Samarqand Kadastr xabarlari
551 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishni qonuniy tashkil etishga imkoniyat bor

Samarqand shahrida keyingi paytlarda ayrim “tadbirkorlar” tomonidan o‘zboshimchalik bilan ko‘chma savdo do‘kon va rastalarni ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatib olish kuzatilmoqda. Shu turdagi do‘konlarni esa Kadastr agentligi Samarqand shahar bo'limi tomonidan olib tashlash ishlari muntazam tashkil etib borilyapti va tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda ko‘chma do‘kon o‘rnatib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolar va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlardan bu kabi noqonuniy xatti-harakatlarni qilmasliklarini so‘rab qolamiz. Shuningdek, faoliyatingizni qonuniy davom ettirmoqchi bo‘lsangiz E-auksion.uz platformasi orqali ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga olishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ramazon #hayit_bayrami #islom #kadastr

Hayit – Alloh taoloning moʻmin bandalariga ziyofat kunidir. Bugun Ramazon oyida qilingan ibodatlar qabul boʻladigan, unga behisob ajr-u savoblar beriladigan hamda gunohlardan poklanadigan kun.

Dunyo moʻmin-musulmonlarining hayotida xursandchilik kunlari bardavom boʻlishini tilab, xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizdan qut-baraka va turmushingizdan yaxshiliklar arimasin, deymiz.

Yurtimiz yanada obod, xalqimizning turmushi farovon, qalblarimizdagi iymon ziyoda boʻlsin!

🌙Barchamizga musulmon ahlining muqaddas bayrami Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu bayramning shukuhi xonadoningizda abadiy qolsin. Oilangiz tinch, dasturxoningiz to‘kin-sochin bo‘lsin. Sizni aʼlo kayfiyat va mustahkam sog‘liq hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati jamoasi.
▪️22-aprel - "Xalqaro Yer kuni"▪️

🌎 Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan. Uning 29 %dan ortiqrog'i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo'g'i 11 %ni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 %ini yetishtirib beradi.

🪐 22-aprel sanasida ana shu jihatlarga e'tibor qaratilib, bu kun turli mamlakatlarda tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutishga chorlaydi. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 827 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢 Oqdaryo tumanidan 2 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 87 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 25 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 240 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 17 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 17 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 9 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 1 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 74 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 5 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 289 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 61 ta (ko'rish)
🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇
Telegram | 📹 YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️РАСМИЙ МУНОСАБАТ.

Интернет тармоқларида “Фуқаронинг 1000 АҚШ доллари пуллари эвазига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб беришни ваъда қилган шахслар қўлга олинди” видео тарқалди.

‼️Унда баён этилган ҳолатлар аслида бошқача бўлган!
Аниқлик киритамиз.

Жорий йилнинг 18 апрель куни Бош прокуратураси ҳузуридаги иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаменти Фарғона вилояти бошқармаси Олтиариқ тумани бўлими томонидан ноқонуний ер олди-сотдиси бўйича тадбир давомида фуқаро ер майдони эгасига кадастрдаги танишлари орқали фуқарога кадастр ҳужжатларни расмийлаштириш нотурарни турар жой тоифасига ўтказиш эвазига 1000 АҚШ доллари олган вақтда қўлга олинган.

Тадбир давом эттирилган ва фуқаро кадастр туман филиали раҳбари Х.Х.га йўналтирилган. Ўз ўрнида Х.Х. томонидан фуқаронинг таклифи рад этилган ва пора сифатида таклиф етилган пулларни олмаган.

Шундан сўнг, Х.Х. туман прокуратурасига олиб келинган ва суриштирув натижасида юқоридаги ҳолатга алоқаси йўқ деб топилиб қўйиб юборилган.

Янгиланаётган Конституцияда ҳам айбсизлик презумпциясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

“26-модда. Жиноят содир этганликда айбланаётган ҳар бир шахснинг иши судда қонуний тартибда, ошкора кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмайди. Судда айбланаётган шахсга ўзини ҳимоя қилиш учун барча шароитлар таъминланади.”

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Masofani o'rganamiz▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o‘rtasidagi masofa bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

➡️ Foydali bo'lgan ushbu ma'lumotlarni kengroq tarqating.

#DavKadastrPalata #masofa

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga chiqarilgan yer uchastkalari▪️

⚖️ Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 2023 yil 18 -24 - aprel kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 200 ta yer uchastkalarining  statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🌟  Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_bilim #kadastr_pasporti

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◼️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

🌟 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (Servitut) to'g'risidagi kelishuvlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yer fondi hisobotlari arxivlashtirildi▪️

🇺🇿 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan 2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasining yer fondi hisoboti tayyorlanib matbuot anjumani va ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumotlar taqdim etilgan edi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo'limi xodimlari tomonidan 2021-2023-yillar mobaynida bajarilgan Yer fondi balansi hisobotlariga asos bo'lgan 3 yillik arxiv hujjatlari Markaziy apparat arxiviga joylashtirildi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xonalar qanday raqamlanadi ?▪️

⚜️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

◼️ Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun mazkur loyihamiz foydali bo‘lmoqda.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Fuqarolar nomlarida turarjoy bor yoki yo'qligi haqida ma'limot berish - qog'oz shaklida taqdim qilish vakolatiga egami? Shunday savol bilan kadastrga murojaat qilishlari ko‘p uchramoqda.Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hafta davomida 3 953 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #forum_2023

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тошкент халқаро инвестиция форумидаги иштироки:

➡️ Халқаро конгресс марказида иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг очилиш маросимидаги нутқи Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг очилиш маросимидаги нутқи
➡️ Иккинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми ўз ишини бошлади. Форумнинг ялпи мажлисида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этди. Давлатимиз раҳбари ўз нутқида хорижий инвесторлар билан ҳамкорликни кенгайтириш борасидаги янги имкониятларни кўрсатиб ўтди.
➡️ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент халқаро инвестиция форуми доирасида Ислом тараққиёт банки президенти Муҳаммад бин Сулаймон ал-Жассирни қабул қилди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM