Samarqand Kadastr xabarlari
549 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Forwarded from E-AUKSION (Zohirshoh)
631 ta yaqin qishloq xo'jaligi yerlarini
ijaraga oling

▪️ Andijon viloyatidan 3 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro viloyatidan 1 ta (ko'rish)
▪️ Jizzax viloyatidan 4 ta (ko'rish)
▪️ Qashqadaryo viloyatidan 140 ta (ko'rish)
▪️ Navoiy viloyatidan 111 ta (ko'rish)
▪️ Namangan viloyatidan 2 ta (ko'rish)
▪️ Samarqand viloyatidan 75 ta (ko'rish)
▪️ Surxondaryo viloyatidan 3 ta (ko'rish)
▪️ Sirdaryo viloyatidan 135 ta (ko'rish)
▪️ Toshkent viloyatidan 134 ta (ko'rish)
▪️ Farg'ona viloyatidan 4 ta (ko'rish)
▪️ Qoraqalpog`iston Respublikasidan 19 ta (ko'rish)

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔹“Yangi O‘zbekiston” gazetasidagi suhbat🔹

📄 Bugun, Respublikamizning ijtimoiy siyosiy gazetasi “Янги Ўзбекистон”нинг 51-sonida “Yer uchastkalarini xususiylas’htiris’h nima beradi” mavzusida jurnalistning Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohirxo’ja Valiyev bilan bo’lgan suhbati chop еtildi.

📄 Mazkur suhbatni “Янги Ўзбекистон”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ham o’qis’hingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Kadastr muhandisi – hususiy sektorda▫️

◻️ “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi faoliyati joriy etilganidan xabaringiz bor.

◻️ Ushbu faoliyatni boshlashi uchun talabgorlarga o’quv kurslari o’tkazilgandi. O’quv kursini yakunlaganlar 19 nafar bo'lib, ular endilikda malaka imtihonini topshirish uchun Davlat kadastrlari palatasining sertifikatlariga ega bo'lishdi.

◻️ Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta’lim olgan mazkur bitiruvchilar faoliyati Davlat kadastrlari palatasi tomonidan muntazam o‘rganib borilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #sertificate

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yer munosabatlarida huquqiy bilim▫️

🔷 "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.06.2021 yildagi 6243-son farmonidan.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #qishloq_xo_jaligi_yerlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2022-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq har chorakda Komplaens-nazorat xizmati tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda ochiq eshiklar tamoyili ko‘rinishida, “Davra suhbatlari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari binosida “Korrupsiya-taraqqiyot dushmani” mavzusida viloyat sudi va viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARGA YER AJRATISHDA IMTIYOZLAR BERILADI


14.03.2022-YIL

https://t.iss.one/SamTvr
#Самарқанд вилоятидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди.

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали бир қатор ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:
🔸Давлат кадастрлар палатаси Самарқанд вилояти бошқармаси:
— Самарқанд туман филиали - Давлат кадастрлари ягона тизими мутахассиси;

— Самарқанд туман филиали - Ерларни аукционга чиқариш мутахассиси;

— Тойлоқ туман филиали - Ер кадастри мутахассиси;

— Нуробод туман филиали - Давлат кадастрлари ягона тизими мутахассиси;

— Нуробод туман филиали - Ер кадастри мутахассиси;

— Иштихон туман филиали - Ерларни аукционга чиқариш мутахассиси;

— Иштихон туман филиали - Ер кадастри мутахассиси;

— Нарпай туман филиали - Давлат кадастрлари ягона тизими мутахассиси;

— Булунғур туман филиали - Ер кадастри мутахассиси;

— Булунғур туман филиали - Филиал бошлиғи;

— Оқдарё туман филиали - Давлат кадастрлари ягона тизими мутахассиси;

— Каттақўрғон шаҳар филиали - Ер кадастри мутахассиси;

— Каттақўрғон туман филиали - Ер кадастри мутахассиси.


▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 15 мартдан 24 мартгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Расмий саҳифаларимиз 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#matbuot_anjumani

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasida ochiq elektron tanlov asosida ijaraga beriladi.

“Zarafshon”
gazetasining 2022-yil 15-mart, seshanba 30 (23.597)-sonida batafsil o'qishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Forwarded from Zarnews.uz
Самарқанд шаҳри, Иштихон ва Пахтачи туманларида ноқонуний ер сотиш ҳолатлари аниқланди

Давлат хавфсизик хизмати Самарқанд вилояти бошқармаси ҳамда вилоятдаги бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар билан ҳамкорликда бир нечта ноқонуний ер сотиш ҳолатлари фош этилди.

👉 https://zarnews.uz/xwm4

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟩 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-qarori bo‘yicha ma’lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Самарқанд вилоятидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди.

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Самарқанд вилояти филиали бир қатор ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸Давлат кадастрлар палатаси Самарқанд вилояти бошқармаси:
— Оқдарё туман филиали - Ерларни аукционга чиқариш мутахассиси;

— Каттақўрғон туман филиали - Ерларни аукционга чиқариш мутахассиси;

— Тойлоқ туман филиали - Ерларни аукционга чиқариш мутахассиси;

— Каттақўрғон шаҳар филиали - Давлат кадастрлари ягона тизими мутахассиси.

▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 16 мартдан 25 мартгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

⭕️ Порталнинг расмий каналиhttps://t.iss.one/vacancy_argos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand #davra_suhbati
#korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

Joriy yil 14-mart kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari binosida “Korrupsiya-taraqqiyot dushmani” mavzusida viloyat sudi va viloyat prokuraturasi xodimlari ishtirokida o'tkazilgan davra suhbatidan video lavhalar.

Davra suhbati qizg'in savol-javoblarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Berilgan savollarga viloyat sudi sudyasi B.Alikulov va viloyat prokuraturasi bo'lim prokurori F.Muxitdinovlar batafsil tushuntirib o'tishdi va kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni tez-tez o'tkazib turishga kelishib olindi.

Davra suhbati yakunida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari tomonidan viloyatdagi huquqni muxofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida tayyorlangan video lavha yig'ilganlar e'tiboriga havola qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

💠 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 8-14 mart kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

💠 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 693 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yer munosabatlarida▫️

🟦 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi quyidagicha.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti #narxlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ma’lumot o’rnida⚜️

◻️Auksionga uy-joy qurish uchun yerlar qanday o‘lchamda chiqariladi va ularning narxlari qanday belgilanadi?

◻️ Bu fuqarolarga qanday imkoniyatlarni yaratadi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube