Samarqand Kadastr
1.28K subscribers
2.08K photos
384 videos
1.41K links
Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy
Download Telegram
Kadastr sohasiga oid huquqiy savodxonlik hamda korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

⭐️Bugun Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi G.Kurbanov,Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Gafforov, Kadastr agentligi Jomboy tuman bo'limi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jomboy tumani filiali rahbarlari ishtirokida Jomboy tumani "Zarafshon" mahalla fuqarolar yig'inida kadastr sohasiga oid huquqiy savodxonlik hamda korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

✔️Tadbirda sohaga oid qonun yangiliklari normativ huquqiy tushunchalar berildi. Tadbir ishtirokchilarning savollariga javob berilib mutaxassislar tomonidan tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni rekonstruksiya qilishda xavfsizlik talablari yuzasidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:

🔺 rekonstruksiya qilinadigan konstruksiyalarda, ushbu konstruksiyalarning yuk ko‘taruvchi qobiliyatini baholamagan holda, devor yoriqlari va ustki shikastlanishlarni yopib tashlashga;

🔺devorlar yoki poydevorlardagi muhandislik kommunikatsiyalarining kirish joylarini mahkam yopib tashlashga;

🔺7 — 10 ballik seysmik zonalarda gaz plitalarini (polga yoki devorga) mahkamlanmagan holda qoldirishga;

🔺deformatsion va antiseysmik choklarni beton yoki devor terish yo‘li bilan mahkam yopib tashlashga;

🔺temir-beton elementlarning (ustunlar, rigellar, panellar, antiseysmik kamarlar va boshqalar) armaturasini ochib tashlashga (agar konstruksiyani mustahkamlash zaruriyati bilan yuzaga keltirilmagan bo‘lsa) yo‘l qo‘yilmaydi.

❗️O‘ta murakkab obyektlarni zilziladan so‘ng tiklashda, eski bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish uchun rekonstruksiya qilishda mavjud konstruksiyalarni ta’mirlash jarayonida ular ochilgandan so‘ng ularning laboratoriya va instrumental sinov tahlillari natijalariga ega bo‘lishi lozim.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Abdushukur Abdullayev O'zbekiston milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish loyihasi haqida 🎙"O'zbekiston24" radiosiga intervyu berdi.

▶️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Yer fondi toifalari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yer resurslarining holati bo'yicha Milliy hisobotni yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 578-qarorida Respublikamizdagi yer fondi toifalari, yer hisobini yuritish tartibi tasdiqlangan.

🌱 Mazkur videoinfografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yer fondi toifasi va uning kichik toifalari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish jarimaga sabab bo'ladi

🫥 Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoxud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

💠 Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️TUSHUNTIRISH ISHLARIDAN SO‘NG NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

◼️Jumladan, boshqarmaning Kattaqo'rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida "Melixo'ja" mahallasida yashovchi fuqaro D.K. tomonidan "Sayqal zamin vohasi" fermer xo‘jaligi balansidagi yerdan foydalanish xo'jalik xaritasining 530-konturidan 0.0036 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, beton poydevor qurganligi aniqlandi.

📃Ushbu holat yuzasidan o‘zboshimchalik bilan egallagan fuqaroga yuqoridagi huquqbuzarlikni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish, buzib tashlash to‘g‘risida tushuntirish va ogohlantirish berildi hamda ushbu muddatda ixtiyoriy bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

◾️ Yer munosabatlarini tartibga solishda Koreya Respublikasi tajribasi o‘rganilmoqda◾️

Ma’lumki, 🇰🇷 Koreyada manzillar tizimi dunyoda tan olingan va TOP-10 davlatlar qatorida turadi. Koreyada manzillar tizimi konsepsiyasi 3 ta asosiy tamoyilga asoslangan. Jumladan, xavfsiz manzil, oson manzil, to‘liq manzil tamoyillarida amalga oshiriladi.

🇺🇿 O‘zbekiston aholisi kun sayin ortib, shaharlar kengayib, yangi massivlar, mahallalar, ko‘chalar paydo bo‘layotgan bir paytda sinovdan o‘tgan va samara berayotgan 🇰🇷 Janubiy Koreyaning tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, kelajakda albatta, o‘z samarasini beradi.

➡️ Batafsil: UzA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️ Toyloq tumanida noqonuniy ishning oldi olindi⭕️

⭐️Kadastr agentligining Toyloq tuman bo'limi tomonidan "Qo'shchinor" MFY hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

◼️O'rganishlar davomida "Payshanbasiyob Sheroz bog'i" fermer xo'jaligida hududidan fuqaro T.T. tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud bo'lmasada, "Qo'shchinor" massivi yerdan foydalanish xo'jalik xaritasining 216-konturidan 0.23 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, shag'al tosh to'kib qurilish boshlamoqchiligi aniqlandi.

📃Ushbu holat yuzasidan o‘zboshimchalik bilan egallagan fuqaroga yuqoridagi huquqbuzarlikni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish, buzib tashlash to‘g‘risida tushuntirish va ogohlantirish berildi hamda ushbu muddatda ixtiyoriy bartaraf etildi.

❗️Ma'lumot uchun, yerlarni hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Buning natijasida qilgan mehnatingizga kuyib qolishingiz hamda ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklar keltirib chiqaradi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#radio #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🎤 Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 🎙 FM 105.2 "Islohotlar amalda" informatsion radio eshittirishi orqali "Zamonaviy geodezik asbob-uskunalar ish samaradorligini oshiradi" mavzusiga bag‘ishlangan suhbat tashkil etildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashish reytingida Kadastr agentligi faoliyati qoniqarli baholandi


🌏 Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyati qoniqarli baholandi.

💪 E-Antikorrupsiya ochiq elektron platformasida Kadastr agentligi tizimi reyting baholash tizimida 67 ballga ega bo'lgan. Ta'kidlash joizki, faoliyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan ishlar o'tgan davrga nisbatan 21 ballga yuqori baholangan va qoniqarli ekanligi qayd etilgan.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi vakillari LX malaka oshirish institutida bo'lishdi. Tadbirda LX malaka oshirish instituti rahbari SINJONG PARK ishtirok etib Agentlik mas'ullariga institut faoliyati haqida ma'lumot berishdi.

💠Tadbir davomida LX institutining muzeyi, ma'lumotlar markazi, LX Studiyasi, kutubxona hamda malaka oshiruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 1273 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 111 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 79 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 96 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 102 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 94 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrobot tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 69 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 68 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 114 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 118 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 97 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 109 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 107 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 Joriy yilning 20-29 mart kunlari oralig‘ida 🇰🇷 Koreya Yer, infrastruktura va tansport vazirligining LX korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida 🌟Kadastr agentligi vakillari ishtirok etishmoqda. Mazkur seminar O‘zbekistonda fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishda kadrlar salohiyatini oshirish grant loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

➡️ rakurs24.uz maqolasida
➡️ OCHUN.UZ maqolalarida (1), (2)

#Kadastr #OAV_biz_haqimizda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

Yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquq tartiblari belgilanmoqda

🏠 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalariga qaratilgan qonun loyihasi 🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilinib, ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

📄 Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish asoslari, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari nazarda tutilmoqda.

➡️ Batafsil: Uza maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Mulohaza vaqti

Yer - sayyora yuzasining bir qismi, mulk. Yerning egalik qilinadigan mulk subyekti ekanini va uning nazorati zamonaviy jamiyatning negizi ekanligi haqidagi nazariya uni yuqori darajada isloh qilishga arziydi.

🖌 Ambroz Birs

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA


📱 Kadastrga oid arxiv hujjatlar raqamlashtirilyapti

Kelgusi yilgacha Samarqand viloyatidagi qariyb 900 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlarining hujjatlarini raqamlashtirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga qadar 29 mingga yaqin arxiv hujjatlari raqamlashtirilib, tartiblashtirildi.


↪️Batafsil: https://zarnews.uz/pfq

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳаси доирасида баҳорги экиш мавсумини ташкил қилиш ва чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам организации весеннего сезона посадки в рамках проекта "Яшил макон" и совершенствования управления отходами.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

O‘z uyimda qo‘shimcha qurilish boshladim. Tanishlarim ruxsatnomasiz qurilish ishlarini boshlash mumkin emasligini aytishmoqda. Shu to'g'rimi


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli Qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish ta'qiqlanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM