Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.06K photos
379 videos
1.39K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 6-moddasi haqida,

💠 Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida e’tirof etish mumkin deb topgan yoki e’tirof etishni rad etgan yoxud bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi munosabati bilan arizalarning ko‘rib chiqilishi yakuniga yetmagan hollarda, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


Ko'chmas mulkingizni birlashtirmoqchisiz, lekin tartib-qoidalaridan bexabarmisiz?

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi qanday?

Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassisi bergan aniq javob batafsil videoda👆

📃 To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟"Kadastr agentligi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tafsilotlar "My5" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 7-moddasi haqida,

💠 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

🔵tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

🔵yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-avgust-Tadbirkorlar kuni

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 23-dekabrda "Tadbirkorlar kunini belgilash to`g`risidagi" Qonun imzolangan bo`lib, 20-avgust sanasi mamlakatimizda "Tadbirkorlar kuni" deb e`lon qilingan.

💼 Yurtimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida" gi Qonuni qabul qilingan bo`lib, ushbu qonun fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishlarini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlab kelmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni ushbu kun munosabati bilan samimiy qutlaydi va barcha tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ер бозори шаклланиши таъсирида янги инвестиция лойиҳаларида ер сотиб олиш харажатлари кескин ошаётгани қайд этилди.

Тадбиркор ерга бунча катта харажат қилгандан кейин қурилиш, техника ва ускунага маблағи етмай қолаяпти.

Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади.

Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида сотилган ер бўйича харид суммасини уч йилгача, қолган ҳудудларда беш йилгача, 4 ва 5-тоифа туманлар учун эса ўн йилгача бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилади. Энди тадбиркорлар дарҳол тўлов қиламан деса, 20 фоизгача чегирма берилади.

Шунингдек, йирик лойиҳаларда ер қийматини тадбиркор устав фондига давлат улуши сифатида киритиши мумкин бўлади. Тадбиркор истаган пайтда бу улушни ўзи сотиб олиши мумкин. Бу орқали шу йилнинг ўзида тадбиркорлар ихтиёрида 3 триллион сўм қолади.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қишлоқ ва ноқишлоқ жойларда ер фонди доирасида бир фаолиятдан бошқасига ўзгартириш тартиби аниқ белгиланмаган.

Масалан, боғ ўрнида иссиқхона қиламан, деган тадбиркор ишни нимадан бошлашни, кимга мурожаат қилишни билмайди. Ёки, тадбиркор ўз боғида томчилатиб суғориш учун ҳовуз, кичик сиғимли саралаш ва сақлаш омборини қура олмайди.

Шу боис, ҳар бир ер участкаси учун асосий фаолият турини қайсиларига алмаштириш мумкинлиги, қандай ёрдамчи иншоотларни жойлаштира олиши аниқ белгилаб берилади.

Бунинг учун, 1 январдан ер участкалари ва капитал қурилиш объектларининг ягона классификатори жорий этилади. Шунинг ҳисобига тадбиркорлар бир йилда ўз ерига 800 миллиард сўмлик инвестиция киритади.

Булардан ташқари, чорвачилик, балиқчилик, асаларичилик, пиллачилик соҳалари, мева-сабзавотни қайта ишловчиларга улар жойлашган бино-иншоотлар остидаги ерлар учун саноат тоифаси ставкасида ер солиғи ҳисобланаяпти.

Классификаторни жорий қилиш орқали улар ҳам қишлоқ хўжалиги ерлари каби солиқ тўлашга ўтади.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚

Rasmiy munosabat


👔 Ijtimoiy tarmoqda Samarqand shahar 📍 Gagarin ko‘chasi 150-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar tomonidan ushbu ko‘p qavatli uy yonidan o‘zboshimchalik bilan bino qurib olingani tanqid qilingan. 👔

◾️ Ushbu murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan mavjud holat o‘rganildi.

◾️ Unga ko‘ra, Samarqand shahar 📍 Gagarin ko‘chasi 150-manzilda joylashgan “Avtomabillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxabchasi”ga tutash hududidan fuqarolar Ye.A. hamda S.M. lar tomonidan uzoq yillar (taxminan 1985-1990 yillar)dan buyon foydalanib kelinayotgan omborxona binosiga nisbatan egalik huquqini tasdiqlovchi yuridik hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli, kadastr bazasida davlat ro‘yxatiga olinmaganligi aniqlandi.

◾️ Mazkur holat yuzasidan amaldagi Qonun, Farmon, qaror talablari asosida ushbu fuqarolar Ye.A. va S.M.larga o‘zboshimchalik bilan qurilgan omborxonani o‘z hisobidan bartaraf etish to‘g‘risida “Ogohlantirish xati” berilgan hamda mazkur binolar ancha (taxminan 1985-1990) yillar oldin qurilganligi sababli, Samarqand shahar hokimligiga 2023-yil dekabr oyida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilishni bartaraf etish yuzasidan Sudga da’vo arizasi kiritish uchun “Xabarnoma” yuborilganligini ma’lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 8-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari mulkdorlari qanday huquqlarga ega?


◀️ Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga yuridik va jismoniy shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shu jumladan undan garov predmeti sifatida foydalanish, yuridik shaxsning ustav kapitaliga (ustav fondiga) hissa sifatida kiritish, ijaraga berish;

◼️Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqining har qanday buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;

◼️Xususiylashtirilgan yer uchastkasida mustaqil ravishda xo‘jalik yuritish;

🏠 Uy-joy, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy imoratlar va inshootlarni hamda boshqa imoratlar va inshootlarni qurish, ularni qayta qurish va buzishni amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya #Samarqand

⚡️ SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

⭐️ Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🌟 Kadastr agentligi Toyloq tumani bo‘limi: Bosh inspektori;

❗️
Hujjatlar 2024-yil 25-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting va o'zingizga ma'qul bo'lgan yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️ 4445 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 4557 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 65 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 21 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 215 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 156 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 135 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 1242 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 7 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 9-moddasi haqida,

💠 Kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🔠2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining mazkur kichik sanoat zonasi hududida o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan (bundan mavjud binoni qayta qurish, rekonstruksiya qilish mustasno) yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va inshootlar yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵investitsiya majburiyatlari va boshqa ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM