish qilgan shaxs jarimaga tortildi

⭐️Kadastr agentligining Qo'shrabot tuman bo'limi tomonidan tumanning Ozod MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

◼️O'rganishlar davomida fuqaro O.A hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, Qo‘shrabot tuman “Qo‘shrabot” massivi hududidagi yerdan foydalanish xaritasining 4507-konturidagi lalmikor yer maydonidan 0,0076 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 76.0 kv metr joyga noqonuniy bino qurganligi aniqlandi.

📃Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qo'llanildi.

❗️Ma'lumot uchun, Qonunchilikka ko'ra, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimiz sarhadlari

O'zbekiston Respublikasi hududi — 44 892,4 ming gektar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi viloyatlari hududi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Farg'ona viloyati
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezident topshirig‘i ijrosiga kirishildi


Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.

▶️Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 5-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev bilan uchrashdi.

😄Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.

😎Shu bilan birga kadastr yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari huzurida kadastr mutaxassislarini malakasini oshirish va ularni sertifikatlash bo‘yicha markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

😎Mazkur oliy ta’lim muassasalarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tamomlagan bitiruvchilarini markazlarda sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarida imtihonlarni bevosita markaz xodimlari ishtirokida tashkil etish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion: maxsus zonalardagi yerlarni sotib oling!

Yoshlar sanoat zonalaridagi 91 ta yer (ko'rish)
Kichik sanoat zonalaridagi 190 ta yer (ko'rish)
Erkin iqtisodiy zonalaridagi 117 ta yer (ko'rish)

❗️Ushbu turdagi yer uchastkalarini sotib olib, shartnoma imzolaysiz. Yer uchastkasiga qadar barcha kommunikatsiyalar olib kelinadi.

🤵🏻 Batafsil KSZ vakili: (94) 533-31-92 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili: (99) 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

✔️ Ijtimoiy tarmoqlarda Xurshed Sharopovning Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga yo‘llagan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

◾️ Fuqaro Xurshed Sharopovning Kadastr agentligi viloyat boshqarmasiga “Maktabgacha taʼlim muassasasining bolalar o‘yingohi atrofidagi devorni buzdirish uchun sudga daʼvo kiritish to‘g‘risida”gi arizasiga quyidagilarni maʼlum qilamiz.

◾️ Fuqaro tomonidan devorlari buzilishi so‘ralayotgan 0.05 gektar yer maydoni Samarqand tumani hokimining qaroriga ko‘ra fuqaro Umarova Rayhonaga maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalar o‘yingohi tashkil etish, manzarali daraxtlar ekish va imorat qurmaslik sharti bilan ajratib berilgan bo‘lib, hozirgi kunda o‘yingoh tashkil qilinib, bolalar xavfsizligi maqsadida faqatgina atrofi devor bilan o‘rab qo‘yilgan.

📃Mazkur nizoli masala bo‘yicha tuman hokimining qarorini bekor qilish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga daʼvo kiritilib, ushbu daʼvo FIB Toyloq tumanlararo sudining 2022-yil 6-yanvardagi hal qiluv qarori bilan rad qilingan. Ikkinchi sud majlisida ham FIB Toyloq tumanlararo sudining qarori Samarqand viloyati sudining appelyatsiya instansiyasining 2022-yil 11-apreldagi qarori bilan o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

💬Yuqoridagilarga inobatga olgan holda fuqaro Xurshed Sharopovning ushbu yer maydoniga egalik qilish uchun hech qanday huquqiy hujjatlari bo‘lmaganligi sababli “Maktabgacha taʼlim muassasasi bolalar o‘yingohi atrofidagi devorni buzdirish uchun sudga daʼvo kiritish to‘g‘risida”gi talabi rad etilishini ma’lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


Quyidagi o‘rmon fondi yerlari ijaraga berilmaydi:

- o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
- o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
- eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
- o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
- alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
- davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
- ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- ilmiy-tajriba stansiyalari yerlari;
- qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘larining qo‘riqxona zonalari;
- o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar (sug‘oriladigan yerlar, ko‘chatxona va pitomniklar, o‘rmon bilan qoplangan yerlar, dorivor o‘simliklar plantatsiyalari joylashgan yerlar);
- noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan daraxt va boshqa o‘simlik turlari bilan band bo‘lgan uchastkalar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌍 OAV biz haqimizda

🏢 YER HISOBINI YURITISH – DOIMIY JARAYON

Urgut tumanida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yerga oid qonun buzilish holatlari yuzasidan 2023 yil davomida jami 189 ta (124 ta holatda xabarnomaga asosan,arizalarga asosan, Telegramma murojaat va boshqalar, 12 ta holatda mahalla fuqarolar yig‘inlari va hokim yordamchilarining maʼlumotiga ko‘ra, 53 ta holatda Kadastr agentligining Urgut tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan) qonun buzilish holatlari aniqlangan.

➡️Batafsil:“Urgut sadosi” gazetasining (27.01.2024-y.) 4-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bino_inshootlar #Bilasizmi #Kadastr_Samarqand

QOIDA BO‘YICHA MASOFA QANCHA?

▶️Turar joy bilan ijtimoiy ob’ektlar o‘rtasidagi masofa qancha bo‘lishi lozim?

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mamuriy_amaliyot
#Infografika
#Kadastr_agentligi

🔷📌2024-yil 1-yanvar holatiga Maʼmuriy amaliyot bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot infografika ko‘rinishida.

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌍 OAV biz haqimizda

🏢 Yerdan foydalanish qonun asosida bo‘lsin

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi "Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va Davlat yer kadastrini yuri tish tizimi takomillash- tirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-708- sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-Yil 14 apreldagi "Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartib to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi 183- sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi "Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-138- sonli qarori ijrosi yuza- sidan Kadastr agentligi Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan tizimli ishlar amalga oshiqinmoqda

➡️Batafsil: “Bulung‘ur hayoti” gazetasining 2024-yil № 3-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 4167 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi.

🟢 Oqdaryo tumanidan 262 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 260 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 251 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 715 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 281 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 700 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 83 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 292 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 145 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 60 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 79 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 737 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 183 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 10 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 7 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo`rg`on shahridan 102 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️ Jomboy tumanida o'ziga tegishli bo'lmagan yerda noqonuniy qurilish qilgan shaxs jarimaga tortildi

⭐️Kadastr agentligining Jomboy tuman bo'limi tomonidan tumanning Sariqipchoq MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

◼️O'rganishlar davomida fuqaro A. A hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, Jomboy tuman Sariqipchoq MFYdagi xo'jalik xaritasining 817-konturidagi suvli ekin yer maydonidan 0,30 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 116.0 kv metr joyga noqonuniy bino qurganligi aniqlandi.

📃Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qo'llanildi.

❗️Ma'lumot uchun, Qonunchilikka ko'ra, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM