Samarqand Kadastr xabarlari
565 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Bugun_shoir_Alisher_Navoiy_tavallud_topgan_kun
#Navoiyiftixorim
🗓 Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
#G‘azal

Ko‘nglung istar yorlar...

Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l,
Mendin-u kimdinki, ko‘ngling istamas, ozod bo‘l.

Garchi sabrim uyi yanglig‘, aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husning mulkidek obod bo‘l.

Men chekib anduh o‘lay, el joni bo‘lsun ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, vey dahri dun barbod bo‘l.

Bevafolar zulm-u bedodig‘a ermassin harif,
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.

Tuttum o‘lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga,
Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l.

Chekma boshkim, emin ermassen xazon yag‘mosidin,
Bu chaman ichra agar savsan, agar shamshod bo‘l.

Ey Navoiy, olam ahlig‘a chu yo‘q ermish vafo,
Kel-u mundin nari bekaslik bila mo‘tod bo‘l.
#Kadastr_samarqand
#Bugun_shoir_Alisher_Navoiy_tavallud_topgan_kun
#Navoiyiftixorim
🗓 Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
#Gazal

Oqara boshladi bosh-u...

Oqara boshladi bosh-u to‘kula boshladi tish,
Safar yarog'ini qilg'ilki, tushti boshinga ish.

Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig',
Fano yo‘lida bu yanglig' emish borish-u kelish.

Yuz ulki, qirqdin ellikka qo‘ydi yuz, qilsa,
Ming ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish.

Erur hayotning o‘q yanglig' o‘lmakiga dalil,
Kishiki, yo kibi qadg'a asodin yetti kerish.

Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish.

Yigitlik o‘ldi bahor-u kuhulat o‘ldi xazon,
Degan bu so‘zni - qarilig'ni qishqa o‘xshatmish.

Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Bahorima chu xazon qo‘ydi yuz, xazonima — qish.

Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qarg'ishdur anga bu alqish.

#Kadastr_samarqand Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/samkadastr