Samarqand Kadastr
1.27K subscribers
2.06K photos
382 videos
1.4K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

💠 Samarqand viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining reja-jadvaliga asosan bugun viloyat Matbuot uyida Jamoatchilik o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ijtimoiy tarmoqlar faollari bilan ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

◼️ Tadbirda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari va uning quyi tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar to'g'risida ⭐️ Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi G‘.Kurbanov hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ya.Davronovlar tomonidan tadbir ishtirokchilari va OAV vakillariga ma’lumotlar berildi.

🫥Xususan, joriy yil 8-noyabr kuni kuchga kiradigan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 🌏 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda o‘tkaziladigan xatlov jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har-xil korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida aholini oldindan xabardor qilish va bu xatlov jarayonlari to‘liq shaffov mexanizm asosida yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi.

◼️Shuningdek, soha mutasaddilari tomonidan mazkur Qonun talablaridan kelib chiqib, xatlov jarayonida fuqarolar tomonidan turli xil noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka hamda ba’zi bir firibgarlarni gapiga ishonib, ortiqcha harakat va xarajat qilmasliklari bo‘yicha viloyat aholisiga murojaat qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣Xatlovlar boshlandi!

▶️ Bugun, 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari boshlandi.

Foto: Samarqand viloyatidagi xatlov ishlaridan.
#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- oktabr oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 805 650 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

‼️BIZNI MAHALLA QOLIB KETADIMI?

Kadastr agentligining kadastr.uz saytidagi reja-grafikda nega bizning mahallamiz yo'q? Bizda xatlov bo'lmaydimi?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ Samarqandda oʻzboshimchalik bilan egallangan 425 mingdan ortiq yer uchastkalari xatlovdan o‘tkaziladi.

💠 Hozirgi kunda huquqiy hujjatlari yoʻq yoki toʻliq boʻlmagan, yer uchastkasidan uzoq yillar davomida foydalanib kelinayotgan yoki yerga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish masalasi yer egasiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra oxiriga yetmagan yer uchastkalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida “Zarafshon” gazetasining 2024-yil 12-noyabrdagi 130-sonida o‘qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ O'RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo'yicha xatlov ishlari olib borilmoqda !!!

▶️ “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-noyabrdan kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Samarqand viloyati bo'ylab xatlov ishlari olib borilmoqda.

💠 Samarqand viloyatiga vakil etib tayinlangan 🌟Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Sh.Olimov hamda Ro'yxatdan o'tkazuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i I.Raximovlar, Palataning viloyat boshqarmasi boshlig'i M.Kuvandikov bilan birgalikda hududlarda xatlov jarayonlari to'g'ri tashkil etilganligini ko'zdan kechirish va mutaxassislar ish faoliyatini yaqindan ko'rish hamda aholiga Qonun mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berish maqsadida Nurobod va Pastdarg'om tumanlarida bo'lishdi.

Xatlov ishlari jarayonida mahalladagi barcha xonadonlar qamrab olinadi.

#937_qonun #xatlov_boshlandi

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM