Samarqand Kadastr xabarlari
561 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#Yangi_yil_shukuhi #Samarqand

Yangi yil bayrami barchaga birdek zavq ulashuvchi ayyomdir. Shu kunlarda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasida ham ana shu bayram shukuhi hukmron. Yangi yilni yaхshi kayfiyatda kutib olish va bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida boshqarma binosi bayramona bezatilgan.


Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
⭕️⭕️⭕️

12-dekabr kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati.

🗣Ishtirok etadi: ⭐️Kadastr agentligi mutasaddilari

🫥Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

➡️ Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤Kadastr atamalari🔤

🔤 Obyektning ichki manzili — obyektning ma’muriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #palata #infografika

📚 Huquqiy ma’lumot 📚

🇺🇿 Hukumatning 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 4-bandiga ko‘ra, quyidagi hollarda ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi.

Batafsil infografikada

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍"Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида"ги Қонун мазмун-моҳияти

АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

📹 Жонли эфир
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢#matbuot_anjuman

📝Қонуннинг қабул қилиниши кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан соҳасидаги муносабатларни тартибга солиш ва бу билан мулкдорларнинг ҳуқуқларини давлат томонидан кафолатлаш ва ҳимоя қилишни қонун даражасида амалга оширишдан иборат бўлиб, унда кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасига оид асосий тушунчалар, ваколатли органлар, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш, маълумотларни тақдим этиш тартиби, ҳуқуқ белгиловчи ҳужжатлар ва хусусиятлари, рўйхатдан ўтказувчилар мақоми, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишни ташкил этиш, низоларни судгача ҳал этиш, жавобгарлик мезонлари ёритилган.

👍Кадастр агентлиги директор ўринбосари
Мирсаид Мирмаксудов
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#матбуот_анжумани

🔹Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишда юзага келган низоларни судгача ҳал этиш мақсадида комиссиялар ташкил этилмоқда

Бу ҳақда АОКАда Кадастр агентлиги мутасаддилари иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилинди:

〰️〰️〰️
«Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида»ги Қонун 10 та боб, 74 та моддадан иборат.

Қонун 1) ер участкалари, 2) бинолар, иншоотлар, шу жумладан қурилиши тугалланмаган объектлар, 3) кўп йиллик дов-дарахтлар ҳамда 4) мулкий комплекс сифатида бутун корхоналарга нисбатан қўлланилиб, ер қаърига нисбатан татбиқ этилмайди.

Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишнинг асосий принциплари этиб: 1) қонунийлик; 2) кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишнинг мажбурийлиги; 3) давлат рўйхатидан ўтказилган кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларнинг устуворлиги; 4) кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлар тўғрисидаги ахборотнинг очиқлиги; 5) таққосланувчанлик ва мувофиқлик каби белгиланмоқда.

Ушбу принциплардан келиб чиқиб, Давлат рўйхатидан ўтказиладиган ҳуқуқ ва чекловларнинг аниқ рўйхати белгиланмоқда. Қонун 2023 йил 1 мартдан кучга киради.

Батафсил
〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

🌟Mirsaid Mirmaqsudov, Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari:

“Qonunda belgilangan meʼyorlar, bu boradagi tartiblar xususidagi maʼlumot.”

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧡DKPda 1 074 nafar xodim malaka oshirdi 🧡

🤔2022-yil yanvar-noyabr oylarida Davlat kadastrlari palatasida 1 074 nafar xodim kasb mahoratini oshirish kurslarida oʻqitildi.

🟣Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 65
🟣Andijon viloyati - 29
🟣Buxoro viloyati - 147
🟣Samarqand viloyati - 34
🟣Sirdaryo viloyati - 34
🟣Surxondaryo viloyati - 36
🟣Qashqadaryo viloyati - 427
🟣Toshkent shahar - 19
🟣Toshkent viloyati - 25
🟣Navoiy viloyati - 85
🟣Namangan viloyati - 44
🟣Xorazm viloyati - 23
🟣Jizzax viloyati - 59
🟣 Farg‘ona viloyati - 17
🟣Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati - 30

🫥 Oʻquv jarayonlari Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari va bir necha oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilgan.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish_kurslari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣"Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Savol. Bugungi kungacha tashkilotlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi qanday edi hamda mazkur qonun bilan qanday tartibga solinmoqda?

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟Ko‘chmas mulkka egalik huquqingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va mulkingizni himoya qiling.

Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlaridan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga asosan 8 ta toifaga bo‘linadi

◻️Samarqand viloyati yer fondining
toifalari bo‘yicha taqsimlanishi infografika ko‘rinishida

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_reglament

Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish tartibi

⚠️ Xizmat: Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar: Koʻchmas mulk egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda soʻrovnoma toʻldiradi.

2. Vakolatli organ (Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi) joylardagi oʻlchovlarni amalga oshiradi.

3. Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada koʻrsatilgan toʻlov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shakllantiriladi.

🗓 Xizmatni koʻrsatish muddati

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:

● koʻp kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
● yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:

● umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha;
● umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha;
● ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha – 3 ish kunigacha.

➡️ Xizmat narxlari bu yerda.

🖥 YAIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

👉 koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
👉 koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
👉 kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

☑️ Qogʻoz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Huquqiy asos:
Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020-y.)

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM