SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI / САМАРҚАНД ШАҲАР ҲОКИМЛИГИ
10.6K subscribers
26.7K photos
5.14K videos
16 files
18.2K links
Samarqand shahar hokimligi
Abdurahmon Jomiy 59-uy
Tel: (8366) 2332090
Facebook kanalga o‘tish: https://www.facebook.com/samshaharhokim/
Download Telegram
Самарқанд шаҳрида камондан отиш спорт тури бўйича "Париж-2024" ёзги олимпиадасига йўлланмани қўлга киритган миллий терма жамоамиз мергани Амирхон Садиковни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

Тадбирда вилоят ҳокимининг ўринбосари Р.Қобилов бугунги кунда камондан отиш спорти жадаллик билан ривожланаётганлигини, ушбу ривожланишда Миллий гвардиянинг ҳиссаси катта эканлиги ҳақида сўз юритди.

А.Садиковга вилоят ҳокимлиги ҳамда Самарқанд вилояти бўйича Миллий гвардия бошқармасининг совғалари топширилди.

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐www.facebook.com/samshaharhokim
🌔samshahar.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Energiya resurslardan unumli foydalanish o‘z qo‘limizda

👮‍♂️ Ayni kunlarda vazirlar mahkamasining VM 204-qaroriga muvofiq mahallalarda ijtimoiy xodimlar tomonidan kam ta'minlangan oilalarning elektr energiyasi va tabiiy gaz istemoli o‘rganilmoqda.

Shuningdek, resurslardan unumli foydalanish va tejash borasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tushunchalar berilmoqda.

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐www.facebook.com/samshaharhokim
🌔samshahar.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21 - iyun kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +35°, +25°, Bulutli

Tong: + 28°

Kun: + 35°

Oqshom: +31°

Namlik: 21%

Shamol: Shimoliy, 6 m/s

Bosim: 754 mm sim. ust.

Oy: Yosh oy

Quyosh chiqishi: 05:04

Quyosh botishi: 20:03

🌐 Web-sayt|  🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Mutolaa...

📎 Aql nafaqat tirik mavjudotlarda, balki tabiatda ham mavjuddir. Va u butun olamdagi farovonlik hamda mavjud tartib-qoidalarning sababkoridir.

✍🏻 Empedokl

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
#MUNOSABAT

“Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali Samarqand shahrida “Tarixiy qadamjo oʻrnida mehmonxona qurilmoqda” sarlavhali videolavha efirga uzatildi.

Samarqand shahar “Dari Zanjir” MFY hududida joylashgan sobiq 15-maktab binosi 2022-yil 25-apreldagi elektron-onlayn auksion savdo platformasi orqali fuqaro Nabiyev Aslam Tolibovich tomonidan sotib olingan.

Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashining 2023-yil 16-fevraldagi bayonnomasiga koʻra Samarqand shahar Romitan koʻchasi 56-manzilda qurilish loyihasi qurilajak bino 7,6 metr balandlikdan oshirmaslik sharti bilan maʼqullangan.

Shuningdek, Samarqand viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi “Arxitektura-shaharsozlik Kengashi”ning 2023-yil 3-iyuldagi bayonnomasiga asosan Samarqand shahar Romitan koʻchasi 56-manzilda uy mehmonxonasi binosi qurilishi boʻyicha buyurtmachi Aslam Nabiyevning loyiha taklifi va obyekt joylashuvi, Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert kengashining 2023-yil 16-fevraldagi yigʻilish bayoniga asosan maʻqullangan.

Videolavhada Samarqand shahar “Dari Zanjir” MFY Romitan ko‘chasi 56-manzilda qurilish ishlari olib borilayotganligi bildirib o‘tilgan. Biroq Inspeksiya xodimlari va tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan holat joyida o‘rganilganda hali qurilish ishlari boshlanmaganligi aniqlandi. Bugungi kunda buzish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

Rasmiy sahifalarimizga a‘zo bo‘ling
👇👇👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahridagi gala-konsertga marhamat!

23-iyun  soat 19:00 da Samarqand shahri Qorasuv massividagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar festivalining gala-konsert dasturi o'tkaziladi.

Festival doirasida kun davomida intellektual tanlovlar, sport musobaqalari hamda ko'ngilochar loyihalar tashkil etiladi.

Kirish mutlaqo bepul!

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐www.facebook.com/samshaharhokim
🌔samshahar.uz
Shahar hokimi Qozon shahrida

Samarqand shahar hokimi Fazliddin  Umarov Qozon shahrida “BRICS+” mamlakatlari shaharlari va munitsipalitetlari Assotsiatsiyasini tuzish tashabbusi doirasida  bo‘lib o‘tayotgan Assotsiatsiyaning ta’sis yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hokim Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanovning taklifiga ko‘ra Qozon shahrida bo‘lib turibdi.

Bu haqda qo‘shimcha axborot beramiz...

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐www.facebook.com/samshaharhokim
🌔samshahar.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Elbek Jahongirov, Kadastr agentligining Samarqand shahar bo‘limi bosh inspektori.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!"

Avval xabar qilganimizdek, 23-iyun kuni soat 19:00 da Samarqand shahri Qorasuv massividagi "Yangi O‘zbekiston bog‘i"da shu shior ostida yoshlar festivalining gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda festivalni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Konsert dasturlariga barchani taklif etamiz.

Eslatib o‘tamiz, konsertga kirish bepul...

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐www.facebook.com/samshaharhokim
🌔samshahar.uz
“Registonga teng keladigan yo‘q”: Malayziya nashri Samarqand arxitekturasi haqida

Batafsil o‘qish...

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐www.facebook.com/samshaharhokim
🌔samshahar.uz
САЙЁР ҚАБУЛ

Аввал хабар қилганимиздик, Самарқанд шаҳридаги маҳаллаларда сайёр қабуллар давом этмоқда.

Бугун ҳам шаҳардаги Рудакий, Али Қушчи ва Беруний маҳалласи фуқаролари учун сайёр қабул бўлиб ўтди.

Самарқанд шаҳар сектор раҳбарлари ҳамда Президентнинг Самарқанд шаҳридаги Халқ қабулхонаси иштирокида ўтган қабулда фуқаролардан асосан, уй-жой, тиббий хизмат, йўл ва электр энергияси билан боғлиқ масалалар бўйича мурожаат бўлди.

Қабулда аксарият мурожаатлар жойида ечимини топди ва вақт талаб қиладиган муаммоли мурожаатларни тез фурсатларда бартараф этиш бўйича масъулларга аниқ кўрсатма берилди.

Шаҳар маҳаллаларида бу каби қабуллар давом этади...

👉🏽 Каналга уланиш: https://t.iss.one/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz
Самарқанд шаҳар ҳокимлигида навбатдаги "Маърифат соати" бўлиб ўтди

Ҳокимлик ходимлари иштирокида ташкил этилган тадбирда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 5 июндаги “Ўзбекистон Республикасининг “Манфаатлар тўқнашуви тўғрисида”ги Қонунининг мазмун-моҳияти ҳақида тушунчалар берилди.

Шунингдек, Самарқанд шаҳар Адлия бўлими ва Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бўлими бош юристи ҳамда Рақамли ҳукумат лойиҳаларини бошқариш маркази давлат муассасаси вилоят вакили соҳа юзасидан ахборот берди.

Тадбирда мавзуга оид видеотасвир намойиш этилиб, савол-жавоблар бўлди ва иштирокчиларнинг фикр-мулоҳазалари тингланди.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube 
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook