Samarqand Kadastr xabarlari
553 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#kadastr #xalqaro_seminar #slovakiya

🌟 Kadastr agentligi hamda 🇸🇰 Slovakiya Respublikasi Geodeziya, kartografiya va kadastr idorasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Joriy yilning 29 noyabr sanasida 🌟Kadastr agentligi hamda 🇸🇰 Slovakiya Respublikasi Geodeziya, kartografiya va kadastr idorasi o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish yuzasidan virtual uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣 Uchrashuv kun tartibidan:

🫥 ikki davlat idoralarining geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishidagi faoliyati, - ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi,

🫥yer nazoratini amalga oshirish, noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni bartaraf qilish usullari,

🫥aerogeodezik maʼlumotlarni qayta ishlash;

🫥 masʼul idoralar tomonidan yuritiladigan kadastr va ko‘chmas mulk axborot tizimlari, geoportal imkoniyatlari;

🫥 mulk huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha fikr almashish o‘rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko‘ra tomonlar kadastr, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlari, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish borasida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni davom ettirishga, ekspertlik maslahatlashuvlarida sohaga aloqador Yevropa tashkilotlari mutaxassislarini jalb qilish borasida kelishib oldilar.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ерларни аукцион орқали сотишни соддалаштиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по упрощению продажи земельных участков с аукциона.

#Mirziyoyev #taqdimot #yer #auksion

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Chegaradagi o‘zgarishlar 🔹

◻️O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma 13 ta moddadan iborat. Unda o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkadagi umumiy uzunligi 302,29 km bo‘lgan chizig‘i belgilandi.

◻️O‘zbekistonga 4 957 gektardagi Andijon suv ombori hududi hamda to‘g‘onga xizmat ko‘rsatish va uni muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektar yer maydoni o‘tkaziladi, Qirg‘izistonga esa kompensatsiya tarzida 1 019 gektar yaylov yerlari beriladi.

◻️Shuningdek, Qirg‘izistonga Andijon suv omborining qurilmay qolgan Kampirobod chap qirg‘oq kanali uchun “G‘ovasoy” uchastkasidan 12 849 gektar yer maydoni kompensatsiya tarzida beriladi. Bunda, Qirg‘iziston tomoni “G‘ovasoy” daryosining tabiiy oqimiga to‘sqinlik qiladigan gidrotexnik va boshqa inshootlarni qurmaslik, suvning texnik ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Axborot

🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёев ерларни аукцион орқали сотишни соддалаштиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

⚡️Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-dekabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📃Mavzu: “Yerlarni hisobga olish va yuritishda kadastr organlarining roli”.

🗣Ishtirok etadi: ⭐️Kadastr agentligi mutasaddilari

🫥Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

➡️ Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🟦 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 24 noyabrdan - 1 dekabrga qadar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

🟦 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 086 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr_live #matbuot_anjumani

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Yerlarni hisobga olish va yuritishda kadastr organlarining roli” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram     🌐 Instagram      🌐YouTube    🌐  Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM