Samarqand Kadastr
1.53K subscribers
2.94K photos
515 videos
1.89K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Samarqand viloyatidan
e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 5099 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🟢
Oqdaryo tumanidan 110 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 130 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 149 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 394 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 267 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 359 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 401 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 541 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 640 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 289 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 426 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 178 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 767 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 353 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 31 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on shahridan 64 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

⚡️ Kadastr agentligi Bulung‘ur tumani bo‘limiga rahbar tayinlandi

Qo‘ziboyev Shoxrux Abdumo‘minovich
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sh.Qo‘ziboyev 1991-yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2015-yilda Samarqand Davlat arxitektura – qurilish institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi geodeziya, kartografiya va kadastr.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi

📃 Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

◼️«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

▫️ barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

▫️ aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

▫️ aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

▫️ xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

▫️ mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr agentliig tizimida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malaksini oshirish markazi bilan hamkorlikda bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalarida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Yuristlar malaksini oshirish markazi dotsenti R.Shukurov va bo‘lim boshlig‘i v.b. I.Ishonkulovlar tomonidan xodimlar orasida korrupsion jinoyatlar, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish va ularning oqibatlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

Ushbu seminarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari rahbariyati, shu jumladan boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi G‘.Kurbanov, bosh yuriskonsulti X.Radjabova hamda boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi

📃 “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023–2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–299-son, 11.09.2023 y.) qabul qilindi.

◼️Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishga doir ishlab chiqiladigan hujjatlarning quyidagi darajalari belgilandi:

▫️birinchi darajada – hududlarning raqobat ustunliklari va barqaror rivojlanish drayverlarini aniqlab beruvchi O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, Aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi;

▫️ikkinchi darajada – shaharlar (shaharchalar) va shahar atrofi zonalari integratsiyasi asosida shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari, shuningdek, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqiladi;

▫️uchinchi darajada – hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, o‘zida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalari yoki batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.

◼️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi.

Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

◼️2024-yil 1-iyulgacha “Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi.

📝 Platformada aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda ovoz berish mexanizmi joriy etiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #infografika

🌟Kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida ma’lumotlar statistikasi infografikada

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi

📃 Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida:

📆 2024-yil 1-yanvardan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

📆 2024-yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

🧡Batafsil: https://uzdkp.uz/en/the-procedure-for-formalizing-some-notarial-transactions-from-abroad-will-be-established/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholining uy-joy bilan taʼminlanish darajasi yuqori hudud

📊 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida bir kishining oʻrtacha uy-joy bilan taʼminlanishi 18,5 kv.m ni tashkil etdi. Hududlar orasida eng yuqori koʻrsatkich Xorazm (24,1 kv.m) va Navoiy (24,0 kv.m) viloyatlarida qayd etildi.

🏢Respublika boʻyicha jami kvartira (uy)lar sonida yakka tartibdagi uy-joylarning ulushi esa 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, kvartira (uy)lar soni 7 301,2 ming taga yetib, shundan 79,9 foizi (yoki 5 836,7 ming ta) yakka tartibdagi uy-joylar ulushiga toʻgʻri keldi.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

▫️ O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?
▫️ Yurtimizda 84,8 % uy xo‘jaliklari hovlida yashaydi
▫️ Respublikamizda qancha uy (kvartira) bor?
▫️ Respublikamizda bajarilgan qurilish ishlari
▫️ Qurilish ishlari hajmida hududlar ulushi
▫️ 6 oyda 68,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali #kadastr

🌟Kadastr qilish uchun nima qilish kerak?

📹 Ushbu videoda ko’pchilikni qiziqtiradigan savollarga javob berilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolmang!

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo'lim va filial xodimlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligini oldini olishga qaratilgan yig‘ilish (onlayn tarzda) o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashishi bo‘yicha bosh mutaxassisi G‘.Kurbanov o‘z nuqtida noqonuniy tarzda diniy ta’lim olish, berish, noqonuniy diniy targ‘ibot, turli norasmiy diniy jamoalar ta’siridan ogoh bo‘lish, ekspertizadan o‘tkazilmagan, noqonuniy diniy adabiyotlar, ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi audio-video ma’lumotlarni saqlamaslik va tarqatmaslik bo‘yicha zarur ma’lumotlar berdi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

👨‍💻 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasi har 3 yilda kamida bir marta oshiriladi. Malaka oshirish kurslari ko‘p bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi.

🔹 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi.

📃 Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat staji, malakasini oshirgan va attestatsiyadan o‘tgan vaqti hamda boshqa zarur ma’lumotlar aks ettiriladi.

◼️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ reyestrdagi ma’lumotlarga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchining malaka oshirish muddati kelishidan o‘n besh kun oldin uning malakasini oshirish bo‘yicha markazga murojaat qiladi.

Markaz ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida ko‘rib chiqadi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki qabul qilishni rad etadi hamda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni xabardor qiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ taqdim qilgan ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaati rad etiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning murojaatini boshqa asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmatlari

🏙 Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

🟢Murojaatlar qabul qilinadi:

😄 Davlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📄So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

✔️Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

Xizmatdan foydalanuvchilar:

🟢Yuridik va jismoniy shaxslarga

💲Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 495 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY SO'ROVNOMA.

KADASTR XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

🎞 Yuqoridagi savol bilan yurtdoshlarimizga yuzlandik.

Batafsil ma'lumotlarni va to'liq javobni video orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM