Samarqand Kadastr xabarlari
552 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
🔤Kadastr atamalari🔤

➡️ Auksion g‘olibi — lot bo‘yicha eng yuqori sotib olish (ijaraga olish) narxini tasdiqlab, g‘olib deb e’tirof etilgan ishtirokchidir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #yer_ajratish_tartibi

⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida,

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Buxoro Kadastr ️
#Bilasizmi
#Yer_kodeksi

O‘z yeringizdagi huquqingizni bilasizmi ?

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega:

🔵 yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish;

⭕️yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa meliorasiya ishlari o‘tkazish;

🔵 qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;

⭕️ uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash.

🔵 yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish;

⭕️ yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish;

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #xalqaro_aloqalar

🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇿Ozarbayjon kadastr idoralari o‘rtasida yer hisobi, geoaxborot tizimlari, kadastr tizimlarining modernizatsiyasi yo‘nalishida idoralararo ishchi guruhlarning onlayn sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🟢Joriy yilning 8-iyun hamda 22-iyun sanalarida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi hamda 🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati o‘rtasida idoralararo ishchi guruhlarning tajriba almashishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan:

😎Yer maʼmurchiligi hamda yer hisobini yuritish;
😎Yer va kadastr nazorati;
😎Raqamlashtirish va Yer boshqaruviga oid axborot tizimlari;
😎Ozarbayjonning «Nesas» hamda O‘zbekistonning «Uzkad» axborot tizimi imkoniyatlari;
😎geoaxborot tizimlari va manzillar reyestri;
😎Fazoviy maʼlumotlar infrastrukturasini yaratish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish o‘rin oldi.

Maʼlumot uchun: Davlatlararo sohaviy hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya o‘rtasida belgilangan harakatlar rejasiga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomonlarning hamkorlik ko‘lami – yer munosabatlari, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida tajriba almashish, shuningdek mazkur yo‘nalishlarda elektron xizmatlar ko‘rsatish masalalarini qamrab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 841 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Bulung'ur tumanidan 3 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 4 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 93 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 97 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 33 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 68 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 148 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 25 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 32 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 5 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 298 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 35 ta (ko'rish)
🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksion qanday tartibda o'tkaziladi?▪️

⚖️ Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

◼️Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin.

◼️Bunda ishtirokchi tomonidan Nizomning 14-bandi belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda xatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotishda Nizomning 67-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan narxiga nisbatan to‘lash talab etiladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/auksion-qanday-tartibda-otkaziladi/

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 495 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Buxoro Kadastr ️
#Bilasizmi
#Kadastr_pasporti

Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

▪️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

▪️yer uchastkasining kadastr pasporti;

▪️qurilishi tugallanmagan ob’yektning kadastr pasporti.

🌐Telegram  🌐Instagram  🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy savodxonlikni oshirish jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi.

📍 Toyloq tumanida yashovchi aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tumandagi "Bog'ichinor" mahallasida yashovchi aholi o‘rtasida Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi G.Kurbanov, Kadastr agentligi Toyloq tuman bo'limi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toyloq tumani filiali mutasaddilari ishtirokida kadastr sohasiga oid huquqiy savodxonlik hamda korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

◼️Tadbirda sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar hamda normativ huquqiy hujjatlar haqida tushunchalar berildi. Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berilib, tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM