Samarqand Kadastr xabarlari
555 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
‼️Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!

📌Bugun Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining komplayens-nazorat xizmati tomonidan Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filial rahbarlari ishtirokida soha xodimlari o'rtasida Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida viloyat boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔹Davlatimiz rahbari tomonidan qaratilayotgan e’tibor va islohotlarni ta’kidlab, oldinda turgan ulkan mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda xodimlardan o‘z ishiga vijdonan va halol yondashish ta'kidlandi.

🔹Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish obyektlarida konfidensial axborotning xavfsizligini tashkil qilish va ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 295-sonli qarori ijrosi yuzasidan Kadastr agentligining 2022-yil 8-avgustdagi 185-16-sonli buyrug‘i talablariga qat'iy rioya etish talabi qo'yildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

SNOSlar haqida ma'lumotga egamisiz?

📹Bu savol javobini videorolikni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 18-24 avgust kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 965 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️OAV biz haqimizda▫️

💠 “Zo‘rTV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida aholi uy-joylarining kadastr hujjatlari, ularni elektron tizimda shakllantirilishi bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan reportaj efirga uzatildi.

💠 Unda, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatining mutaxassislari tomonidan zaruriy ma’lumotlar taqdim etilgan.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️OAV biz haqimizda▫️

💠 Viloyat televideniyasining “Kun xabarlari” informatsion dasturida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Inomov tomonidan Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul haqida reportaj efirga uzatildi.

#Samarqand #OAV_biz_haqimizda

Telegram | YouTube | Facebook
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik uchun

🔹BHMning besh baravari (1500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 67-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Kadastr #infografika #geodeziya

⚡️Geodeziya nazorati boshqarmasi faoliyatiga oid ma'lumot bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ularning amaliy natijalari

📌Batafsil bu yerda o'qing

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Huquqiy bilim soati▫️

◻️ Bugun, Davlat kadastrlari palatasida "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarorining "Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi" to‘g‘risida o’quv-seminar tashkil etildi.

◻️ Unda, Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Sh.Shomansurov mazkur tartib mazmun-mohiyati bo’yicha o’quv-seminar qatnashchilariga tushunchalar berdi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 22-26 avgust kunlarida jami 1 968 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 24
▫️Andijon viloyati - 106
▫️Buxoro viloyati - 147
▫️Samarqand viloyati - 41
▫️Sirdaryo viloyati - 49
▫️Surxondaryo viloyati - 225
▫️Qashqadaryo viloyati - 144
▫️Toshkent shahar - 216
▫️Toshkent viloyati - 457
▫️Navoiy viloyati - 29
▫️Namangan viloyati - 181
▫️Xorazm viloyati - 101
▫️Jizzax viloyati - 110
▫️ Farg‘ona viloyati - 108
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 30

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#bilasizmi #foydali

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;
(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;
(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Samarqand #yangi_bino

Samarqandda yangi bino ish boshladi.

Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand tumani filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning taqdimot marosimida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov va Samarqand tuman hokimi Sirojiddin Usmanov hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi.

Hamkasblarimizga yangi bino muborak bo'lsin!

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_bino #Samarqand

Bugun, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand tumani bo'limi va filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi

🔰Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov, Samarqand tumani hokimi Sirojiddin Usmanov, sektor rahbarlari, soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔶Unda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda shu soha vakillariga yaratilayotgan imkoniyatlar, buning negizida xalq manfaatiga xizmat qilish mujassamligini ta’kidlashdi.

🏢Ushbu ma’muriy bino “Best kontinental” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 1 milliard 663 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilindi. Binoda soha vakillarining samarali ish olib borishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi.

☑️Tadbir ishtirokchilari bu yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.