SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI / САМАРҚАНД ШАҲАР ҲОКИМЛИГИ
10.6K subscribers
26.7K photos
5.14K videos
16 files
18.2K links
Samarqand shahar hokimligi
Abdurahmon Jomiy 59-uy
Tel: (8366) 2332090
Facebook kanalga o‘tish: https://www.facebook.com/samshaharhokim/
Download Telegram
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligining axborot xizmati xabar berdi.

Murod Rajabov 1949 yilning 30 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Marhum ko‘plab o‘zbek kinolarida ro‘l ijro etgan. U asosan komediya filmlarida ko‘rinish bergan.

Murod Rajabovga 2008 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Samarqand shahridagi Registon maydonida rokirovka shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in ruhda o‘tgan tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ham ishtirok etib, qatnashchilarga omad tiladi va g‘oliblarga mukofotlarni topshirdi.

👉 Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/samshahar
Bugun,  9-aprel

Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo.

🌡 +24°, +22°, Bulutli.

Tong:
+ 18°
Kun:  + 24°
Oqshom: + 22°

Namlik: 24%
Shamol: G'arbiy-janubiy-g'arbiy, 7 m/s.
Bosim: 762 mm sim. ust.
Oy:  Qisqarayotgan oy.
Quyosh chiqishi: 06:06
Quyosh botishi: 19:00

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Mutolaa

Sodiq va haqiqiy do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi,  do‘stining dushmanini o‘z yovi deb biladi.

©️Sohibqiron Amir Temur (Temur tuzuklari)

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Bugun, 9-aprel - Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
📖 Amir Temur haqida qiziqarli fakt

Muarrixlarning (tarixchi) yozishicha, harbiy ilmida tengsiz sarkarda Sohibqiron Amir Temur shatranj o‘ynashni yaxshi ko‘rgan. Hatto unga qanoat qilmay bu o‘yinning murakkab turini o‘ylab topadi va unga «Shatranji komil» yoki «Shatranj al-kabir» deb nom beradi.

Bir kuni Amir Temur ana shu 112 katakli taxtada mulozimlari bilan dona surib o‘tirganida choparlar unga ikkita quvonchli xabarni keltirishadi. Birinchisi, o‘g‘il farzand ko‘rgani, ikkinchisi esa Sayxun bo‘yida qurdirayotgan shahari bitgani haqida edi. Hukmdor bu ikki xushxabarni raqibiga endigina rux bilan shoh bergan payti eshitgani bois o‘g‘liga Shohrux, shaharga esa Shohruxiya deb nom beradi.

👉 Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/samshahar
#Хушхабар

⚡️ Исроил Мадримов ҳозиргина рақибини очколар ҳисобига мағлуб этди


Супер яримўрта вазн тоифасида ҳаракат қилиб келган ўзбекистонлик профессионал боксчи Исроил Мадримов (9-0-1) ўзи учун янги — ўрта вазн тоифасида рингга кўтарилди. Унга америкалик Рафаэль Игбокве (16-4) рақиблиқ қилди. 10 раундга мўлжалланган жанг тўлиқ давом этди ва унда ҳакамларнинг якдил қарори билан (100-90, 99-91, 99-91) ҳамюртимиз ғалаба қозонди.

Бироздан сўнг, Муроджон Аҳмадалиев рингга кўтарилади.

👉 Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/samshahar
Соҳибқирон Амир Темур таваллудининг 687 йиллиги  нишонланмоқда

Айни сана муносабати билан вилоят ва шаҳар ҳокимлиги, кенг жамоатчилик вакиллари Амир Темур мақрабасини зиёрат қилди ва унинг табаррук номига қуръон тиловат қилинди.

Энди Амир Темур ҳайкали пойига гуллар қўйилиб, улуғ бобомиз хотирасига ҳурмат-эҳтиром кўрсатилди.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook