Samarqand Kadastr xabarlari
553 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

💰 Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

▫️ o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;

▫️ mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;

▫️ o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📰 Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

✔️ ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
✔️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
✔️ ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
✔️ nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
✔️ qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM