Samarqand Kadastr xabarlari
551 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Royxatga_olish

📌 Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 2022-yil 1-20-sentabr kunlarida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot videografika ko'rinishda.

📊Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan jami arizalar 3183 tani tashkil qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
🔰 Ayni damda Samarqand shahrida joylashgan “VATANPARVAR” bog‘ida Samarqand viloyat hokimi E.O.Turdimovning "SAYYOR QABULI" boshlandi.

🔷 Ushbu tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari boshliqlari kadastr sohasiga oid murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

TelegramYouTube  |  Facebook
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 19-23 sentabr kunlarida jami 1 943 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 19
▫️Andijon viloyati - 107
▫️Buxoro viloyati - 132
▫️Samarqand viloyati - 53
▫️Sirdaryo viloyati - 68
▫️Surxondaryo viloyati - 184
▫️Qashqadaryo viloyati - 176
▫️Toshkent shahar - 214
▫️Toshkent viloyati - 485
▫️Navoiy viloyati - 30
▫️Namangan viloyati - 131
▫️Xorazm viloyati - 115
▫️Jizzax viloyati - 102
▫️ Farg‘ona viloyati - 95
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 32

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Obyektlar uchun arxitektura tanlovi bo‘ladi▫️

⚜️Ommaviy ahamiyatga ega obyektlar eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi.

⚜️“Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–378-son, 22.09.2022 y.) qabul qilindi.

Batafsil👇
https://telegra.ph/Obyektlar-uchun-arxitektura-tanlovi-boladi-09-24

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida oʻzboshimchalik qurilgan yengil konstruksiyalar bartaraf etilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
🔹DAVLAT KADASTRLARI PALATASI hafta ichida:🔹

🔵 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati Respublika bo'yicha jami ko'chmas mulk obyektlari soni va ularning erkaklar va ayollar kesimidagi statistikasini e'lon qildi.
👉Batafsil

🔵 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining bir guruh mutaxassislari Koreya Respublikasining Seul shahrida "Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi (UzKad axborot tizimi ) yaratish" komponenti doirasida tashkil etilgan o'quv amaliy kursida ishtirok etishdi.
👉Batafsil

🔵 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 13-20 sentabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 553 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022-yil 14-20-sentabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlar.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan Ustozlar kuni munosabati bilan tayyorlangan videorolik.
👉Batafsil

🔵 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati Narpay tumani bo'limi va filiali uchun qurilgan yangi bino foydalanishga topshirildi.
👉Batafsil

🔵 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Komplaens nazorati xodimlari boshchiligida hududiy boshqarmalarda Korrupsiya – taraqqiyot dushmani mavzusida davra suhbatlari bo'lib o'tdi.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida davom etayotgan xatlov jarayonlari
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasida huquqiy dars soati tashkil etildi.
👉Batafsil

#DavKadastrPalata #hafta_ichida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
XORIJDA KADASTR TIZIMI

Nemischa tizimdagi davlatlar
: Germaniya, Avstriya, Shvetsariya, Gollandiya.

🔵 Bunday mamlakatlar uchun o'zaro bog'langan va nazoratlovchi kichik tizimlar xarakterlidir: kadastrli, topografik-geodezik va registratsion. Masalan, Germaniyada xususiy mulklar reyestri mavjud bo'lib, u kadastr kartalaridan, xususiy mulk haqidagi yozuvlar va hujjatlar; topografik-geodezik ishlar bo'yicha kadastr kartalari va hujjatlar banki; xususiy mulk egasining huquqlari va cheklovlarga taalluqli shartnomalar va boshqa qonuniy hujjatlar saqlanadigan reyestr va boshqalar.
Germaniyada soliq kadastrdan rivojlangan holda yuridik tizimning bir qismi sifatida rasmiylashgan kadastr tizimi mavjud bo'lib, u yer egaliklari va yerdan foydalanish hamda topografik tasvir ma'lumotlarning funksiyalari to'g'risidagi keng ko'lamli ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bu tizim yerdan foydalanishni, ko'chmas mulk obyektlarini joylashtirishni hududiy rejalashtirish va iqtisodi bilan bog'liq muammolarni hal qiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #video_rolik #qishloq #yerlari

📝 Qishloq xo‘jaligi yer maydoniga bo‘lgan huquqingizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!

‼️Yerga bo‘lgan huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va kafolatlanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Ko‘chmas mulk savdosi ortgan▫️

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida avgust oyida jadal o‘sish kuzatilgan.

🏢Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2022 yil avgust oyida o‘tkazgan ko‘chmas mulk bozoridagi holat tahliliga ko‘ra:

🔹O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni 26,5 mingtani tashkil etdi, bu joriy yilning iyul oyiga (20,3 ming) nisbatan 30%ga (+6,2 ming) ko‘p.

🔹2021 yil avgust oyi bilan taqqoslaganda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bo‘yicha shartnomalar soni 22%ga (4,7 mingta) oshdi .

🔹Toshkent shahrida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi biroz sekinlashgan va 1,4%ni tashkil etdi (iyun oyida 2,4%, iyul oyida 2,9%).

🔹Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil avgust oyida ikkilamchi bozorda uy-joy o‘rtacha narxlari o‘sishi oyiga 0,5%ni tashkil etdi (iyun oyida – 2,7%, iyul oyida-2,5%).

#DavKadastrPalata #statistika #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#qonunchilikdagi_yangilik #1_oktabrdan

📝 “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilganligi, shuningdek taqiqlab (xatlab) qo‘yish bekor qilinganligi to‘g‘risidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹27 sentabr – Xalqaro turizm kuni🔹

🕌 🏕 Ushbu sana BMTning Xalqaro turizm tashkiloti tomonidan ilk bor 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta’sis etilgan. Shundan beri har yili 27-sentabr butun dunyoda Xalqaro turizm kuni sifatida keng nishonlanadi.

#DavKadastrPalata #sana #turizm

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
​​#rasmiy_munosabat

Rasmiy munosabat!

"Ko‘p qavatli uyning hovlisini o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingan"
degan mazmunda "Samarqand_LIVE" telegram kanalida e'lon qilingan murojaat bo‘yicha Kadastr agentligi Samarqand shahar bo‘limi hamda Samarqand shahar "Gulbahor" MFY raisi Xurshid Mirzaev, profilaktika inspektori Mahmud To‘raev, shirkat raisi Alisher Qudratovlar birgalikda murojaatchi ishtirokida holat joyiga chiqib o‘rganildi.

Fuqaroga 15 kun muddatda o‘z ixtiyori bilan o‘zboshimchalik bilan egallab o‘rab olgan hududni bartaraf etish uchun Ogohlantirish xati hamda maʼmuriy ish ochilganligi to‘g‘risida xabarnoma berildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro F. A. ga nisbatan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Fuqaro belgilangan muddatda o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurilmani bartaraf etsa tegishli tartibda maʼmuriy ish tugatiladi. Aks holda ushbu fuqaroga nisbatan BHM 25 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Telegram | YouTube | Facebook
#vakansiya #Samarqand

⚡️SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

🔻 Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi
bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸 Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi:

— Samarqand shahar boʻlimi yetakchi inspektori.

— Kattaqo'rg'on tuman boʻlimi bosh inspektori.

❗️Hujjatlar 2022-yil 6-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#xalqaro_uchrashuv #hamkorlik_2022

⚡️Joriy yilning 27-sentabr sanasida Kadastr agentligida GEOTWO Co.LTD ijrochi direktori Kim Hyunsu va Agentlik direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida IT hamda BPO masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Uchrashuvda GEOTWO Co.LTD kompaniyasining geoaxborot texnologiyalari borasidagi yechimlari, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarining funksional afzalliklari, ma'lumotlarga o'zgartirish kiritish tartibi, tizimdan foydalanishda ma'lumotlarning tashqi ta'sirdan himoyalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

📌Ma’lumot uchun: “GEOTWO Co.LTD” 2000-yilda Koreya Respublikasida tashkil etilgan mustaqil geoaxborot kompaniyasi bo‘lib, Koreyaning geografik va fazoviy axborot sanoatida eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 1438 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🟢
Oqdaryo tumanidan 61 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 33 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 84 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 50 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 40 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 56 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 127 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 162 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 75 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 84 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 143 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 29 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 227 ta (ko'rish)
🟢 Tayloq tumanidan 71 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 105 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqorgon shahridan 91 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook