Samarqand Kadastr xabarlari
548 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Axborot_xizmati #Kadastr

Matbuot kotibining samarali faoliyat olib borishi nimalarga bog‘liq?

Bugun Samarqand viloyat Matbuot uyida “Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligi omillari” mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirda shaxsga doir maʼlumotni ruxsatsiz oshkor etganlik uchun belgilangan javobgarlik, tashkilot imijini yaratishda va inqirozli vaziyatlarda matbuot kotibining professionallik darajasi xususida so‘z yuritildi.

O‘quv-seminarida mahoratli jurnalistlar va ekspertlar tomonidan axborot xizmati xodimining bosma nashrlar vakillari bilan axborot almashinuvi samaradorligi usullari va boshqa mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

Samarqand viloyat hokimligi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu seminarda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmalari axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Davlat attestatsiyasidan o‘tgan axborot xizmati rahbarlariga guvohnoma topshirildi, shu jumladan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi A.Xaitov hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i-boshliq maslahatchisi A.Nishanovlar ham maxsus guvohnomani qabul qilib olishdi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun, O‘zbek tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kuniga 582 yil to‘ldi.

💰 Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.

💰Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.

💰Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a,
Ayon ul zahrchashm aylab, nihon bu no‘shxand etmas.

“Badoyeʼ ul-vasat” devonidan misralar.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik uchun

🔹BHMning besh baravari (1500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 67-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

🎆 FOTO MA'LUMOT

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hafta davomida 5 526 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yizasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Alisher_Navoiy

🟢Bugun respublikamizda Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy (1441-1501) - to‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.

Alisher Navoiy hayotiga taalluqli bilishimiz kerak bo'lgan 8 ta ma’lumot:


🟢Navoiy 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini va buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.
🟢Alisher Navoiy «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan.
🟢Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.
🟢 Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.
🟢Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.
🟢Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
🟢Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
🟢Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “Hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Samarqandda sayyor qabul▪️

⚡️ Ayni damda rejaga binoan, Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari Ahmadjon Suyunov va viloyat mutasaddilari ishtirokida Samarqand viloyatining Payariq tumanida fuqarolarining kadastr borasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish uchun tashkil etilgan sayyor qabuli o'tkazilmoqda.

◼️ Unda jismoniy va yuridik shaxslarning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Туркия Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонасига бориб, турк қардошларимизга яна бир бор ҳамдардлик билдирди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил посольство Турецкой Республики в Узбекистане и вновь выразил соболезнования турецким братьям.

#Mirziyoyev #hamdardlik #Turkiya #elchixona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Prokurorlarga sudda ishtirok etish majburiyati qo'yilmoqda▪️

⚜️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Sudlarda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

⚖️ Bugungi kunda sudlar tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq nizolarni hal etishdagi muammolarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar bilan bog'liq ishlarda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini belgilash, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni uzoq muddatli ijaraga berish majburiyatini yuklash haqida qarorlar qabul qilinayotgani aniqlanmoqda.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika_Samarqand #Kadastr_agentligi_Samarqand

⭐️Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga 2023-yil boshidan 9-fevralga qadar kelib tushgan murojaatlar.
Batafsil infografika ko'rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Samarqand #DavKadPalata

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tasdiqlangan 2023-yil I-yarim yilligi davomida sayyor qabul kunlari rejasi ijrosi bo‘yicha bugun Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov tomonidan Samarqand viloyatining Payariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir boshida A.Suyunov tomonidan tadbir ishtirokchilarga bugungi kunda kadastr sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgartirishlar va sohadagi yangiliklar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida aholiga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, sayyor qabulga kelgan 30 dan ortiq fuqarolar o‘zlarining kadastr sohasiga oid muammoli masalalari bo‘yicha mas’ullarga savollar bilan murojaat qilishdi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM