Samarqand Kadastr xabarlari
551 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, yer mulkingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaganligi hisobga olinadigan bo'lsa, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr pasporti mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Samarqand viloyati Urgut tumanida sayyor qabul▪️

⚡️ Ayni damda, Samarqand viloyatining Urgut tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

◼️Sayyor qabul davomida kadastr masalalarida muammolari bo'lgan fuqarolarga ularni hal qilishga yaqindan yordam ko'rsatilib, sud-huquq organlariga bog'liq hamda manzili noto'g'ri murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

◼️ Hozirgacha 10 dan ortiq masalalar ko'rib chiqildi. Batafsil yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

🌍 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi yer kodeksi 91-modda

🏠 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🌍Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

📃 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 4587 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi.

🟢 Oqdaryo tumanidan 302 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 364 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 258 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumani 638 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 303 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 753 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 89 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 271 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 99 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 87 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 169 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 880 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 217 ta (ko'rish)
🟢 Tayloq tumanidan 11 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 9 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo`rg`on shahridan 137 ta (ko'rish)

🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat maydonga qancha aholi to‘g‘ri keladi?▪️

📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km kv. yer maydoniga o‘rtacha 81 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

◼️Qayd etilishicha, bu 2022-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2022-yil 1-iyul holatiga 1 km kvga 79,3 kishi).

◼️Shuningdek, ma’lum qilinishicha, 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 372 437 kishini tashkil etmoqda.

▫️ Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi;
▫️ Qishloq joylarda – 17 814,9 ming kishi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #sohada_qullaniladigan_texnikalar

🌟 SOHADA QO'LLANILADIGAN TEXNIKALAR

👌 PTERO G-1 uchuvchisiz havo tizimi haqida umumiy ma'lumot.

Xususiyatlari:

🟢 UAS uchuvchisiz havo tizimi havodan suratga olish uchun va diagnostika ishlarini amalga oshirish uchun maxsus mo'ljallangan;
🟢 Uzoq parvoz masofasi va sun'iy yo'ldosh orqali boshqarish qobiliyati mavjud;
🟢 Sun'iy yo'ldosh kanali obyektlarni aerofotosuratga olish imkonini beradi;
🟢 Hududning uzunligi va maydoni jihatidan ahamiyatliligi;
🟢 Hududning boshlang'ich nuqtadan sezilarli masofadaligi;
🟢 Chiroqdan foydalanish tungi vaqtda ishlash imkonini beradi;
🟢 Eng so'ngi ma'lumotlarni qayta ishlash, ishlov berish tezligi va xarajatlarni kamayishi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Geoinnovatsiya #bilasizmi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi hududida istalgan fuqaro Dron uchirish huquqiga egami?

❤️‍🔥 Diqqat qiling bu muhim❗️❗️❗️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 658-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

🌟Kadastr agentligining «Geoinnovatsiya markazi» davlat unitar korxonasi va bir nechta tashkilotlardan tashqari har qanday holatlarda uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlarida qonun bilan nazorat qilinadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 26-iyul - 01-avgust, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 939 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Kadastr agentligining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan shaharning Dahbediy mahallasi hududida yer qonunchiligi bo‘yicha o‘rganilganda Siyob dehqon bozori hududidiga chegaradosh bo‘lgan Bibixonim ko‘chasida piyodalar o‘tish yo‘lagidan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olinganligi aniqlangan.

✔️Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Natijada noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #yer_nazorati

🌍 Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan ko'rilgan choralar to'g'risidagi ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #palata

👍👍👍👍👍👍

📄 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligini ma’lum qilamiz.

⚡️ Qarzdorliklarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatilarida kuzatilmoqda. Sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, fuqaro va tadbirkorlardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda faollik sezilmayapti.

❗️Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalaga oshirishlarini so‘rab qolardik.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Turar-joy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

3️⃣ Ariza beruvchi to‘lovni amalga oshiradi;

4️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🌟 Kadastr pasportini tayyorlash ob'ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🏙 ko'p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠 yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #20_ta_kadastr #dkyat

🌟Kadastr agentligi tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT)ga jami: 14 615 677 ta donali, 505 539 km chiziqli va 41 659 062 gektar geoaxborot ma’lumotlari shakllantirilgan.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida, vazirlik va idoralar tomonidan DKYaTga 7 612 ta nuqtali yangi obyektlar taqdim etildi.
Shuningdek, 40 194 ta nuqtali va 6 838 km chiziqli geoaxborot ma’lumotlari yangilanib qayta taqdim etildi.

💠Ushbu ma’lumotlar boshqarma bosh mutaxassislari tomonidan to‘liqligi va to‘g‘ri shakllantirilganligi (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-oktabrdagi 620-sonli qarori nizomga asosan) yuzasidan tahlil qilinib, 7 612 ta yangi obyekt hamda 16 513 ta donali va 6 838 km uzunlikdagi yangilangan obyektlarning geoaxborot ma’lumotlari DKYaTga qabul qilindi.

➡️ Batafsil infografikada.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya #Samarqand

⚡️SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

🔻 Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi
bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

▪️Kadastr agentligi Oqdaryo tumani bo‘limi: yetakchi inspektori;

❗️Hujjatlar 2023-yil 08-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sport_musobaqa
👍👍👍👍👍👍

🌟Kadastr agentligi hamda uning tizimidagi barcha korxona va tashkilotlar o‘rtasida mustaqilligimizning 32 yillik bayramiga bag‘ishlangan erkaklar o‘rtasida mini-futbol ⚽️ sport o‘yini hamda ayollar o‘rtasida turli xil sport musobaqalari START olish arafasida! Ushbu musobaqada 🌟Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari, tizim tashkilot xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

➡️ Musobaqa 21-22-23-24-25-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

📌 Musobaqa bo'yicha barcha yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin!

🟥Barchaga omad yor bo‘lsin!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🫥 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlarni amalga oshirish muddatlari

◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga doir harakatlar tegishli hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi. Agar talab etiladigan hujjatlar ariza bilan birga taqdim etilmagan bo‘lsa, bu muddat talab etiladigan hujjatlar berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.

📃 Taqdim etilgan hujjatlarda bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan yoki qo‘shimcha hujjatlarni talab etadigan kamchiliklar mavjud bo‘lganda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uch ish kuniga to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday holda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida vositachini va (yoki) arizachini bir ish kuni ichida xabardor qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika_Samarqand #Kadastr_agentligi_Samarqand

⭐️Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga joriy yilning 1-avgustiga qadar kelib tushgan murojaatlar.
Batafsil infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar #kadastr

🏙 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣ Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣ Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔤 kadastr pasportini shakllantirish

➡️🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

😎umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

😎umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🌍 ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔤 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

😎2 ish kunigacha.

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM