Samarqand Kadastr xabarlari
553 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
​​#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati #xisobot

🔰Yer va kadastr nazorati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yer va kadastr nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
📝Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha:
Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo‘yicha jami 14 530 ta holatda 2 406,4 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

🔸Jumladan, 8 018 ta (658,6 gektar) holatda uy-joy qurish, 3 990 ta (252,8 gektar) holatda noturar joy qurish, 1 754 ta (712,1 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish, 59 ta (268,4 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish, 122 ta (12,9 gektar) holatda tuproq karer qilish hamda 587 ta (501,6 gektar) holatda boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

🔸Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida:
14 915 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborilib, shundan, 2 602 tasi (796,5 gektar) bartaraf etildi;
yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 353 ta (1 157,9 gektar) taqdimnomalar kiritildi, 1 882 ta holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 220 ta (25,6 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 982 ta (144,3 gektar) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

♻️Huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 928 ta (847,4 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Kadastr_agentligi_Samarqand
#Yer_va_kadastr_nazorati

Bugun Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Kun mavzusi” ko‘rsatuvida Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i v.b. F.Xudoyqulov ishtirokida Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda sohadagi islohotlar to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹 YouTube |💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM