Samarqand Kadastr xabarlari
559 subscribers
4.26K photos
943 videos
19 files
3.8K links
Download Telegram
#mini_futbol #kadastrda_sport

⚽️ Kadastr agentligi tomonidan tashkil etilgan “Mini futbol” sport musobaqasi o‘yinlari bugun boshlandi. Qura tashlash natijalariga ko‘ra Samarqand viloyati jamoasi “C” guruhida bo‘lib, birinchi o‘yinni Surxondaryo viloyati jamoasi bilan o'tkazdi va 2:1 natija bilan g‘alabaga erishdi.

Ushbu musobaqada viloyatimiz jamoasiga omad tilagan holda, g‘alabalar bardavom bo‘lishini va yuqori natijalarga erishishini kutib qolamiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

⚡️Fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqiy asos: MJtK 66-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Бугун Нуробод тумани Давлат кадастрлар палатаси туман филиалида туман ҳокими Ш.Юлдашев раҳбарлигида қишлоқ хўжалиги, кадастр соҳаси ҳодимлари билан учрашув бўлиб ўтди.

Учрашувда туман раҳбари томонидан ҳудуддаги ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаш, ноқонуний қурилиш ҳамда ерлардан мақсадсиз ва самарасиз фойдаланишга чек қўйилиб, тегишли чора-тадбирлар кўрилмаётганлиги қаттиқ танқид остига олинди.

Ушбу соҳадаги ишларни янада жадаллаштириш бўйича масъулларга тегишли топшириқ ва кўрсатмалар берилиб, масъулиятсизлик ва эътиборсизлик оқибатида келиб чиқиши мумкин бўлган ҳолатларнинг оқибати ҳақида фуқароларни огоҳлантириш зарурлиги таъкидлаб ўтилди.

@nur_press
⚡️Joriy yilning 16-avgust sanasida Kadastr agentligida Jahon bankining shaharlarni rejalashtirish masalalari bo’yicha mutaxassis Nkateko B. Shipalana bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

🔰Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad – Jahon bankining O’zbekistonga urbanizatsiya sohasida texnik ko‘mak ko’rsatishi loyihasi doirasida barqaror urbanizatsiya yo’lida ikki tomonlama muloqot o’rnatish va strategik hujjat ishlab chiqish yuzasidan Agentlik va bir qator shaharsozlik sohasiga daxldor vazirlik idoralar bilan uchrashish hisoblanadi:

💠Jahon banki eksperti mutaxassislar bilan bo’lib o’tgan suhbatda:
🔹Agentlik faoliyatining qamrov darajasi;
🔹Ro’yxatga olish jarayoni va tartiboti;
🔹Geoaxborot texnologiyalardan maqsadli foydalanish bilan tanishdi.

📌Ma’lumot uchun: Jahon bankining Urbanizatsiya sohasida texnik ko‘mak ko’rsatish loyihasining O’zbekistondagi muvofiqlashtiruvchi idorasi – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #BILASIZMI

⚡️Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:

📝KADASTR PASPORTINI RASMIYLASHTIRISHDA:

💠ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

💠ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

💠rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

💠kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

📝KO'CHMAS MULK OBYEKTIGA BO'LGAN HUQUQLAR VA ULAR BILAN TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZISHDA:

💠fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

💠tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
#Adliya_xabari

⚖️ Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgustdan 15 sentyabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

▫️aholi va tadbirkorlarning mulk huquqlari bo‘yicha ma’lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

▫️sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;

▫️murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan aholi va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

▫️qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
#yer_nazorati #javobgarlik #bilasizmi

Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik uchun

🔹BHMning besh baravari (1500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Huquqiy asos: Mjtk 67-modda

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram | YouTube | Facebook
🔹Kadastr atamalari🔹

🔷 Geografik axborot tizimi — geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimdir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Samarqand viloyati, Pastdarg'om tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inomov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2022 yil 23- avgust, soat 14:00dan

📍Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani, Juma shaharchasi, Xamid Olimjon ko‘chasi, "Madaniyat uyi" binosi.

📱Qabulga yozilish uchun +998 93-331-89-55 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube