Samarqand Kadastr
1.27K subscribers
2.09K photos
390 videos
1.42K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Mazkur infografika orqali joriy yil oktabr oyida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📊 Jami kelib tushgan takliflar: 7 177 ta

👔Ma'lumot o'rnida, ushbu oyda bir qancha viloyatlarda geografik obyektlarni nomlash yoki qayta nomlash uchun takliflar kelib tushmagan.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Зўравонлик янада авж олаверса, бу халқаро вазиятнинг кенг миқёсда издан чиқишига, қуролли тўқнашувларга янги кучлар тортилишига олиб келади.

Буларнинг барчаси Яқин Шарқ минтақаси билан чекланмай, узоқ ўлкаларга ҳам тарқалиб кетадиган, оқибатини башорат қилиб бўлмайдиган фожиаларга олиб келиши мумкин.

Айнан шунинг учун ҳам биз ҳар икки томонни зудлик билан гуманитар мақсадларда муросага келишга, жанговар ҳаракатларни тўхтатиб, низони тинчлик йўли билан ҳал этишга чақирамиз.

Маълумки, биз яшаётган Марказий Осиё минтақаси турли миллат ва конфессиялар вакилларининг ўзаро тинч-тотув ҳаёт кечириши бўйича ноёб тажрибага эга.

Бу заминда асрлар давомида мусулмон, христиан ва яҳудийлар дўстлик ва ҳамжиҳатликда ёнма-ён яшаб келяптилар.

Мен бугунги фурсатдан фойдаланиб, барча юртдошларимизга, аввало, ёшларимизга мурожаат қилиб, уларни турли ёлғон ташвиқотларга берилмасликка, қонунга зид хатти-ҳаракатлар содир этмасликка чақираман.

Бизнинг энг катта кучимиз, бебаҳо бойлигимиз бўлган тинч ва осойишта ҳаётимизни, ўзаро бирлик ва ҳамжиҳатлигимизни барчамиз биргаликда асрашимиз зарур", - деди давлатимиз раҳбари ва кун тартибидаги масалалар муҳокамасига ўтди.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.

Кун тартибига ўтишдан олдин давлатимиз раҳбари ҳозирги кунда бутун дунёда катта ташвиш ва хавотир уйғотаётган масалага тўхталиб ўтди:

"Маълумки, Исроил армияси ва Хамас ҳаракати ўртасида давом этаётган қуролли тўқнашувлар гуманитар инқирозни чуқурлаштирмоқда, тинч, бегуноҳ аҳоли орасида кўп сонли қурбонларга олиб келмоқда.

Болалар ва аёллар ҳалок бўлмоқда, одамлар бошпанасидан айрилмоқда, ўз уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлмоқда.

Биз Фаластин ва Исроил томонидан қурбон бўлган барча инсонларнинг оилаларига чин дилдан таъзия ва ҳамдардлик изҳор этамиз.

Мен Ғазо сектори аҳолисига баҳоли қудрат ёрдам кўрсатиш учун Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Яқин Шарқ агентлигига 1 миллион 500 минг доллар ажратиш ҳақида қарор қабул қилдим.

Биз Фаластин халқи билан бирдам эканимизни қатъий билдирамиз ва унинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси ва Хавфсизлик Кенгашининг илгари қабул қилинган резолюцияларига мувофиқ ўз мустақил давлатини барпо этишга бўлган ҳуқуқини қўллаб-қувватлаймиз", - деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|Twitter
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

▪️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, ⌛️ lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_hisobot

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси “Ер ресурсларининг ҳолати бўйича миллий ҳисоботни юритиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” қарор қабул қилди.

Қарорга мувофиқ:

🟢 ер ресурсларининг ҳолати бўйича миллий ҳисоботни юритиш тартиби;

🟢 ер ҳисоботини юритиш тартиби;
ер ҳисоботи шаклларини тасдиқлаш;
🟢 ер ресурсларининг ҳолати бўйича миллий ҳисоботни шакллантириш ва тақдим этиш тартиби;
🟢 ер фонди тоифаларидаги ўзгаришларни ҳисобга олиш тартиби бўйича низом тасдиқланди.

🔺2024 йил 1 январга қадар “Yer hisobot” автоматлаштирилган ахборот тизими ишга туширилади.

🌟 Кадастр агентлигининг Давлат кадастрлари палатаси “Yer hisobot” ААТ оператори ҳисобланади.

🔵Ер ҳисоботига ўзгартиришлар киритиш, ерларни тоифаларга ажратиш ва бир тоифадан бошқасига ўтказиш натижалари ваколатли давлат органларининг қарорлари асосида “Yer hisobot” ААТга киритиб борилади.

🗣Маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг ер ресурсларини хатловдан ўтказиш натижаларини тасдиқлаш тўғрисидаги қарорлари реал вақт режимида “E-qaror” электрон тизими орқали “Yer hisobot” ААТга тақдим этиб борилади.

‼️Маҳаллий ижро этувчи хокимият органларининг ер ресурсларини хатловдан ўтказиш ва унинг натижаларини тасдиқлаш тўғрисидаги қарорлари ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш учун асос бўлмайди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

💠Bu borada Davlat kadastrlari palatasi hamda Kadastr agentligi Samarqand tuman bo‘limida barcha xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🫥Yig‘ilishda Kadastr agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi G‘.Kurbanov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan ma’ruza va ma’lumotlar berib o‘tildi.

🫥Bunda, bo‘lim xodimlarga Korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalari, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, obod axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish, profilaktik ishlari olib borildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Франция саммитида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд для участия в узбекско-французском саммите.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

📃Qarorga muvofiq:

- yer resurslarining holati bo‘yicha Milliy hisobotni yuritish tartibi;
- yer hisobotini yuritish tartibi;
- yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;
- yer resurslarining holati bo‘yicha Milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibi;
- yer fondi toifalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

📆 2024-yil 1- yanvarga qadar “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi.

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi.

◼️Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritib boriladi.

◼️Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot” AATga taqdim etib boriladi.

◼️Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va uning natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lmaydi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Самарқанд вилоятига келиб, Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди.

По прибытии в Самаркандскую область Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Имама Бухари.

#Mirziyoyev #tashrif #Samarqand #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

E’tibor qarating !

🏘 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar 2023-yil 1-noyabr holatiga ko'ra, 26 828 tani tashkil qilmoqda.

◼️ Qarzdorliklarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda. Sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, fuqaro va tadbirkorlardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda faollik sezilmayapti.

Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #e_tibor_qarating

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔵Shvetsiyaning "Hexagon Geospatial" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 1-noyabr sanasida 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda Shvetsiyaning "Hexagon Geospatial" kompaniyasi Yevropa va MDH davlatlari bo'yicha sotuv ishlari direktori Aleksander Tasev hamda kompaniyaning rasmiy distribyutori hisoblangan "Softprom" kompaniyasi vakili Sergiy Makarov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda:

🟣Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya sohalarida zamonaviy dasturiy ta'minot yechimlarini qo'llash;
🟣Kompaniya mahsuloti hisoblangan Erdas Imagine, Erdas Appolo va M.App Enterprice dasturlarining texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko'ra kompaniya tomonidan taklif etilgan dasturlardan foydalanish bo'yicha Agentlik mas'ul xodimlari uchun maxsus onlayn uchrashuv o'tkazish kelishib olindi.


🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM