Samarqand Kadastr xabarlari
563 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Siz uchun foydali▪️

Mazkur infografika orqali Siz uy qurilishi oldidan bilishingiz kerak bo'lgan barcha ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Foydali bo'lgan ushbu ketma-ketlikni yaqinlaringizga ham ulashing.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati yo'nalishga oid ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

#DavKadastrPalata #siz_uchun_foydali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

MAʼMURIY JARIMALAR 15 KUN ICHIDA TOʻLANSA, CHEGIRMA QOʻLLANILADI

🔷 Prezident qaroriga (PQ–99-son, 23.03.2023-y.) muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Shunga koʻra, 2023-yil 1-maydan:

👉 huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

👉 Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️⚡️⚡️ERTAGA 5 KUNLIK ISHLAYDIGAN XODIMLAR UCHUN RASMAN ISH KUNI

Prezident farmoni bilan 25-mart shanba dam olish kuni 22-mart chorshanba kuniga ko‘chirilgan edi.

Shu munosabat bilan 25-mart, shanba kuni 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤Kadastr atamalari🔤

➡️ Manzil xaritasi — reyestrning obyektlar joylashuvi haqida geologik fazoviy axborotni, shuningdek, boshqa geofazoviy bog‘langan axborotni o‘z ichiga olgan bir qismi sanaladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nogironligi bo‘lgan shaxslarning auksion orqali yer uchastkasi sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori (122–son, 23.03.2023 y.) bilan Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

⭕️Bunda xarajatlar ushbu miqdordan yuqori bo‘lgan hollarda BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

✔️ Imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:

🔹oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;

🔹yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;

🔹nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi.

🗓 Imtiyozli toifadagi shaxs auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab 3 oy ichida o‘z hududidagi tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga murojaat qilishi lozim (ushbu muddatdan kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi).

📁 Mablag‘ ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishi taʼminlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"E-AUKSION" elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi
(1-video)

🔹ro'yxatdan o'tish
🔹ma'lumotlarni to'ldirish
🔹bepul elektron raqamli imzo kalitini olish
🔹shaxsiy hisobni to'ldirish
🔹lot uchun ariza berish
🔹ariza bergan ishtirokchilar soni bilan tanishish
🔹auksionlarni ro'yxatdan o'tmasdan kuzatib borish

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ Samarqand viloyatidan E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting va mulk sotib oling!

⭕️ 569 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (ko'rish)
⭕️ 115 ta ko'chmas mulklar (ko'rish)
⭕️ 4083 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 2 ta qazilmalarni qazish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 942 ta reklama o'rnatish uchun joylar (ko'rish)
⭕️ 1800 ta dehqon xo`jaligiga mo`ljallangan yer uchastkalari (ko'rish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️ Davlat rahbari qarori bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda uchta yo‘nalishda – aksiya, ko‘chmas mulk va IPO bo‘yicha xususiylashtirish rejalari belgilangan.

◾️Birinchidan, 1 mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi.

◾️Ikkinchidan, 1 mingta ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi. Ularda 600 gektar yer va 1 million kvadrat metrli bino-inshootlar mavjud. Eng muhimi, infratuzilma bilan ta’minlangan va aholi punktlariga yaqin.
Ushbu obyektlarni sotishni tezlashtirish uchun mulklarni sotishga tayyorlash muddati hozirgi 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/prezident-shavkat-mirziyoev-24-mart-kuni-davlat-mulkini-xususiylashtirish-ishlarining-ijrosi-va-bu-borada-joriy-yilgi-rejalar-muhokamasi-yuzasidan-yigilish-otkazdi/

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Endi "SNOS" masalasi muammo bo‘lmaydi

📌Yangilanayotgan konstitusiyada har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas.

🪙Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
◾️ DIQQAT E'LON!◾️

▶️ DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING
MATBUOT ANJUMANI

▶️ 29-mart kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

👔 Mavzu: "O'zbekiston Respublikasida yer hisobining yuritilishi hamda ko'chmas mulkka oid qonunchilikdagi yangiliklar”

📃 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Samarqand viloyatidan
e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 1969 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🟢
Oqdaryo tumanidan 47 ta (ko'rish)
🟢 Bulung‘ur tumanidan 49 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 53 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 64 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 101 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 116 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 115 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 287 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 112 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 113 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 338 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 29 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 273 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 83 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 102 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on shahridan 87 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko‘ra savdoga chiqarilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

⚡️Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.

Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.

📍Konstitutsiya loyihasining 65-moddasi.

Men bu o‘zgarishlarga albatta befarq emasman. Agar siz o‘zingizning yer va mol-mulklaringiz taqdiriga befarq bo‘lmasangiz joriy yilning 30-aprel kuni “Konstitutsiya bo‘yicha referendumda, albatta, ishtirok eting”.

F. Xudoyqulov – Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i.

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Korxona 2021-yilda balansida bo'lgan mol-mulkning bir qismini jismoniy shaxslarga sotdi va kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi. Ushbu sotilgan mol-mulklarning maydonini kamaytirish maqsadida 2022-yilda ariza berildi.
O'z balansida mavjud bo'lmagan(sotilgan) mol-mulkning maydonini qaysi sana bilan kamaytirib beriladi? Ariza berilgan sana bilanmi? Yoki sotilgan sana bilanmi?


✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 423-moddasiga asosan, Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1 yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 413-moddasiga asosan Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti bo‘yicha alohida aniqlanishini ma’lum qilamiz.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

⚜️📝 Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

▪️Konstitutsiya loyihasining 47-moddasi

M.Kuvandikov - Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i.

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Oldin davlat istalgan sabab bilan uy-joyni buzishi mumkin edi.

⚖️“Endi sud qarori bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyni mulk egasining roziligi bilan va to‘liq kompensatsiya bergandan so‘ng buzish mumkin”yangilanayotgan Konstitutsiyaning 47-moddasi.

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 2013 dan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

🟢 Oqdaryo tumanidan 6 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 175 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 60 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 272 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo‘rg‘on tumanidan 164 ta (ko'rish)
🟢 Qo‘shrabot tumanidan 112 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 128 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 291 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg‘om tumanidan 93 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 65 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 16 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 7 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 515 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 109 ta (ko'rish)
🟢 YANADA KO’PROQ👉 (koʼrish)

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_uchastkalari #qonun #yer_kodeksi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy yilning 16- avgustida qabul qilingan 708-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida Yer kodeksi 91¹-modda bilan to‘ldirildi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

⭕️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bino_inshootlar #Bilasizmi #Kadastr_Samarqand

QOIDA BO‘YICHA MASOFA QANCHA?

❇️Turar joy bilan ijtimoiy ob’ektlar o‘rtasidagi masofa qancha bo‘lishi lozim?

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | 📹YouTube | 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #yer_ajratish_tartibi

⚡️Amaldagi yer ajratish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi farmoniga muvofiq, hozirda quyidagi yer ajratish tartibi amal qiladi:

🔹yer uchastkalari xususiy sektorga mulk va ijara huquqi asosida,

🔹davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko‘ra, faqat ijara huquqi asosida

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

❗️Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий и пособий"

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM