Samarqand Kadastr xabarlari
562 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Koʻp kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qoʻshimcha obyekt qurish taqiqlanadi

“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–346-son, 04.08.2022-y.) qabul qilindi

Qaror bilan 2022-yil 1-sentyabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JEK) boshqaruv usulini oʻzgartirish boʻyicha umumiy yigʻilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

🔰 Bunda:

▫️muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bankning xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
▫️tugatilgan yoki boshqarish usuli oʻzgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi koʻp kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori boʻlgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
▫️Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va koʻp kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qoʻllaydi.

🗓 2022-yil 1-noyabrdan:

🔸koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan soʻng amalga oshiradi;
🔸uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk roʻyxati aniq koʻrsatiladi;
🔸qurilishi tugallangan koʻp kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan soʻng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qoʻshimcha obyekt qurish uchun oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi.

manba: @huquqiyaxborot
#bilasizmi #Kadastr_agentligi_Samarqand #Kadastr

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.

📌Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🖥 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoki koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

❗️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik

fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln soʻm),
mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 183 ta texnik loyiha hamda 56 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 55 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 12 818 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 106 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

1️⃣ Nega quruq yerni yoki uning bir qismini sotib bo'lmaydi?

2️⃣ Yerni xususiylashtirish nima beradi?

3️⃣ Xususiylashtirilgan yerni davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda narx kim tomonidan belgilanadi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov savollarga javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi_Samarqand #Davlat_kadastrlari_palatasi #Kadastr

🔹Uyingiz kadastrini uyda rasmiylashtiring🔹

📧Kadastr pasportini uydan chiqmagan holda olishingiz mumkinligini bilasizmi?

📧Vaqtingiz va naqdingizni tejang!

📧Xizmatdan quyidagi
videoyo‘riqnoma yordamida foydalaning

🌐 Barcha jarayonlardan
my.gov.uz (Yagona portal) orqali o‘ting!

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Kadastr_agentligi_Samarqand #Davlat_kadastrlari_palatasi #Kadastr

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

📝 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Urgut tuman bo‘limida samarali yer nazoratini amalga oshirilishi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritilishi hamda jinoyat alomatlari mavjud materiallarni prokuratura organlariga yuborilishi, hamda aniqlangan qonun buzilish holatlarini “E-YER NAZORATI” dasturida yuritilishi bo'yicha o‘rganish o‘tkazildi.


Boʻlim boshligʻi bilan birgalikda barcha xodimlarga rasman ogohlantirish berildi hamda bir oy muddat ichida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni tuzatish shu bilan birgalikda qayta tekshiruv oʻtkazishga kelishib olindi.

📝Batafsil bu yerda o'qing.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Hukumat qarori (384-son, 13.07.2022-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Qonunchilikka koʻra, xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmasdan, quyidagi yangi koʻchmas mulklarni sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilgan:

🔹Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari;

🔹Boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
▫️Umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi▫️

⚜️ “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
”gi Prezident qarori (PQ–346-son, 04.08.2022 y.) qabul qilindi.

2022 yil 1 noyabrdan:
▫️ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;
▫️uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;
▫️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha ob’ekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 1-7 avgust kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️O‘zbekistondagi qurilishlar▫️

🏗 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 60,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan -deya ma’lumot bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

📊 Bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ga oshgan.

#DavKadastrPalata #qurilish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Kadastrga oid davlat xizmatlari▫️

🔷 Jismoniy shaxslarning turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalar olish xizmati boyicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat_tok_shou

⁉️2 mln 600 ming kadastr hujjati yo'q bo'lgan uylarga qay tartibda hujjat tayyorlab beriladi?

📌 Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Begzod Nishonov ushbu savolga javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limida samarali yer nazoratini amalga oshirilishi, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritilishi hamda jinoyat alomatlari mavjud materiallarni prokuratura organlariga yuborilishi, hamda aniqlangan qonun buzilish holatlarini “E-YER NAZORATI” dasturida yuritilishi bo'yicha o‘rganish o‘tkazildi.


📝Batafsil bu yerda o'qing.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Bilasizmi

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasida qaysi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish mumkin emas?

🚫 Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga
yo‘l qo‘yilmaydi:

▫️uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;

▫️kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar;

▫️o‘z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari;

▫️10 tadan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan poyabzal tikish va ta’mirlash ustaxonalari;

▫️hammomlar va saunalar;

▫️aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf;

▫️jamoat hojatxonalari;

▫️marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari;

▫️sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;

▫️uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko‘paytirishga mo‘ljallangan joylar;

▫️jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);

▫️yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.

manba: @huquqiyaxborot
⚽️Kadastr agentligi tashabbusi bilan an'anaviy o'tkazib kelinadigan Mini futbol musobaqasi START olish arafasida! Ushbu musobaqada Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari, tizim tashkilot xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

🔹Ishtirokchilar Mini futbol bo‘yicha markazlashgan tarzda bellashadilar.

💠Musobaqa 17-18-19-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

📌Musobaqa bo'yicha barcha yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin!

🇺🇿Barchaga omad yor bo‘lsin!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Qiziqarli statistika▫️

🟦 2022 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelishi haqidaDavlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

🟦 Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2021 yil 1 iyul holatiga 1 kv.km.ga 77,6 kishi).

🟦 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 603 443 kishini tashkil etmoqda.

▫️Shahar joylarda – 18 117 ming kishi
▫️Qishloq joylarda – 17 486,4 ming kishi

#DavKadastrPalata #aholi #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

Qonun vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlandi. Qonun 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

Mazkur qonun O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

▪️Bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham beriladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lishi taqiqlanadi

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–788-son, 08.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.

Davlat fuqarolik xizmatini o‘tashda mazkur Qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qo‘llaniladi.

📝 Davlat xizmatchisi o‘z rahbarining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida bo‘lish huquqiga ega.

🚫 Davlat xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ularning muassisi bo‘lishi, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda ko‘chmas mulk olishi taqiqlanadi.

📋 Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya berishi kerak.

🏢 Prezident tomonidan tasdiqlanadigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining reestri Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yuritiladi.

☑️ Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi va haftasiga 40 soatdan oshmaydigan ish davomiyligi belgilanadi.

🔰 Davlat xizmatchilariga haq to‘lash quyidagilardan iborat:

▫️bazaviy lavozim maoshi;
▫️ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha to‘lov;
▫️malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
▫️eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarga erishganlik uchun ustama;
▫️hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar.

⚖️ Davlat xizmatchilariga hayfsan, jarima, ishdan bo‘shatish bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytirish va lavozimini pasaytirish tarzidagi intizomiy jazolar ham qo‘llaniladi.

➡️ Davlat xizmatchilariga 27 kundan kam bo‘lmagan yillik asosiy ta’til beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Булунғурда 10.800 АҚШ долларига 10 сотих ерни ноқонуний равишда сотмоқчи бўлганлар қўлга олинди

Каналимизга қўшилинг
👇👇👇
https://t.iss.one/samiibuz