Samarqand Kadastr
1.27K subscribers
2.15K photos
406 videos
1.46K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️Samarqand shahrida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

⭐️Kadastr agentligining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan shahar hududida ko'chalarda piyodalar o‘tish yo‘lagidan fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalar qurib olinganligi aniqlangan.

✔️Mazkur holatlar yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada noqonuniy qurilma fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmoqda.

❗️Ma'lumot uchun, yerlarni hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Buning natijasida qilgan mehnatingizga kuyib qolishingiz hamda ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklar keltirib chiqaradi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️Yer hisobi bo'yicha seminar o'tkazildi.

💸Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov hamda boshqarma bosh mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyat boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda UZKAD axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas'ul mutaxassislarga tavsiya va ko'nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o'tkazildi.

🌟Davlat yer kadastrini yuritish mutaxassislari ishtirokida "Yer hisobot” AAT hisobot dasturi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malayziyada kadastr tizimi

🇲🇾Malayziya kadastr tizimida ikkita asosiy komponent mavjud - yerni ro'yxatga olish va kadastr tekshiruvi.

◼️Yerni ro'yxatga olish komponentining eng muhim elementi - bu yerga egalik qilish tizimi tomonidan talab qilinadigan mulk turi va davlat kafolati xususiyatidir.

◼️Har qanday yerning egasi o'z yeriga va undagi manfaatlarga nisbatan tasarruf etish huquqidan foydalanadi. Ro'yxatga olinishi mumkin bo'lgan hujjatlarga yerni har qanday turga o'tkazish, ijaraga berish yoki sotish kiradi. Reyestr yer uchastkasiga bo'lgan ulush egasi sifatida unda ko'rsatilgan shaxs ushbu ulushning qonuniy egasi ekanligining ishonchli dalilidir. Eng muhimi, tizim yerga bo'lgan manfaatlar faqat ro'yxatga olish orqali o'zgarishi yoki o'zgartirilishi mumkinligini talab etadi.

◼️Ro'yxatga olish tizimining muhim jihatlaridan biri - bu malakali huquqlar (QT) deb ataladigan vaqtinchalik mulk huquqini berishning o'ziga xos amaliyotidir. Bundan ko'zlangan maqsad, olib qo'yilgan yerlarga o'rganishdan oldin mulk huquqini berish va kengroq nuqtayi nazardan yerni o'zlashtirishni tezlashtirishdir.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi mas'ullari talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan, viloyatlardagi ma'lum bir universitet hamda institutlarda "Geodeziya, kartografiya va kadastr" kafedrasi filialini tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-may kunida 📍 Samarqand viloyatida, 18-may kunida 📍 Farg'ona viloyatida hamda 20-may kuni 📍 Sirdaryo viloyatlarida 🌟Kadastr agentligining mas'ullari, hududiy boshqarma boshliqlari va universitet va institutlar rahbariyatlari hamkorligida talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuv davomida universitet kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining tibbiy-geografik atlasini” talabalarga foydalanishlari uchun taqdim qilindi.

Tadbirda talabalar bilan va ustozlar o‘rtasida geodezik o‘lchash asboblarini o‘rganish jarayonida talabalarning qiziqishlari ortib amaliyot jonli muloqotga aylandi.

Shuningdek talabalarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi. Talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun zarur sharoitlar yaratildi vа belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

#Kadastr_agentligi #talabalar_bilan_uchrashuv #PF_16_son_Farmon

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

💳belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

📑so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📰ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

📌vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

◾️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
◾️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🏠 Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

✉️ Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

📆 Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

⚖️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori bilan belgilanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM