Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.04K photos
377 videos
1.38K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍 Samarqandda Geografik obyektlarni nomlash masalalariga mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi

📃 A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot Kutubxona Markazi binosida tuman, shahar hokimlarining maslahatchilari hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy tuzilmalari mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

🔹 Seminarda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi Geograflk obyektlarning nomlari ekspertizasi bo‘limi bosh mutaxassisi D.Ruzululov, Samarqand viloyati hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Temirovlar ishtirok etdilar.

🔹 Seminar davomida geografik obyektlar nomlari sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, muammolar va ularning yechimlari, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha hududiy komissiyalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida muhim ma'lumotlar


📃 Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/pdfs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸

💠 Avval xabar brilganidek, aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini joylarga chiqib o‘rganish va ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️ Kadastr agentligining 🌟 Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan Samarqand viloyatining Samarqand tumanida “Sayyor qabul” tashkil etildi.

🧊 Ushbu tadbir haqida Samarqand televideniyasining “Kun xabarlari” informatsion dasturi orqali jamoatchilikka axborot berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yashab turgan hududingizda qancha mahallalar bor?


🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tizim faoliyatiga doir qiziqarli statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

🗓 2024-yil 1-avgust holatiga ko'ra, Respublikamizda jami 9 452 ta mahalla fuqarolar yig'inlari mavjud. Respublikamizda eng ko'p mahallalar Samarqand viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

📊 Hududlar kesimida batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸

📃 Avval xabar berilganidek, Samarqandda Geografik obyektlarni nomlash masalalariga mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminari haqida Samarqand televideniyasining “DIYOR YANGILIKLARI” informatsion dasturi orqali jamoatchilikka axborot berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 5-moddasi haqida,

💠 Yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilgan maydondan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallangan yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan mulk huquqini e'tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo'ladi.

🔵Ortiqcha egallangan yer uchastkasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga tutashgan bo'lsa

🔵Fuqarolarga ajratilgan va ular tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasining umumiy maydoni ushbu Qonun 12-moddasi uchinchi qismining talablariga muvofiq bo‘lsa

🔵Mazkur yer uchastkasi ilgari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa

🔵Mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa

🔵Mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇 “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонунида назарда тутилган тартиб-таомиллар

АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

🌐 Матбуот анжумани
〰️〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 6-moddasi haqida,

💠 Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida e’tirof etish mumkin deb topgan yoki e’tirof etishni rad etgan yoxud bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi munosabati bilan arizalarning ko‘rib chiqilishi yakuniga yetmagan hollarda, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


Ko'chmas mulkingizni birlashtirmoqchisiz, lekin tartib-qoidalaridan bexabarmisiz?

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi qanday?

Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassisi bergan aniq javob batafsil videoda👆

📃 To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟"Kadastr agentligi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tafsilotlar "My5" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 7-moddasi haqida,

💠 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

🔵tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

🔵yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-avgust-Tadbirkorlar kuni

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 23-dekabrda "Tadbirkorlar kunini belgilash to`g`risidagi" Qonun imzolangan bo`lib, 20-avgust sanasi mamlakatimizda "Tadbirkorlar kuni" deb e`lon qilingan.

💼 Yurtimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida" gi Qonuni qabul qilingan bo`lib, ushbu qonun fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishlarini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlab kelmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni ushbu kun munosabati bilan samimiy qutlaydi va barcha tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM