Samarqand Kadastr xabarlari
560 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
⁉️Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
⚡️O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlaridan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga asosan 8 ta toifaga bo‘linadi

◻️Samarqand viloyati yer fondining
toifalari bo‘yicha taqsimlanishi infografika ko‘rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
📯 #Kadastr #infografika #geodeziya

⚡️ Geodeziya nazorati boshqarmasi faoliyatiga oid ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

🔶Ijtimoiy tarmoq orqali “22 yil kadastr idorasini boshqardim, nafaqaga 5 yil qolganda ishsiz qolamanmi?” sarlavhasi ostida yo‘llangan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

🔰Mazkur murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beramiz.

MATBUOT XIZMATI.
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 10-14 oktabr kunlarida jami 1 604 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 20
▫️Andijon viloyati - 78
▫️Buxoro viloyati - 60
▫️Samarqand viloyati - 28
▫️Sirdaryo viloyati - 58
▫️Surxondaryo viloyati - 158
▫️Qashqadaryo viloyati - 155
▫️Toshkent shahar - 135
▫️Toshkent viloyati - 423
▫️Navoiy viloyati - 35
▫️Namangan viloyati - 124
▫️Xorazm viloyati - 100
▫️Jizzax viloyati - 130
▫️ Farg‘ona viloyati - 62
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 38

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ishonch_raqam #1097

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🇺🇿Aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini tartibga solish maqsadida Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali fotosurat, videoyozuvlarni jo'natish belgilandi.

📌Shuningdek Kadastr agentligi tomonidan @e_yernazorat_bot telegram bot orqali yoki Kadastr.uz sayti orqali ham murojaatingizni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

📝Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega va mas'ullar tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Xorijda yer munosabatlari⚜️

🔰 Zamon shiddat bilan imdamlar ekan, sohada ham yangiliklar qilish, islohotlarda sobitqadam bo‘lish davr talabiga aylanmoqda. Bilimni oshirish bilan bir qatorda dunyoqarashni kengaytirish, xorij tajribalarini o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi.

🔰 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining “Xorijda yer munosabatlari”loyihasida, dunyoga mashhur bo‘lgan Bill Geytsning qishloq xo'jaligi yerlariga nima uchun ko'p sarmoya kiritishi haqida so‘z boradi.

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring▫️

❇️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muxofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi 22-qarori bo‘yicha ma’lumot.

◻️ Davlat nazoratini amalga oshirish asoslari.


#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #yerlarda_monitoring

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
​​#Bilasizmi #kadastr_chizmalari

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.
▫️Komplaens nazorati xizmati natijalari▫️

🔳 Davlat kadastrlari palatasi
Komplaens nazorati xizmati ma’lumot berishicha, 2021 - 2022 yillarning 9 oyi taqqoslanganida tizimda aniqlangan korrupsion holatlar sezilarli darajada bu yil kamayganini kuzatish mumkin.

🔳 - Bu raqamlarni yanada kamaytirish uchun chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. - deydi Komplaens xizmati rahbari Azim Rahmatov.

📹Batafsil videoda👉 https://youtu.be/RTTTGOIMAKQ

#DavKadastrPalata #komplayens_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#matbuot_anjumani

DIQQAT, E’LON !

Hurmatli jurnalist va blogerlar,

Sizlarni Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrtlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari navbatdagi matbuot anjumaniga taklif etadi.

Joriy yilning 19-oktyabr kuni soat 11:00 da o'tgan 9 oy davomida viloyatda Kadast sohasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Matbuot anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan.

📌Ishtirok etadi: Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmalari mutasaddilari

Sizni sohaga oid qiziqtirgan savollaringizga javob beradi.

Manzil:
viloyat Matbuot uyi
Murojaat uchun:
+998 90 602-52-95
+998 93 703-18-28

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmalarining Axborot xizmati
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

2022-yil sentabr oyi holatiga ko‘ra, Respublika miqyosida eng ko‘p ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan aholi qaysi hududga tegishli?
Anonymous Quiz
57%
Samarqand viloyati
12%
Farg‘ona viloyati
6%
Qashqadaryo viloyati
25%
Toshkent viloyati
#Geoinnovatsiya #dron_shou

⚡️Samarqandda dronlar shousi bo'lib o'tadi.

💫18-oktyabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan bugun 18-oktyabr soat 20:00 da Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi tomonidan Registon maydonida 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkaziladi.

🔰Shahrimiz aholisi va mehmonlarini ushbu shouga taklif etamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
⁉️Dron o'zi nima?

Dron - uchuvchisiz uchish apparati. U masofadan boshqariladigan yoki avtomatik parvozlarni amalga oshirishga qodir.

📌Parvoz paytida bir qator foydali harakatlar amalga oshiriladi:

🔹turli joylar yoki obyektlarni suratga olish;
🔹davlat parametrlarini yig'ish;
🔹yerdagi vaziyatni tahlil qilish;
🔹tovarlarni ma'lum bir joyga etkazib berish;
🔹qidiruv ishlari;
🔹yuqori sifatli foto / video materiallarni olish.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
▫️Subsidiya ajratish soddalashtirildi▫️

⚜️“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (601-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi.

⬜️2022 yil 1- dekabrdan:

🔹 subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

🔹 subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;

🔹 bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

➡️ Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik

👍 Kadastr agentligi hamda 🇷🇺 Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanning to'liq tafsilotlari quyidagi lavhada.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 1860 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 163 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 73 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 159 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 93 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 136 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 16 ta (ko'rish) 🟢 Payariq tumanidan 256 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 438 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 273 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 70 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 10 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 89 ta (ko'rish)
🟢 Tayloq tumanidan 84 ta (ko'rish)
🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#matbuot_anjumani

DIQQAT, E’LON !

Hurmatli jurnalist va blogerlar,

Sizlarni Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrtlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari navbatdagi matbuot anjumaniga taklif etadi.

Joriy yilning o'tgan 9 oyi davomida viloyatimizda Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda Kadastr tizimidagi korrupsiyon holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimda ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan 19-oktyabr kuni soat 11:00 da Matbuot anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan.

📌Ishtirok etadi: Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmalari mutasaddilari

Sizni sohaga oid qiziqtirgan savollaringizga javob beradi.

Manzil:
viloyat Matbuot uyi
Murojaat uchun:
+998 90 602-52-95
+998 93 703-18-28

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmalarining Axborot xizmati
Bugun Registon maydonida soat 20:00 da o‘tkazilishi belgilangan "Dron shou" tadbiri ob-havoning noqulayligi sababli qoldirildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook