Samarqand Kadastr xabarlari
555 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari mobil ilova orqali ishga tushirildi

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💠Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo‘lishi kerak.

🏗 obyektni qurish shartlari;

▫️ berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo‘lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo‘yicha;
▫️ yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo‘lgan zararlar (mavjud bo‘lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;
▫️ yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo‘yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo‘lgan taqdirda);
▫️ tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
▫️ suv muhofazasi, ekologik, yong‘inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo‘lganda).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️DXMdagi xizmatlarimiz▫️

⚜️ Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni Davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha turkum ma'lumotlar.

🏫 Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish xizmati.

#DavKadastrPalata #DXM_xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
👍1
DAVLAT KADASTRLAR PALATASI hafta ichida:

🔵 “Kadastr xalq xizmatida” shiori ostidagi Davlat Kadastrlari palatasining loyihasida galdagi tashabbusni Xorazm viloyati boshqarmasi o‘z qo‘liga oldi. Boshqarmaning Xiva shahar filial xodimlari fuqaro va tadbirkorning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etishdi.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasi Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan markaziy apparat va tizim tashkilotlarining boshlang‘ich tashkilot a’zolari uchun tashkil etilgan uchrashuv haqida bir necha ommaviy axborot vositalari o‘z chiqishlari bilan jamoatchilikka ma’lumotlar yetkazishdi.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari o'tkazildi.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasining Komplaens nazorati xizmati sohada korrupsiyadan holi tizim yaratish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
👉Batafsil

🔵 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida ham Davlatimiz Mustaqilligining 31 yillik tantanalari yuqori kayfiyat va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
👉Batafsil

🔵 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 25-30 avgust kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 1 810 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari.
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev tabrigi
👉Batafsil

🔵 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 25-31 avgust kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlar.
👉Batafsil

🔵 O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatga ega 15ta eng muhim islohotlar majmui bilan mazkur infografikamizda tanishishingiz mumkin.
👉Batafsil

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ko‘chmas mulk obyektlari🔹

🟦 2022 yil 1 avgust holatiga jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari soni va turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ushbu videoinfografikada tanishishingiz mumkin.

🟦 Unda mahallalar, obyektlar, umumiy yer maydoni va qurilish osti maydoni haqidagi ma’lumotlar respublika bo‘yicha jamlangan.

#DavKadastrPalata #info #ko_chmas_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Prezident_farmoni

❗️Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilinadi

“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 24.08.2022-y.) qabul qilindi

🔰Farmon bilan quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentyabrdan bekor qilinadi:

🔘 yerga boʻlgan huquqlardan foydalanishda:

▫️yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishiga asos boʻlgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga boʻlgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;

▫️yerdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan ariza huquqni bekor qilish uchun asos boʻladi);

▫️yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga boʻlgan huquqlarini bekor qilish.

Telegram | YouTube | Facebook
👍1
🔹Kadastr atamalari🔹

Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
👍1
#Kadastr
#Infografika_Samarqand #yer_nazorati

Yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrilgan choralar bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
📧SAVOL: Uyimning bino kadastri mavjud, ammo yeriniki yo‘q, shuni xususiylashtirmoqchiman. Qayerga murojaat qilsam bo‘ladi?

🧾JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi 71-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish «Yerxususiylashtirish» AAT orqali amalga oshiriladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Rasmiy munosabat!

"Noqonuniy qurilish bizning mahallaga ham yetib keldi" mavzusida @Zarafshonbot‘ga murojaat bo‘yicha Kadastr agentligi Samarqand shahar bo‘limi hamda Samarqand shahar hokimligining Arxitektura va qurilish bo‘limi masʼul xodimlari birgalikda murojaatchi ishtirokida holat mavjud hujjatlar asosida joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu uy-joyni sotib olgan fuqaro tomonidan eski devor o‘rnidan ko‘cha uchun o‘z hududidan qisman joy qoldirib, qaytadan yangi devor qurayotganligi maʼlum bo‘ldi va murojaat muallifiga tegishli tushuntirishlar berildi.

📹Batafsil videoda.

Telegram | YouTube | Facebook
▫️Qurilishdagi statistika▫️

🏗 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida bino va inshootlar qurilishi yetakchilik qilmoqda.
Mazkur faoliyat turida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 47,9 trln.so‘mni tashkil etgan holda, 67,7 % ulushni tashkil etdi.-deya Davlat statistika qo’mitasi xabar berdi.

Shuningdek fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha 15,3 trln.so‘m yoki 21,6 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bo‘yicha 7,5 trln.so‘m va 10,7 % ishlar bajarildi.

Yangi qurilish hisobidan 15060,1mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 31,5% ni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 22468,9 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 46,9 % ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr
#Infografika_Samarqand #Kadastr_agentligi_Samarqand

🔷📌Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi Maʼmuriy amaliyot boʻlimi tomonidan olib borilgan ishlar Infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Kadastr
#Infografika_Samarqand #Kadastr_agentligi_Samarqand #infografika

🔷📌Kadastr agentligining Samarqand viloyat boshqarmasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi maʼlumot 1-sentabr holatiga. Infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🌎 Agar butun Yer sayyorasi ertaga parchalanib ketishini bilgan taqdirimda ham, bugun baribir olma daraxti ko'chatimni ekkan bo'lardim.

🖌Martin Lyuter King

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🧏🏻‍♂️ Vaqtingiz va naqdingizni tejang!

👨🏻‍💻 My.gov.uz orqali koʼchmas mulkka doir elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning:

📈 Kadastr pasportini shakllantirish;

📑 Turar joyning maydoni boʼyicha maʼlumotnoma olish;

✍️ Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

👨🏻‍💻 Davlat kadastr reyestridan koʼchmas mulk boʼyicha koʼchirmani tekshirish;

📃 Oʼzganing yer uchastkasidan foydalanish uchun ruxsatnoma;

📑 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

📄 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;

📥 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʼqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma olish;

🧑🏻‍💻 Kadastr obʼektiga taqiqni tekshirish va boshqalar;

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️Saratovda dronlar shousi bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi boshqa davlatlarda ham dronlar shousini o'tkazishni boshladi. Joriy yilning 3-sentabr kuni Saratovdagi Volga daryosi ustiga 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkazildi.

🔰Shou yerning birinchi kosmonavti Yuriy Gagarin xotirasiga bag'ishlandi.

🪐Tomoshabinlar sayyoralararo bo'shliqlarni zabt etuvchi quyosh tizimi, "Vostok" kosmik kemasi yodgorligi timsollarini dronlar yog'dusi orqali ko'rishdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
​​#Bilasizmi #kadastr_chizmalari

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.
👍1
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish

⚜️ Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi, 68-modda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

🏢🏠 Ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni Davlat ro'yxatidan o'tkazishga oid ma'lumotlar jamlangan intervyuda siz yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish xizmati bilan ham tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #intervyu #ro_yxatdan_o_tkazish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube