Samarqand Kadastr xabarlari
561 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
🔹Mulkdor ayollari ko‘p hudud - ?!🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2022-yil 1-sentabr holatiga jami obyektlar soni 8 092 590 tani tashkil etadi.

👨🏻‍⚕️💼 Shundan, ko‘chmas mulklari eng ko‘p bo‘lgan erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, viloyatda ularning soni – 694 822 ta.

🤵🏼‍♀️👜 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdor ayollari bo‘lgan hudud esa poytaxtimiz Toshkentga to'g'ri kelar ekan. Keyingi o'rinlarda Toshkent va Farg'ona viloyatlari, so'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rishimiz mumkin. Infografikada batafsil👆

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #kartografiya #xarita

⚡️ Respublikaning interaktiv raqamli xaritasi yaratilmoqda.

💠Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman va shaharlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida interaktiv raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

💠Interaktiv raqamli xaritalarda respublika hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yer maydoni, chegara hududi, nomi, aholi soni va toifasi, mavjud yo‘llar, ko‘chalar, fermer xo‘jalik yerlari, xiyobonlar, daryo va kanallar, madaniy meros obyektlari, ma’muriy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, zavod va fabrikalar, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va boshqalar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #yer_nazorati_2022

📊Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari to'g'risida ma'lumot.

🇺🇿Respublika bo'yicha 12 749 ta holatda jami 3 865,1 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olingan.

BATAFSIL INFOGRAFIKADA

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand #yangi_bino #Narpay_tumani

💠 Kuni kecha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Narpay tumani bo'limi va filiali uchun qurilgan yangi bino foydalanishga topshirilganligi to'g'risida xabar bergan edik.

📹Ushbu yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlarni mazkur videolavhada ko'rishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#vakansiya #Samarqand

⚡️SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

🔻 Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi
bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸 Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasi:

— Pastdargʻom tuman boʻlimi bosh inspektori.

❗️Hujjatlar 2022-yil 29-sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
​​Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi-guruh tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida yig‘ilishi Nurobod tumanida bo‘lib o‘tdi.

🔹Davlatimiz rahbari tomonidan qaratilayotgan eʼtibor va islohotlarni taʼkidlab, oldinda turgan ulkan masʼuliyatli vazifalarni amalga oshirishda xodimlardan o‘z ishiga vijdonan va halol yondashishini so‘radi.

Holbuki, sohadagi qaysi xodim o‘z ishini bajarishda tamagirlik, yulg‘ichlik va korrupsion holatlarga qo‘l uradigan bo‘lsa, oqibati ayanchli yakunlanishi mumkinligi to‘g‘risida filial xodimlariga yana bir bor eslatib o‘tdi.

Zero, har qanday noqonuniy hatti-harakat uchun “Qonun ustuvor - jazo muqarrar” ekanligini yodimizdan chiqarmasligimiz zarurligi uqtirildi.

🔹Shuningdek xodimlarga Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2022 yil 18 mart “Xodimlarning shaxsiy masalalar bo‘yicha chet elga chiqishini kelishish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 72-son buyrug‘i mazmun-mohiyati tushuntirilib, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
🔹Kadastr atamalari🔹

Topografik xarita - asosiy tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona boʻlgan mufassal umumgeografik xarita.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik uchun

🔹BHMning besh baravari (1500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 67-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 1720 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢
Oqdaryo tumanidan 134 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 192 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 6 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 73 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 326 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 88 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 359 ta (ko'rish) 🟢 Payariq tumanidan 96 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 2 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 126 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 15 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 63 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 223 ta (ko'rish)
🟢 Tayloq tumanidan 17 ta (ko'rish)
🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

◻️ Qanday toifadagi yerlar xususiylashtiriladi?

◻️Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#yer_nazorati #jarima #mamuriy_amaliyot

⚡️Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ko'rilgan choralar tuman va shaharlar kesimida quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.


Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#foydali

🏢 Кўп квартирали уйларнинг ертўласини фойдаланишга бериш тартиби

📌 Ертўла ёки унинг бир қисмини ертўладан фойдаланувчига бериш кўп квартирали уйдаги жойлар мулкдорлари умумий йиғилишининг қарори асосида амалга оширилади.

📝 Жисмоний ва юридик шахслар ертўлани фойдаланишга олиш учун кўп квартирали уйни бошқариш органига ёзма равишда мурожаат қилади.

Кўп квартирали уйнинг ертўласида қуйидаги фаолият турлари билан шуғулланишга йўл қўйилади:

🔸озиқ-овқат ва нозиқ-овқат товарлари билан савдо қилиш (дўконлар, киоскалар, дўкончалар ва бошқалар);
🔹 маиший хизмат кўрсатиш (сартарошхоналар, пойабзал тикиш ва таъмирлаш, оптика, соат созлаш устахоналари, тикувчилик ва каштачилик, ателье);
🔸умумий овқатланиш (ресторанлар, кафе, кафетерийлар, музқаймоқ ва чанқовбосди ичимликлар барлари, газакхоналар);
🔹банк хизматлари кўрсатиш (банкларнинг бўлимлари ва валюта алмаштириш пунктлари);
🔸алоқа хизматлари кўрсатиш (почта бўлими) ва курьерлик фаолияти;
🔹газеталар, журналлар ва китоб маҳсулотлари билан савдо қилиш;
🔸 бижутерия ва жевакларни тайёрлаш ва таъмирлаш;
🔹 гулчамбарлар, сунъий гуллар ва гул маржонларини тайёрлаш;
🔸 рассомчилик ва ҳайкалтарошлик;
🔹 хизмат кўрсатиш ва тадбиркорларнинг офислари ҳамда идоралари;
🔸видео ва фотосуратга олиш ҳамда компьютер хизматлари;
🔹таржима ва таҳрир хизматлари;
🔸 дизайн, чизмачилик-графика хизматлари;
🔹 кийим-кечак ва идишларни ижарага бериш хизмати;
🔸риэлторлик фаолияти;
🔹 газламаларга нақшлар солиш, трафаретли босма ва қўлда расм чизиш хизматлари;
🔸 жисмоний тарбия ва спорт муассасалари фаолияти;
🔹 давлат ташкилотларини жойлаштириш;
🔸суғурта ташкилотларини жойлаштириш.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Subsidiya asosida olingan uylarga imtiyozlar▫️

⚜️Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–377-son, 22.09.2022 y.) qabul qilindi.

⚜️ Qarorga muvofiq, 2023 yil 1- yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Batafsil⬇️
https://telegra.ph/Subsidiya-asosida-olingan-uylarga-imtiyozlar-09-23

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

⚡️Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
​​#Bilasizmi #kadastr_chizmalari

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi
#Royxatga_olish

📌 Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 2022-yil 1-20-sentabr kunlarida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot videografika ko'rinishda.

📊Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan jami arizalar 3183 tani tashkil qiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
🔰 Ayni damda Samarqand shahrida joylashgan “VATANPARVAR” bog‘ida Samarqand viloyat hokimi E.O.Turdimovning "SAYYOR QABULI" boshlandi.

🔷 Ushbu tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari boshliqlari kadastr sohasiga oid murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

TelegramYouTube  |  Facebook
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 19-23 sentabr kunlarida jami 1 943 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 19
▫️Andijon viloyati - 107
▫️Buxoro viloyati - 132
▫️Samarqand viloyati - 53
▫️Sirdaryo viloyati - 68
▫️Surxondaryo viloyati - 184
▫️Qashqadaryo viloyati - 176
▫️Toshkent shahar - 214
▫️Toshkent viloyati - 485
▫️Navoiy viloyati - 30
▫️Namangan viloyati - 131
▫️Xorazm viloyati - 115
▫️Jizzax viloyati - 102
▫️ Farg‘ona viloyati - 95
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 32

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Obyektlar uchun arxitektura tanlovi bo‘ladi▫️

⚜️Ommaviy ahamiyatga ega obyektlar eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun arxitektura tanlovi majburiy o‘tkaziladi.

⚜️“Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–378-son, 22.09.2022 y.) qabul qilindi.

Batafsil👇
https://telegra.ph/Obyektlar-uchun-arxitektura-tanlovi-boladi-09-24

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube