Samarqand Kadastr
1.29K subscribers
2.03K photos
372 videos
1.36K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Bugun ⭐️ Kadastr agentligining direktori F.J.Pulatov hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining raisi M.K.Valiyev tomonidan ZOOM orqali 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan ushbu bayram tadbirlarda, Kadastr agentligining 2023-yil 18-oktabrdagi buyrug‘iga asosan ta’sis etilgan “Soha a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Xudoykulov Fozilbek Mardonovich taqdirlandi.

◾️Xuddi shunday, “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi Yer va kadastr nazorati sho‘basi bosh mutaxassisi Shermatov Xasan Isakovich taqdirlandi.

◾️Shu bilan bir qatorda, tashkilot ishlarida faolligi, o‘z kasbiga bo‘lgan mehri va sadoqati hamda faoliyati davomida soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev tomonidan “Faxriy yorliq” va Davlat kadastrlari palatasining nomi va rasmiy ramzi (logotipi) aks ettirilgan “Ko‘krak nishoni” hamda “Televizor” bilan quyidagi:

◾️ Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi Tuyunov Elmurod Saydivaliyevich taqdirlandi.

◾️ Hamda, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining Past Darg‘om tuman filiali kadastr yig‘majildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi Xasanov Avaz Asqar o‘g‘li taqdirlandi.

◾️ Shuningdek, ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘lim va filiallarida Kadastr sohasini rivojlantirish hamda bu borada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida o‘zining bor bilimi va kuch g‘ayratini ayamasdan, berilgan vazifalarni samarali va sifatli darajada bajarib kelayotgan bir qancha xodimlar boshqarma boshliqlari tomonidan "Tashakkurnoma" bilan taqdirlandi.

#bayram_shukuhi
#mustaqillikning_33_yilligi
#Kadastr_agentligi
#Davlat_kadastrlari_palatasi

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-sentabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Pensiya va nafaqalar miqdori 15%ga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Sug'urta polislarini qog'oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim chet tillari bo'yicha imtixon harajatlari qoplab berilishi lozim bo'lgan ball bir pog'ona pasaytiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug'urtalash harajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim maktab o'quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Og'ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o'qish qurilmalarisiz sotish holatlari soliq bazasidan aniqlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Davlat xaridlarida nogironlar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga ustunlik beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yo'l obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan so'ng quriladi va ta'mirlanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎😎😎😎😎

Mustaqillik solnomasi: Istiqlolimizning so'nggi yillarida amalga oshirilgan ishlar 33 soniyada


🇺🇿Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida Istiqlolimiz sharofati bilan yildan yilga yangi yutuqlar, muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

⭐️🌟Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o'tgan bir yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar xususida boshqarma boshlig'i 33 soniyada hisobot taqdim etadi.

🇺🇿 Hududiy boshqarmalarimiz videohisobotlarini kuzatishda davom eting.➡️

#DavKadastrPalata #Mustaqillik33 #33soniya #Samarqand

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz va muhtaram hamkasblar! 🫡

💐
Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi bilan samimiy tabriklayman.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Siyosiy mustaqillik zamirida eng avvalo iqtisodiy mustaqillik yotishi hech kimga sir emas. Oxirgi yillarda birgina o‘zimizning Kadastr tizimimizni olib qaraydigan bo‘lsak, Prezidentimiz topshiriqlari bilan keng hamda salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


🌟Kadastr tizimining har bir yo‘nalishida o‘ziga yarasha yutuqlar bor. Bu yutuqlarda tumanlarda, shaharlarda, hududiy boshqarma, tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan har bir xodimning hissasi bor.

🟢Prezidentimiz tomonidan “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” shiori ilgari surildi. Biz ham birlashib sohamiz rivoji, bu orqali esa davlatimiz ravnaqi va Mustaqilligiga o‘z hissamizni qo‘shishimizga ishonaman.

Shu o‘rinda, yana bir marotaba o‘zim va Kadastr agentligi jamoasi nomidan - Siz azizlarni istiqlolimizning 33-yilligi bilan chin dildan qutlayman!

Hurmat bilan,
🌟 Kadastr agentligi direktori - F. Pulatov

#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #tabrik

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmalari siz aziz yurtdoshlarimizni Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan qutlaydi!

🇺🇿Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz dasturxoni toʻkin-sochin boʻlsin!

Tinchligimizga koʻz tegmasin Ilohim!

#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #tabrik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz hamkasblar, hamyurtlar!

🇺🇿 Bugun yurtimizning asosiy milliy bayrami - Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - Istiqlolimiz 33 yilligi tantanasidir.

🇺🇿 Shu qisqa vaqt ichida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yurtimizning tinchligi, jahon hamjamiyatida erishayotgan yutuqlari, milliy armiyamiz hamda milliy ta'lim tizimining yaratilishida, ijtimoiy ta'minot, kichik biznes, transport va aloqa infrastrukturasi kabi sohalar rivojida shuningdek, aholimizning tinch va farovon turmush tarzida, o'z ifodasini topmoqda.

⭐️🌟Qayd etish muhimri, istiqlolimizning ayniqsa so'nggi yillarida yer, mulk, kadastr yo'nalishlarida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizning tizimga bo'lgan e'tibori tufayli esa soha yanada rivojlanib, halqaro tajribalar orttirgan holda raqamlashtirishga o'tish jarayonlarida ulkan zafarlarni qo'lga kiritmoqda.

🇺🇿 Bayram munosabat bilan, yurtdoshlarimizni, barcha hamkasblarimizni chin dildan samimiy qutlaymiz. Barchamizga aziz bo'lgan ushbu ayyomda oilangizni tinchlik-osoyishtalik, qalbingizni xotirjamlik, xonadoningizni esa bayram shukuhi aslo tark etmasin!

Hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_kun #tabrik #Mustaqillik33

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Vatan ichra sayohat

⭐️ Kadastr agentligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha 2024-yil uchun moʻljallangan yo'l xaritasida soha xodimlari ishtirokida “Vatan ichra sayohat” loyihasi doirasida mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, so'lim go'shalarga tashriflar uyushtirish rejalashtirilgan edi.

💠 Ushbu loyiha doirasida ⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari Birlashgan Kasaba Uyushmasi Qo‘mitasi tashabbusi asosida 🌏 Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida, ya’ni 2-sentabr kuni Jizzax viloyatining 📍 Zomin tumanidagi “O‘rmon-tog‘ dam olish maskani”ga sayohat tashkil etildi.

Ushbu sayohat tadbirida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘lim hamda filiallarida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Ushbu sayohat davomida Zomin ko‘prigi, Zomin osma yo‘li (kanat), Ming yillik archa, Zomin sharsharasiga ekskursiya tashkil etildi. Birdamlikda bo'lib o'tgan sayohat xodimlarni o'zaro hamjihatlikka chorlab, o'zgacha kayfiyat va kelgusi faoliyatlarida shijoat bag'ishladi. Zero, “Yaxshi dam, mehnatga hamdam”.

#Kadastr_agentligi
#DavKadastrPalata
#vatan_ichra_sayohat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM