Samarqand Kadastr xabarlari
551 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichi bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№5

#DavKadastrPalata #info #muhofaza_hududi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi.

O‘zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.

Atlasda Respublikamizning "Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari", "Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari", "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi", "Aholisi", "Ijtimoiy" va "Iqtisodiyot sohalari" hamda "Tarixi" aks ettirilgan.

Milliy atlas Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Zarnews.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Мурожаатлар кескин, кўпайган, ижро ҳолати яхши эмас". Турдимов Самарқанд шаҳар ҳокимлиги йўл қўяётган нуқсонлардан хавотирда эканини айтди

@Zarnews_uz
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yashil_makon #Dolzarb_40_kunlik

🌳Yurtboshimiz tashabbuslari bilan 2-noyabrdan 10-dekabrga qadar Respulikamiz bo'ylab #yashil_makon shoiri ostida manzarali va mevali daraxtlarni bo'sh yerlarga o'tkazish ishlari boshlab yuborildi. Bu jarayonda Kadastr sohasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #marafon

🇺🇿MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!

2021-yil 13-noyabr Mustaqillik maydonida Davlat Soliq Qo‘mitasi tashabbusi bilan Kadastr agentligi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘I qabul qilinganligi 30 yilligi munosabati bilan “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!” shiori ostida marafon tashkil etildi.

Ushbu marafon ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Davlat Soliq Qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlar palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from E-AUKSION (Erkin)
Tadbirkorlik uchun yer uchastkasi kerakmi?

26 mingdan ortiq yer uchastkalarini investitsiya majburiyatisiz sotib oling!

▪️
Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1832 ta (ko'rish)
▪️Andijon viloyatidan 1914 ta (ko'rish)
▪️Buxoro viloyatidan 1242 ta (ko'rish)
▪️Jizzax viloyatidan 2721 ta (ko'rish)
▪️Qashqadaryo viloyatidan 2729 ta (ko'rish)
▪️Navoiy viloyatidan 1091 ta (ko'rish)
▪️Namangan viloyatidan 1236 ta (ko'rish)
▪️Samarqand viloyatidan 2633 ta (ko'rish)
▪️Surxondaryo viloyatidan 2804 ta (ko'rish)
▪️Sirdaryo viloyatidan 1193 ta (ko'rish)
▪️Toshkent shahridan 71 ta (ko'rish)
▪️Toshkent viloyatidan 585 ta (ko'rish)
▪️Farg'ona viloyatidan 3477 ta (ko'rish)
▪️Xorazm viloyatidan 2476 ta (ko'rish)

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🟩Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🟩Mazkur maʼlumotda siz, O'rmon xo'jaligining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№7

#DavKadastrPalata #info #o_rmon_xo_jaligi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #uzb_qonuni

“Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʼgʼrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʼra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

🔹yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;

🔹fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);

🔹xususiylashtiriladigan davlat obʼektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);

🔹boʼsh turgan yerlar.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

🔺umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʼlgan yerni sotib olish;

🔺yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʼlar Davlat byudjetiga yoʼnaltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʼarmasiga yoʼnaltirilgan).

Ariza DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

Аriza koʼrib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda boʼlishi shart.

Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

🔶xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;

🔶yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔶yerda joylashgan koʼchmas mulkka qoʼyilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;

🔶aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi;

🔶davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʼyish toʼgʼrisida qaror mavjudligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda oʼzga shaxsga oʼtkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔶arizada notoʼgʼri, bir-biriga zid boʼlgan yoki buzib koʼrsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔶xususiylashtiriladigan yer puli toʼlanmaganligi.

Xususiylashtirishni boshqa sabablarga koʼra rad etishga yoʼl qoʼyilmaydi.

💻Boʼsh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auktsion orqali xususiylashtiriladi.

Yerga boʼlgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun toʼlov qilinganidan soʼng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

📌Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qoʼyish mumkin:

🔷yerga ijro hujjatlari boʼyicha undiruv qaratilganda;

🔷yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);

🔷yer musodara qilinganda;

🔷yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).

Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga oʼtkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.

(OʼRQ–728-son, 15.11.2021 y.).

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Barchangizni 18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy qutlaymiz.
Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi bayrog‘imiz baland hilpirayversin!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔵Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔵Mazkur maʼlumotda siz, Aloqa liniyalarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№12

#DavKadastrPalata #info #aloqa_liniyalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #intervyu

O'zbekistor Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne’mat Atamuratov Zo'r TV kanalining "Ertalabdan salom" ko'rsatuvida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Davlat kadastrlari palatasida Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasining tashrifi “O’zbekiston 24” telekanalidagi “Yangiliklar24” informatsion dasturida keng yoritildi.

#OAV_biz_haqimizda #uzbekiston24
#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
⚪️Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

⚪️Mazkur maʼlumotda siz, Tabiiy xavfi yuqori bo'lgan zonalarning joriy yil 1 noyabr holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№15

#DavKadastrPalata #info #tabiiy_xavfi_yuqori_zonalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
E-ijara interaktiv xizmatida ikkilamchi ijara shartnomasini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi
Vazirlar Mahkamasining 595-son qaroriga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Unda yuridik va jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk obyektlari uchun tuzilgan ijara yoki tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari mumkin.

Bundan tashqari, talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham E-ijara interaktiv xizmatida hisobga qo‘yish mumkin.

Ijaraga beruvchi ijara.soliq.uz saytiga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda talabaga oid ma’lumotlar (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.


#DavKadastrPalata #e_ijara #QQS

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook