Samarqand Kadastr xabarlari
553 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
“Usta bo‘lsang - ustozingni unutma”

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalarida uzoq yillar davomida samarali faoliyat ko‘rsatib, sohadagi yosh xodimlarni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida o‘zining bor bilimi va xayotiy tajribasini shogirdlariga o‘rgatib, zamon bilan hamqadam bo‘lgan jonkuyar ustozlar “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan taqdirlandi va soha faxriylari yod etildi.

#1_Oktabr #Ustoz_murabbiylar_kuni #Samarqand

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
▫️Murojaatlarga vaqtida javob berilishi lozim

💠 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Palata raisi rahbarligida barcha hududlarning boshqarma va filiallari boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan “ZOOM” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚪️ Yig‘ilishning ilk mavzusi tizimga joriy yil 9 oy davomida kelib tushgan murojaatlar va ularning tahliliga bag‘ishlandi. Tahlillarga yuzlanadigan bo‘lsak: 2021 yilning 9 oy davomida Respublika bo‘yicha tizimga 8 100 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, qiziqarli tomoni ushbu ko‘rsatkich bu yil 211,5% ga oshib, 17 134 tani tashkil etmoqda. Ya’ni bu joriy yilning mos davriga nisbatan 9 034 taga ko‘p deganidir. Ularning esa turlanishi quyidagicha: topshiriq xatlar, murojaatlar, aholi murojaatlari, call-center orqali og‘zaki va yozma murojaatlar, rahbariyat qabuli, telegram bot va DKPga bevosita kelgan fuqarolarning murojaatlari kabilardir. E’tiborli jihati - tashkilotlarning topshiriq xatlarini hisobga olmaganda, murojaatlarning asosiy qismi aynan call-center orqali kelib tushgan bo‘lib, ularning soni 4 404 tani tashkil etmoqda.

⚪️ Yig‘ilish davomida hududlarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar o‘rtaga tashlandi va muhokama qilindi. Tizimdagi ilg‘orlar namuna qilib ko‘rsatilib, oqsayotgan tumanlar, ya’ni murojaatlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlamay muddatini o‘tkazgan hududlar – Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalarning murojaatlarga mas’ullari va ijrochilariga nisbatan choralar ko‘rish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

⚪️ ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi masala Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan, hozirda boshlangan respublikamizdagi 2 million 600 mingta hujjatsiz uylarning xatlovi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi. Xatlov ishlarida Surxondaryo tumani yaxshi natijalar ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan bu yo‘nalishda ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan hudud mutasaddilariga intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, xatlov ishlarini maksimal darajada faollik bilan amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #murojaatlar #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Hurmatli ustozlar, O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Taʼlim-tarbiya, ilm sohasida xizmat qilayotgan hurmatli pedagoglar, o‘qituvchi va murabbiylar, bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Yosh avlodni Vatanga, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning hayotda munosib o‘rin topishi, chuqur bilim va kasb-hunar egallashini taʼminlash borasidagi ishlaringizda omad va zafarlar yor bo‘lsin!

#1_Oktabr #Ustoz_murabbiylar_kuni #Samarqand

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #1_oktabr

🌷Kadastr agentligi 1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni muborakbod etadi!

🌷Aziz ustozlar, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinch va farovon hayot tilaymiz. Xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiluvchi shogirdlar tarbiyalashda charchamang!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ishonch_raqam #1097

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🇺🇿Aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini tartibga solish maqsadida Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali fotosurat, videoyozuvlarni jo'natish belgilandi.

📌Shuningdek Kadastr agentligi tomonidan @e_yernazorat_bot telegram bot orqali yoki Kadastr.uz sayti orqali ham murojaatingizni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

📝Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega va mas'ullar tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr
#Infografika_Samarqand #yer_nazorati

Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan choralar bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #video_rolik #qishloq #yerlari

📝 Qishloq xo‘jaligi yer maydoniga bo‘lgan huquqingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!

‼️Yerga bo‘lgan huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va kafolatlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐O'zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari hududi

O'zbekiston Respublikasi hududi — 44 892,4 ming gektar

🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Farg'ona viloyati
🇺🇿 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr
#Infografika
#kadastr_pasporti

Kadastr pasportini shakllantirish (davreestr.pro) bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot (Infografika).

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
▫️Murojaatlar soni ortgan▫️

📨 Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha va qulay usullari tadbiq etilayotgani sayin murojaatlar soni ham ortayotgani tabiiy hol. Yaratilayotgan qulay muloqot shakli esa tashkilotning fuqarolar uchun yanada ochiqligini ko'rsatadi.

📞 🤖 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida murojaatlarni qabul qilishning yozma va og‘zaki shakllaridan tashqari – yagona aloqa markazi (71 207 00 03), hamda telegramm-bot (@Dkpuz_bot) orqali ham murojaat qilishga imkoniyat yaratilgan.

📊 Buning natijasida aholi murojaatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bir necha barobarga oshganini mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
XORIJDA KADASTR TIZIMI

🇭🇺 Kadastr - Vengriyada

Vengriya yer kadastri 1971-yilda yaratilgan va u Yevropada yer reyestri va kadastr reyestrini o'z ichiga olgan birinchi muassasa edi. Dastlab ular alohida tashkilotlar bo'lib, kadastr – davlat boshqaruv tizimining bir qismi, yer reyestri esa yuridik tizimning bir qismi edi. 1981-yilga kelib, bu 2 tashkilot Yagona yer reyestri tizimi nomi ostida yagona tuzilma sifatida faoliyat ko'rsata boshladi.

Ikki bo'linma birlashtirilganligi sababli Vengriya yer reyestrining funksiyalari yanada kengaydi va u endilikda qishloq xoʻjaligi yerlari va koʻchmas mulk haqidagi maʼlumotlar bazasidan tashqari har qanday turdagi yerni ijaraga berish yoki ijaraga berishni ro'yxatdan o'tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarini ro‘yxatga olish, yer uchastkalarini raqamli va analogli xaritalash, qishloq xo'jaligi ishlarini nazorat qilish bilan ham shug'ullanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Mamuriy_amaliyot
#Infografika
#Kadastr_agentligi

🔷📌Maʼmuriy amaliyot bo‘limi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot infografika ko‘rinishida.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook