SAMARQAND SHAHAR HOKIMLIGI / САМАРҚАНД ШАҲАР ҲОКИМЛИГИ
10.6K subscribers
26.7K photos
5.13K videos
16 files
18.2K links
Samarqand shahar hokimligi
Abdurahmon Jomiy 59-uy
Tel: (8366) 2332090
Facebook kanalga o‘tish: https://www.facebook.com/samshaharhokim/
Download Telegram
Bugun,  6-aprel

Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo.

🌡 +20°, +15°, Yomg‘ir.

Tong:
+ 11°
Kun:  + 20°
Oqshom: + 15°

Namlik: 55%
Shamol: Janubiy-sharqiy, 4 m/s.
Bosim: 761 mm sim. ust.
Oy:  Yosh oy.
Quyosh chiqishi: 06:10
Quyosh botishi: 18:58

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Mutolaa

"Sen bilan gaplashish mazza-da!" deb yoningda yayraydigan inson bo‘lsin hayotingda...

©️ Umida Adiz

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Samarqand shahridagi ko'chma savdo joylari siz uchun qiziqmi? Biznes uchun joy izlayapsizmi? Buning yo'li oson.

Ya'ni E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Siz, e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun Samarqand shahridan 46 ta ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

Samarqand shahridagi bo'sh joylar...

🌐 Web-sayt| 🌏 Telegram| 🎞 YouTube
🏞 Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Referendum2023

Yangilanayotgan Konstitusiya: surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolat

🌐 Web-sayt| 🌏 Telegram| 🎞 YouTube
🏞 Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Elektr taʼminoti qarzdorligini yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan muhandis ushlandi

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Samarqand shahar elektr taʼminoti korxonasi muhandisi S.B. fuqaro A.Ch.ning xonadonidagi elektr energiyasiga noqonuniy ulanganligi holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik hamda mavjud qarzdorligini yoʻq qilib berish evaziga 4 mln. soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

🌐 Web-sayt| 🌏 Telegram| 🎞 YouTube
🏞 Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxslarga ayrim tovarlar xaridi uchun toʻlangan QQS qaytariladi

“2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–113-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra, 2023-yil 15-apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:

🔸meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yoʻnalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi;

🔸intensiv bogʻ va tokzorlar, agrologistika obyektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing toʻlovi 10 foizi oldindan toʻlash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan amalga oshiriladi.

📝 Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (paxta, gʻalla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajoʻxori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.

🔢 2023-yil 1-iyungacha paxta, gʻalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi roʻyxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlov oʻrniga, xarid summasida toʻlangan QQS summasi qaytariladi.

2023-yil 1-iyundan qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

💰Qarorga koʻra shuningdek, Prezidentning tegishli qarori doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga 2023-yilda 400 milliard soʻm byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

🏢 Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.

2023-yilda har bir viloyatda oʻrtacha 250-300 gektardan namunaviy bogʻ-tokzorlar barpo etiladi.

📊Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев табиатни муҳофаза қилишга қаратилган чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мероприятиях в сфере охраны природы.

#Mirziyoyev #taqdimot #tabiat #ekologiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Bugun,  7-aprel

Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo.

🌡 +23°, +22°, Bulutli.

Tong:
+ 18°
Kun:  + 23°
Oqshom: + 22°

Namlik: 30%
Shamol: Janubiy-g‘arbiy, 7 m/s.
Bosim: 758 mm sim. ust.
Oy:  To‘lin oy.
Quyosh chiqishi: 06:09
Quyosh botishi: 18:59

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Mutolaa

📎 Yaxshi kishi bo'lmoq uchun birgina adolatsizlik qilmaslik kifoya qilmaydi, shu bilan birga uni istamaslik ham kerak.

✍🏻 Demokrit

🌐 Web-sayt| 🌏 Telegram| 🎞 YouTube
🏞 Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni

1948-yil 7-aprel Sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha assambleyaning Birinchi yigʻilishida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solingan.

JSST – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning sogʻliqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan nufuzli muassasasi boʻlib, uning tarkibiga hozirda 194 ta aʼzo davlatlar kiradi.

JSSTning joriy nizomi qabul qilingan 1948-yilda Jenevada yigʻilganlar, albatta, sogʻliqni saqlashga oid yirik global masalalarda hamkorlik qilishni maqsad qilgan edi. Oʻshandan boshlab bu sana, shuningdek, Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.
Ushbu sananing xalqaro bayram kuni sifatida nishonlanishi, xalqaro hamjamiyat va har bir shaxsni jahondagi mavjud hozirgi dolzarb tibbiy masalalarga eʼtibor qaratishga chorlashni maqsad qiladi. Kishilarni oʻz salomatligiga befarq boʻlmaslikka hamda yaqinlari va jamiyat oldidagi masʼuliyatni anglagan holda ish tutishga chorlaydi.

🌐 Web-sayt🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 2023-yil yanvar-mart oyi davomida 710,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘ldi

Bunda 2022-yilning shu davriga nisbatan 197,5 mln. AQSh dollariga yoki 38,5%ga oshgan.

❗️Tashqi savdo aylanmasi – 710,8 mln. AQSh dollari.

🟢 Eksport – 152,8 mln. AQSh dollari.

🔵 Import – 558 mln. AQSh dollari.

🌐 Web-sayt| 🌏 Telegram| 🎞 YouTube
🏞 Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
INFOGRAFIKA

Yangilanayotgan Konstitutsiya: inson qonun himoyasida

🔹Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir
🔹Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi
🔹Shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas
🔹O‘z isbotini topmagan aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinadi
🔹Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega
🔹Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi