Samarqand Kadastr xabarlari
553 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
⁉️Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#vakansiya #Samarqand

⚡️AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

🔻 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari,
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸 Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi:

— Samarqand shahar boʻlimi yetakchi inspektori.

🔸 Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi:

— Nurobod tumani filiali yer kadastri mutaxassisi;

— Nurobod tumani filiali davlat kadastrlari yagona tizimi mutaxassisi.

❗️Hujjatlar 2022-yil 4-sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Bilasizmi #kadastr

❗️Endi hech kim oʻz mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi

Batafsil infografikada

Manba:@huquqiyaxborot

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Bilasizmi #kadastr

Mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan davlat boji olinmaydi

Batafsil infografikada👆

Manba:@huquqiyaxborot

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 10% miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Mustaqillik bayramida necha kun dam olamiz?

❗️2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami arafasida 4 kun dam olinadi.

🔰 Bular:

● 1-sentabr (payshanba) – Mustaqillik bayrami kuni;

● 2-sentabr (juma) – qo‘shimcha dam olish kuni;

● 3-sentabr (shanba) – 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

● 4-sentabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#TEST

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan har qanday huquq vujudga kelgandan so‘ng qancha muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak?
Anonymous Quiz
40%
15 kun muddatda
5%
20 kun muddatda
55%
1 oy muddatda
#Bilasizmi #kadastr

📌Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🏢Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏘Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📋Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

❇️Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.


Telegram | YouTube | Facebook
#huquqiy_bilim

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📝 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

❗️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

📌Huquqiy asos

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Mustaqillik, istiqlol, iftixorim, g‘ururimdir🔹

🇺🇿 Bugun, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari o'tkazildi. Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Allaberganov va A.Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev ishtirok etib, davlatimiz mustaqilligi bilan barcha yig‘ilganlarni qutladilar.

🇺🇿 Markaziy apparat va hududiy boshqarmalardan ko‘p yillar davomida jonkuyar xodim sifatida namuna bo‘lgan kadastrchilar taqdirlangan mazkur tantanali tadbir haqida yana batafsil ma’lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#matbuot_anjuman

🔴 Айни дамда “Мулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш, мулкий муносабатларга асоссиз аралашувга йўл қўймаслик, хусусий мулкнинг капиталлашув даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони мазмун-моҳиятига бағишланган матбуот анжумани бошланди.

Унда Олий Суд, Адлия вазирлиги масъуллари ҳамда Кадастр агентлиги директор ўринбосари Мирсаид Мирмаксудов иштирок этмоқда.

Матбуот анжуманни Узрепорт ҳамда Ўзбекистон24 телеканали орқали жонли эфирда томоша қилишингиз мумкин.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Mirsaid Mirmaksudov, Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari:

Farmonda Kadastr agentligiga belgilangan vazifalar xususida maʼlumot.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Мулкка бўлган ҳуқуқ уни тасдиқловчи ҳужжатни бекор қилиш билан тугатилмайди

АОКАда Олий суди раиси ўринбосари Ҳалилилло Тўрахўжаев, Кадастр агентлиги директори ўринбораси Мирсаид Мирмақсудов, Адлия вазири ўринбосари Алишер Каримов иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида мулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш тўғрисидаги Президент Фамронини мазмун-моҳияти ҳақида маълумот берилди.

⛔️ Эндиликда ердан ихтиёрий воз кечиш мулкдорнинг нотариал тасдиқланадиган аризасига асосан амалга оширилади. Энди бунинг учун ҳоким қарорини қабул қилиш талаб этилмайди.

⚠️ Юридик шахс тугатилганда унинг қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкасига бўлган ҳуқуқлари бекор қилинмайди ва ер давлат захирасига қайтариб олинмайди. Мазкур ерлар тугатилаётган юридик шахснинг муассисларига ўтади.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
⚡️Kadastr pasportining shakllari haqida bilasizmi ?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

♦️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

♦️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

♦️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

♦️yer uchastkasining kadastr pasporti;

♦️qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi🔹

◻️ Davlat kadastrlari palatasi 1-sentabrdan qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

▫️Avtomobillarni boshqarishga ishonchnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
▫️Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga kiritiladi
▫️Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lab beradigan tizim ishga tushadi
▫️“E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushiriladi
▫️Mahalliy turistlar uchun keshbek beriladi
▫️Alkogol va tamaki mahsulotlarini aksiz markalari bilan markirovkalash axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi
▫️Yer va turar joyga bo‘lgan huquqdan foydalanishda ayrim tartiblar bekor qilinadi
▫️Masofaviy xizmatlar eksporti markazlari tashkil etiladi
▫️Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasini buzgan shaxslarga yangi majburiyat
▫️Namunali maktablar reytingi shakllantiriladi
▫️Intellektual mulk egalariga qulaylik
▫️Shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #brifing

📢 31-avgust, chorshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish borasida

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Qobil Babadjanov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt